Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə25/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Birinchi bosqich (1997 – 2001- yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida Ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy – uslubiy, moliyaviy – moddiy shart – sharoitlar yaratish vazifalari roʻyobga chiqariladi.
Ikkinchi bosqich (2001 – 2005- yillar)da Milliy dastur toʻliq roʻyobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy – iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritiladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da toʻplangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va rivojlantiriladi.
Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq vatabiiy fanlardan oʻquv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy oʻrta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi oʻquv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish boʻyicha takomillashtirib borildi. Multimedia oʻquv adabiyotlari ham yaratilishi yoʻlga qoʻyildi. Respublikada 10 mingga yaqin maktablar ishlab turibdi. Ularning moddiy-texnika ta‘minoti ham davlat hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻgʻrisida»gi qonuniga muvofiq umumiy oʻrta ta’limning toʻqqiz yillik etib belgilanishi munosabati bilan toʻqqiz yillik maktabni tugatgan barcha oʻquvchilar ta’lim olishni oʻrta maxsus yoki kasb-hunar kollejlarida ta’lim olishni davom ettirdilar. Bu yangi ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1-bosqichi(1997–2001) doirasida amalga oshirildi. Shu davr mobaynida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy oʻquv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil etildi, 800 ga yaqin oʻquvchi chet ellarda ta’lim oldi, koʻpgina oʻqituvchilar xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish maqsadida chet mamlakatlarga borib qaytdi. Oʻrta maxsus ta’lim sohasida viloyatlarda, joylarda biznes maktabi,kichik va oʻrta maktab uchun kasb-hunar kurslarining ochilishi, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, yangi mutaxassislik (fermer,soliq va bojxona xodimi, audit va hokazo) lar kiritildi.Unga binoan,yurtimizda 1997-yildan boshlab hozirga qadar 1400 dan ortiq kasb-hunar kolleji, 200 ga yaqin akademik litsey bunyod etildi. Ular sohalar boʻyicha mutasaddi tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalariga ham biriktirilishi tufayli bu bosqichda oʻquv jarayoni samarali tashkil etilib, kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlanishiga e’tibor qaratilganiga qaramay, bu borada qoniqarli natijaga erishilmadi.
2017-yil umum ta’lim va oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimida tub islohotlar yili boʻldi. Xalq qabulxonalari va Prezidentning virtual qabulxonasiga tushgan taklif va mulohazalar, shuningdek, respublika maktablaridagi bitiruvchilarning ota-onalari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalaridan kelib chiqib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 9+3, ya’ni 12 yillik majburiy ta’limdan 11 yillik ta’limga qaytildi. 2017-yilning oʻzida 10-sinf oʻquvchilari uchun 9 mln. nusxa darsliklar chop etildi va 10 mingga yaqin umum ta’lim maktabida 11 yillik ta’limga oʻtilgan holda oʻqitish tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’limning birlamchi, eng asosiy boʻgʻinidir. Maktabgacha ta’lim, 6–7 yoshgacha oilada, bolalar bogʻchasida va boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga koʻra, inson oʻz umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotning 70 foizini 5 yoshgacha boʻlgan davrda oladi. Shu bois,bolalarning sogʻlom va bilimli, yetuk kadrlar boʻlib voyaga yetishida bogʻcha tarbiyasi juda muhim oʻrin tutadi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Unga koʻra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpogʻiston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi boʻlimlari kiradi.
Oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning takomillashtirilishi. 1992-yil martda viloyatlardagi pedagogika institutlari negizida Andijon Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Termiz Davlat universiteti, Urganch Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti tashkil qilindi. Prezidentning 1992-yil fevraldagi farmoni bilan yana sakkizta viloyat pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Eng zamonaviy ixtisosliklar boʻyicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Navoiy konmetallurgiya instituti, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi kabi oʻnlab yangi oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. Toshkent davlat elektro texnika va aloqa texnikumi institutga aylantirildi. 1993-yil «Oʻzbekistonda oʻquvchi-yoshlarni ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida»gi talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Mamlakat qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan va zamonaviy bilimlar sohibi boʻlgan yuqori malakali oliy va oʻrta maxsus ta’lim olgan mutaxassis kadrlarni Toshkent Davlat Agrar universiteti, Andijon, Samarqand Qishloq xoʻjaligi, Qarshi Muhandislik iqtisodiyot, Toshkent Irrigatsiya vaqishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti ish boshladi. Mamlakat viloyatlarida oliy universal ta’limni joriy etishda rivojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. 1992-yil dastlab respublikamizning 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida oʻqishga qabul qilish tajribadan oʻtkazilgan edi. 1993-yilda esa 46 ta oliy ta’lim muassaslarining 19 tasida tajriba tariqasida testsinovlari oʻtkazildi. 1994-yil Davlat test markazi tashkil etilib, shu yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga test orqali qabul joriy etildi.
1996-yildan ta’lim olishda kontrakt-shartnoma toʻlovi joriy etildi. 1997-yilgi«Talim toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq 5 yillik oliy ta’limdan 4 yillik bakalavriat va 2 yillik magistratura bosqichlaridan iborat ikki pogʻonali tizimga oʻtildi. Shuningdek, Prezidentning 2013-yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi, 2014-yildagi qarori asosida Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi. Malaka oshirish tizimi ham tubdan isloh qilindi. Xalq va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari qatorida oliy ta’lim,tarmoq sohalarida kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tamomila yangi bosqichga koʻtarildi. Prezidentning 2015-yildagi «Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoniga asosan 15 yetakchi oliy ta’lim muassasalari– tayanch oliy oʻquv yurtlari sifatida belgilandi.
Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga oshirilishi natijasida Oʻzbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilgʻor yutuqlarni, milliy an’analarni oʻz ichiga olgan prinsip jihatdan yangi modeli tashkil qilindi.
Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti,Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universitetifiliallari ham oʻzbek yoshlariga oʻz ta’lim sirlarini oʻrgatmoqdalar.
2017-yil 10 yildan ortiq vaqt mobaynidagi tanaffusdan keyin, davlat va jamiyatdagi malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojlar inobatga olinib, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan sirtqi ta’lim tizimi tiklandi, maxsus sirtqi ta’lim takomillashtirildi.
2017-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Prezidentining «Respublika oily ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, 2018-2019- oʻquv yilidan boshlab alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat,san’at, dizayn, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy ta’lim, san’atshunoslik, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi ta’lim yoʻnalishlarida test sinovlari boʻlmaydi. Masalan, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Kamoliddin Behzodnomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti va alohida iqtidor talab etadigan ta’lim yoʻnalishlariga faqat ijodiy imtihonlar orqali qabul qilish yoʻlga qoʻyiladi. Tibbiyotga oid oliy ta’lim tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi.
Jumladan, tibbiyot sohasida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlarida oʻqish muddati 7 yildan 6 yil va tibbiy profilaktika yoʻnalishida 6 yildan 5 yil etib belgilandi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktarantura (3 yil)dan iborat boʻlib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oraligʻida faqat 360ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilgʻor xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini oʻrgangan holda 2017-yilning 1-iyulidan boshlab oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmogʻi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmogʻi boʻyicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə