Toshkent davlat agrar universiteti


Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə21/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Tovar va xomashyo bozorida xizmat qiluvchi — tovarlar va xomashyo birjalari, biznes inkubator, auditorlik va konsalting firmalari, kо‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo – sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bu sohadagi dastlabki qadam — mahsulot yetkazib berishga majburiy davlat buyurtmasining tugatilishi bо‘ldi. Davlat buyurtmasi tugatilgach, tovar resurslarini markazlashgan tartibda taqsimlashga mutasaddi ta’minot tashkilotlari ham tugatildi. Ularning о‘rniga to­varlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. О‘zbekistonda 1991- yilning avgustidan «О‘zbekiston» respublika universal agrosanoat birjasi, «О‘zulgurjibirjasavdo» — О‘zbekistonda ulgurji va birja savdosi bо‘yicha Respublika davlat – aksiyadorlik uyushmasi (1994-yil mart), «Toshkent» Respublika tovar – xom ashyo birjasi (1994- yil 8- aprel) va boshqa birjalar faoliyat kо‘rsatmoqda. 1992- yil 12- avgustda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Birjalar va birja faoliyati tо‘gʻrisida» qaror qabul qildi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bо‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni tо‘plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlarni moliya – kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma — yangi bank tizimi, о‘z – о‘zini kreditlash idoralari, sugʻurta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamgʻarmalari yaratildi.
Respublikamizda tadbirkorlar va aholini ehtimoli bо‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sugʻurta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «О‘zbekinvest» (1994-yil 13-aprel), «О‘zagrosugʻurta» (1997- yil 25- fevral), «Kafolat» (1997 -yil 14- mart)kabi uchta yirik sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi. Kо‘plab xususiy sugʻurta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qо‘shma sugʻurta kompaniyalari ham vujudga keldi. 2002-yilda sugʻurta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz fuqarolari va tashkilotlariga 150 turdan ortiq yо‘nalish bо‘yicha sugʻurta xizmati kо‘rsatmoqdalar. «Sugʻurta faoliyati tо‘gʻrisida»gi qonunning qabul qilinishi (2002- yil 5- aprel), Prezident farmoni bilan 2002- yil 1- fevralidan boshlab sugʻurta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad soligʻidan ozod qilinishi mamlakatimizda sugʻurta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 2006- yil 1- yanvardagi holatiga kо‘ra О‘zbekiston sugʻurta bozorida 25 ta sugʻurtalovchi kompaniya va 1 ta sugʻurta brokeri fao­liyat kо‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim о‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina emas, ma’lum ixtisosga ega bо‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining kо‘payishiga yо‘l qо‘ymaslik tadbirlari kо‘rildi. 1993-yildan О‘zbekistonda Mehnat birjalari paydo bо‘ldi. Respublika «Mehnat birjasi» va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini о‘z ichiga oluvchi katta tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni rо‘yxatga olish, ularni kasbini о‘zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bо‘yicha nafaqa tо‘lash yо‘lga qо‘yildi. Yangi ish о‘rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. 1993-yilda Respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish о‘rinlari tashkil etilgan bо‘lsa, 1998- yilda bu kо‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta kо‘p yangi ish о‘rinlari yaratildi. 2000- yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish о‘rinlari yaratilgan bо‘lsa, bu kо‘rsatkich 2004-yilda 425 mingdan oshdi. 2003- yil 1- yanvarda iqtisodiyot sohasida band bо‘lganlarning 76,6 % nodavlat sektor hissasiga tо‘gʻri keldi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz о‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamgʻarmalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi.
Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bogʻliq. 1992-yil 8-avgustda О‘zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash tо‘gʻrisida»gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizimida tuzilgan antimonopol va narx – navo siyosatini о‘tkazish bosh boshqarmasi monopol mavqeidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bо‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.
Iqtisodiy islohotlar borasida qо‘yilgan yana bir muhim qadam – 1994-yil 1- iyuldan milliy valyutamiz – sо‘mning muomalaga kiritilishi bо‘ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki о‘z milliy valyutasiga ega bо‘lmagan davlat chinakam mustaqil bо‘la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini ta’minlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003-yil 15-oktabrdan boshlab sо‘m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga kо‘tarildi.
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Kо‘p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda rо‘yobga chiqdi. 2004-yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori (xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xо‘jaliklari, aksiyadorlik jamiyatlari, qо‘shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari)ning ulushi 90,2 %ga yetdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 %ga tushdi.
Bozor iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, kо‘p ukladli iqtisodiyotga asoslanadi. Shu boisdan О‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulkdorlar tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda birinchi о‘rinda turdi.
О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida iqtisodiyot xilma – xil mulk shakllaridan iborat bо‘lishi, har bir shaxs mulkdor bо‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qо‘yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.
О‘zbekistonda chek (vaucher) asosida xususiylashtirishga yо‘l qо‘yilmadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiy­lashtirish yо‘li tutildi. Shu bilan birga xususiylashtirish chogʻida imtiyozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xо‘jaligi davlat xо‘jaliklarining mol – mulki, fermalar, bogʻlar va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi.
Xususiylashtirishga davlat boshchilik qildi. Bu jarayonni tashkil etish va rahbarlik qilish uchun 1992-yil 10-fevralda О‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qо‘mitasi (Davlat mulk qо‘mitasi) tuzildi, 1994- yilda uning funksiyalari kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qо‘llab – quvvatlash davlat qо‘mitasi sifatida qayta tashkil etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 1991-yil 18- noyabrda qabul qilingan mulkni «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy­lashtirish tо‘gʻrisida» gi va «Davlat uy – joy» fondini xususiy­lashtirish tо‘gʻrisidagi (1993- yil 7- may) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi.
Xususiylashtirish savdo, xizmat kо‘rsatish va mahalliy sanoat korxonalarini, uy – joy fondini, qishloq xо‘jalik mahsulotlarini tayyorlovchi xо‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi.
1993 – 1994- yillarda davlat ixtiyorida bо‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy – joy fondining 95 %dan ortiqrogʻi fuqarolarning xususiy mulki bо‘lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush faxriylari, о‘qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar Respublika uy – joy fondining 98 %ga yaqini xususiylashtirildi.
1994-yil 21-yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora – tadbirlari tоgʻrisida»gi va 1994-yil 16- martda e’lon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yоnalishlari tоgʻrisida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bо‘ldi.
1992 – 1994- yillarda 54 mingga yaqin savdo, xizmat kо‘r­satish, avtomobil transporti, qurilish, qishloq xо‘jalik korxona va obyektlari davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 ming­tasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Qishloq xо‘jaligida bogʻlarning yarmi, uzumzorlarning 40 % xususiy foydalanish uchun berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer xо‘jaliklari tashkil topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib berildi. Xususiy tadbirkor subyektlarining soni 300 mingga yetdi, ularning 250 mingtasini patent asosida yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994-yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bо‘lmagan sektorida ishlab chiqildi, bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bо‘ldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik — jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mо‘tadillashtirishga yordam beradigan о‘rta tadbirkorlar tabaqasini paydo bо‘lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik bozorni zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Bu – yangi ish о‘rinlarini yaratish, aholini ish bilan bandligini ta’minlash, aholi daromadlarining asosiy manbaidir.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda О‘zbekistonda kichik biznesni, tadbirkorlikni rivojlantirishga iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi, strategik ahamiyatga ega bо‘lgan ustuvor yо‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor berildi.
О‘zbekistonning har bir fuqarosi korxonalar va tashkilotlar tuzish, sotib olish, sotish, qayta qurish yо‘li bilan tadbirkorlik faoliyati yuritish huquqiga ega. Tadbirkor ish yuritish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, pul mablagʻlarini ixtiyoriylik asosida jalb qilish, mustaqil ravishda ishchilar yollash va bо‘shatishga haqlidir, tadbirkorlik daromadlaridan soliq tо‘lab turadi.



Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə