Toshkent davlat agrar universiteti


-mavzu. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə23/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

7-mavzu. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti.


Reja:
1. Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol gʻoyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.
2. Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga boʻlgan e’tibor. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati.
3. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Margʻilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi va uning ahamiyati.
4. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Xalqaro koʻrik-tanlovlarning oʻtkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi oʻrni.
5. Oʻzbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
Oʻzbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy gʻoya, milliy istiqlol mafkurasi masalalarini haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala boʻlib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, shoʻro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya qiladigan kommunistik mafkuradan butunlay voz kechishi va shoʻro davridan meros qolgan bir qolipda fikrlash illatidan tezroq xalos boʻlish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuygʻusini kamol toptirish. Ikkinchi tomondan mafkuraviy boʻshliqqa yoʻl qoʻymaslik, millat sifatida oʻzligimizni anglash, yakdil va hamjihatligimizni ta’minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafkuraviy tazyiqlarning oldini olish, ta’bir joiz boʻlsa, oʻziga xos mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafkuraviy vositalar orqali xalqning ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulugʻvor gʻoyalar sari xalqni yakdillikka, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar qilish.

Milliy mafkuramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993- yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol gʻoyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. Oʻtgan davr mobaynida milliy mafkuraning hayotimizdagi oʻrnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafkuraviy tarbiya yoʻnalishlarini ishlab chiqish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini koʻrsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000- yil aprel oyida davlat rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000- y, iyun) endi milliy mafkuraning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga oʻtish kerakligiga alohida e’tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga moʻljallangan maqsadini amalga oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining gʻoyaviy mazmuni boʻlgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan gʻoyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafkuramiz, ikki asosiga, birinchi navbatda, xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir soʻz bilan aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan, ularni oʻziga qamrab olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yoʻlida xizmat qilmogʻi darkorligini ta’kidladi.


Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy gʻururning oʻsishi va rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat oʻzbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash, Oʻzbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haqhuquqlarini himoya qilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani toʻlaqaror toptirish, jahon hamjamiyatida oʻzimizga munosib obroʻ-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yoʻnaltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, gʻoyalar xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni hximoya qilishga ziyon va tazyiq koʻrsatmasligiga yoʻnaltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafkuramiz. yaratilishining boshlangʻich davrini shohidi boʻlyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi oʻzgarib, milliy iftixor tuygʻusi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin ish inson mafkurasini oʻzgartirish. Milliy mafkura yoki gʻoya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafkurani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafkuraviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masalalari, ommaviy axborot vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma’naviy-madaniy markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta’lim muassasalari ishi va ularda qoʻllaniladigan darsliklar, qoʻllanmalar mazmun-mohiyati milliy gʻoya ruhi bilan sugʻorilsa uning ta’sir doirasi kengayib boradi.
Mustaqillik sharofati ila Oʻzbekiston ma’naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli xalqimiz ma’naviyat zugʻumlaridan ozod boʻldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yoʻl ochildi. Ma’naviy hayotdagi tub sifat oʻzgarishlar xalqimiz ma’naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq istiqboli uchun, milliy oʻzligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi, uygʻoq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta’kidlaganidek: “Davlatimizning qanchalik tez ulgʻayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida oʻziga munosib oʻrin egallashi, avvalombor, xalqimiz ma’naviy saviyasi, gʻururi va fahri nechogʻlik yuksak bo`lishiga bogʻliqdir Ana shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida halqimiz tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan gʻoyat o`lkan bebaho ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat sohasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”, “O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmo`zey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va ko`plab jamgʻarmalarning tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin boʻldi
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik, haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`gʻrisida”gi qarorida belgilanishi alohida ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon sivilizatsiyasiga katta hissa qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma’naviy merosini va hayotini o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabgʻo`ziy kabilarning asarlari chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklashda katta yutuq bo`ldi. Vatanimiz ozodligi yo`lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning hurmati joyiga qo`yildi va ma’naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulugʻvor an’analariga aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993), Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq Gʻijduvoniy (1993) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad Fargʻoniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bogʻliq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuygʻularini yuksaltirdi. Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham ma’naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi. Yosh avlodni ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) ham hissasini qo`shdi.
2000-yil 17-noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom olamida tutgan mavqeyiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. 2003-yil 10- may — taniqli oʻzbek shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 100 yilligi yubileyi munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bogʻiga Gʻafur Gʻulom nomi berildi va bogʻda shoir haykali ochildi. 2003-yil 27-noyabr — Buxoro va Gʻijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq Gʻijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.
2006-yil 27-oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻldi. 2006- yil 2-noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi. 2007- yil 24 – 26- may Samarqandning 2750 yilligiga bagʻishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan oʻrni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997- yildan buyon an'anaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007- yil 7- sentyabr – Margʻilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi. 2009-yil 26 – 27- may Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bagʻishlangan «Oʻzbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuyida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazildi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an’analariga monand holda shakllantirishga katta e’tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun 21-Oktyabr tabiiy ravishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me’moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi aloqalarni to`gʻri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma’naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni yo`qotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski maschit va madrasalarning ta’mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta’minlamoqda. Qur’oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham katta voqea bo`ldi. Islom ta’limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini chuqur tadqiq etish maqsadida 1995-yil Toshkentda Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti maqomi berildi. 1999- yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bogʻliq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e’tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuygʻularini himoya qilish; 2) diniy e’tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo`l qo`ymaslik; 4) dindan buzgʻunchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e’irof etish; 5) diniy davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6) ma’naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin shuni ham e’tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan gʻarazli maqsadlari uchun foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil buzgʻunchi oqimlar, din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz “haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. Oʻzlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga urinadilar. Ba’zi ekstremistik guruhlarning jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini 1999-yil 16- fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini olish uchun mafkuraviy, madaniy, ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e’tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy axloqiy qadriyatlardan, islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarning yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.



Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə