Toshkent davlat agrar universiteti


Mahalliy davlat hokimiyati organlari



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə17/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Mahalliy davlat hokimiyati organlari. Oʻzbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatining tashkil etish Konstitutsiya, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonun, xalq deputatlari viloyat,tuman va shahar kengashlari “Ish tartibi” va boshqa me’yoriy qonun hujjatlari asosida tashkil etiladi. Mahalliy ijroiya hokimiyati deganda Oʻzbekistonda tashkil etilgan viloyat, tuman, shahar hokimiyati tizimi tushuniladi. Mahalliy vakillik va ijro etuvchi mahkama hokimning rahbarligi ostida ishlaydi. Viloyat hokimlari, Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim muommolarini muhokama qilish uchun hokim huzurida Maslahat Kengashi tuziladi. Bu Kengash tarkibiga hokim, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, kotibiyat boshligʻi kiradi. Maslahat Kengashi tarkibiga hokimning qaroriga muvofiq xalq deputatlari Kengashi a’zolari va boshqa tashkilotlardan boʻlgan vakillar ham kirishi mumkin.
Viloyat, tuman va shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarga ega boʻladi. Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi va tashkil etilish tartibi, faoliyat yuritish asoslari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Hokimning faoliyatini toʻgʻri tashkil etishda hokimning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari faoliyatini tashkil etish oʻta muhimdir.Tuman tarkibidagi shahar va shaharchalarda Kengashlar tuzilmaydi.
Shahar tartibidagi tuman hokimi shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahar tarkibiga kiruvchi tuman hokimlari shahar hokimini rasmiy vakili hisoblanadi va unga hisob berib turadi. Tumanlar tarkibiga kiruvchi shahar hokimlarining tayinlanishi hamshu tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə