Toshkent davlat agrar universiteti


Mustaqil Oʻzbekistonda hokimiyatlar boʻlinishi



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə12/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Mustaqil Oʻzbekistonda hokimiyatlar boʻlinishi. Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiydavlat qurishni maqsad qilib qoʻygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatinitashkil etish hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunkibunday printsip yuz berishi mumkin boʻlgan suiste’mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon boʻladi. Huquqiy davlat vaerkin fuqarolik jamiyati qurayotgan Oʻzbekiston ham oʻz davlat organlariidoralari tizimini hokimiyatlar boʻlinishi asosida tashkil etgan.
Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan boʻlgan hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasi Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 11-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishprintsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qoʻyilgan. Hokimiyatlarga boʻlinish printsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va oʻzaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim boʻlib,bu tizimning huquqiy asoslari Аsosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmogʻi vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, koʻrsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini –sudlar amalga oshiradi.
Ta’kidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviy axborot vositalari haqida ba’zan mustaqil toʻrtinchi hokimiyat tarmogʻi sifatida fikr yuritiladi. Аmmo, ommaviy axborot vositalarini bundayifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. Shunga qaramasdan,ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda oʻta muhim rol oʻynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi. Oʻzbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan,saylovlar va oʻz vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99- modda), “Viloyatlar,tumanlar va shaharlar(tumanga boʻysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalqdeputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari boʻlib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə