Toshkent davlat agrar universiteti


- mavzu. Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə24/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

8- mavzu. Oʻzbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.


Reja:


1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning roli.
2. “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va muammolari. Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi oʻzgarishlar.
3. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar.
4. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi: yutuqlar va kamchiliklar.
Istiqlol yoʻlida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillariga ahamiyat berish bilan birga maorif, ta'lim-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilmoqda. "Ta'lim-tarbiya tizimini oʻzgartirmasdan turib, ongni oʻzgartirib boʻlmaydi. Ongni, tafakkurni oʻzgartirmasdan turib esa, biz koʻzlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib boʻlmaydi", - deydi I.A. Karimov.

Respublikamizda ta'limning yangi tizimini amalga oshirishda Oʻzbekiston hukumati tariximizdagi ta'lim jarayonlarini oʻrganib chiqib, ta'limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e'tibor ta'lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini zamon va davr talablari darajasiga koʻtarish va Oʻzbekistonning ma'rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992-yil 2-iyul respublikamizda "Ta'lim toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilindi.


Ta'limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
-ta'lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
-ta'lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
-ta'limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma'naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
-e'tiqodi, dinidan qat'i nazar, barcha fuqarolar uchun ta'lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
-ta'lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta'siridan holiligi.
1993-yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan "Oʻzbekistonda oʻquvchi-yoshlarni ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida"gi Farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta'lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.
Oʻzbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eskicha tafakkur, e'tiqodidan qutulgan, istiqlol uchun, oʻz ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi boʻldi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib, batamom yangi, jahonning ilgʻor taraqqiy etgan mamlakatlari yoʻlidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bogʻliq boʻlib qoldi.
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targʻibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan universitet va akademiyalarda tayyorlangan boʻlsa, endilikda bu oʻquv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshidagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalar tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Birinchi Prezidentimiz respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani toʻgʻrisida har gal kuyib-pishib gapiradi va urugʻ-aymoqchilik, mahalliychilik, nopoklik kabi oʻtmish qoldiqdaridan toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yoʻl ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab koʻrsatadi.
Oʻzbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma'rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bogʻliq. I.A.Karimov muxbirlarning "Sizning siyosatingizda ta'lim-tarbiya masalasiga katta e'tibor berishning sabablari nimada?", deb soʻragan savoliga ongni, tafakkurni oʻzgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib boʻlmaydi, ong, gʻoya, tafakkur ta'lim-tarbiya bilan uzviy bogʻliq, bir-birini toʻldiradi, deb javob beradi.
1997-yil 29-avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning "Barkamol avlod - Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori" ma'ruzasi asosida yangi tahrirda "Ta'lim toʻgʻrisida" qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarida, boshlangʻich sinflarda oʻquv-tarbiya ishlariga e'tibor kuchaytirilib, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000- yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, shu jumladan, 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qoʻlida ekan bilimdon, ma'naviyatli, mustaqil fikrlab, mustaqil ish yuritadigan yoshlarni, yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intellektual, aql-zakovat boyligi boʻlmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qoʻyilmoqda.
Bu borada "Ulugʻbek" (1993 y), "Umid" (1997 y.) jamgʻarmalari olib borayotgan ishlar alohida oʻrin tutadi. Faqat "Umid" jamgʻarmasi sinovlarida 1997-1999- yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor boʻldi. 2000-2001 oʻquv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan oʻtkazilib, ulardan 124 nafari xorijiy davlatlarning eng nufuzli oʻquv yurtlarida oʻqishga muyassar boʻldi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta‘limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o`quv yurtlarning maqomi, dasturlari va ta’lim uslublari butunlay o`zgartirildi. Zamonaviy, shu paytgacha bo`lmagan eng zarur ixtisosliklar bo`yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshidagii harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Ichki ishlar akademiyasi, Bank moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy togʻ-konchilik instituti kabi o`nlab yangi o`quv muassasalari tashkil etildi. Abiturient va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilgʻor usullari joriy etildi. Ilgʻor mamlakatlarning tajribalari asosida yangi tipdagi litsey va gimnaziyalar ochildi. O`zbekistonda gimnaziyadan tortib akademiyagacha bo`lgan zamonaviy, yangi ta’lim tizimi vujudga keltirildi. 1997- yil ta’lim tizimida katta burilish yuz berdi. Oliy Majlisning IX sessiyasi “Ta’lim toʻgʻrisida”gi qonun va u asosida “Kadrlar tayyorlash dasturi”ni qabul qildi. Bo`lar mamlakatimiz ravnaqi va kelajagini belgilab beruvchi hujjatlar bo`lib, milliy tiklanishning ma‘naviy asosini tashkil qiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga milliy gʻoyaning bir qismi deb qaraladi. Chunonchi kadrlar tayyorlash milliy modeliga asos solindi. Shaxs davlat va jamiyat, shuningdek fan va ishlab chiqarish o`rtasida uzviy bogʻliqlik bo`lishiga imkon tugʻildi.
Bu hujjatlar asosida O`zbekistonda 9 yillik umum ta’limdan so`ng, 3 yillik akademik litsey yoki kasb-xunar kollejlarida ixtiyoriy-majburiy ta’lim joriy etildi. Ta‘lim islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi:
1-bosqich: 1997-2000 yillarni ichiga olib, unda ta‘limning huquqiy-me‘yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlari yaratilmoqda. Hozirgi kunga kelib uzluksiz ta’limning tamomila yangi huquqiy-me’yoriy negizi yaratildi, islohotlarning samaradorligini aniqlash maqsadida monitoring tizimi joriy qilindi, davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, dastur va darsliklarning yangi avlodi ishlab chiqilmoqda, pedagogik kadrlarni,ta’lim muassasalarni atstatsiya va akkreditatsiyadan o`tkazish asoslari ishlab chiqildi va h.k .
2-bosqich: 2001-2005 yillarda milliy dasturni to`liq amalga oshirish ko`zda tutilmoqda.
3-bosqich: 2005 yilda undan keyingi yillarda to`plangan tajribalar asosida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish ko`zda tutilgan edi.
Yosh avlodni tarbiyalash masalasi ustuvor yo`nalish sifatida davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, davlatimiz ichki iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni dastavval moddiy jihatdan qo`llab quvvatlash maqsadida tadbirlar ishlab chiqildi.
Ta‘lim tizimiga qilinayotgan sarf-harajatlar darajasi bo`yicha O`zbekiston jahonning yetuk mamlakatlariga yaqinlashib bormoqda. Davlat tomonidan 1998- yilda ta’lim sohasiga yalpi ichki mahsulotning 7,8 foizi miqdorida mablagʻ ajratilgan bo`lsa, 1999-yilda 8,1 foiz mablagʻ sarflandi. Bu esa faqatgina ikki yil mobaynida turli viloyatlarda 250 ta yangi tizimdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini tashkil etishga imkon berdi. Xususan Qashqadaryoda ham 1 ta akademik litsey va 9 ta kasb-xunar kolleji barpo etildi. Yoshlar hayoti bilan bogʻliq muammolarga ham alohida e’tibor berilmoqda. Ularning intellektual salohiyatini oshirish, ma’naviy jihatdan qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyalar, iste’dodli va iqtidorlilarni ragʻbatlantirish maqsadida bir qancha jamgʻarmalar tashkil etildi.
1997- yilda tashkil etilgan “Umid” jamgʻarmasining asosiy vazifasi iste’dodli yoshlarni tanlash va ularni chet ellardagi nufuzli o`quv yurtlarida ta’lim oldirish. Xorijiy mamlakatlarga o`qish uchun nomzodlarni tanlashda dunyodagi mashhur tashkilotlar, jumladan, Aksels, Ayreks, Britaniya Kengashi, Daad, Tasis ishtirok etadilar. 1997-1999- yillarda “Umid” jamgʻarmasi orqali 700 nafardan ortiqroq talaba yoshlar xorijga o`qishga jo`natildi. SHu jumladan 30 nafar Qashqadaryolik yoshlar ham. Ta’lim sohasini malakali professor va o`qituvchilar bilan taminlash borasida 1997- yilda tashkil etilgan “Ustoz” jamgʻarmasi ham katta hissa qo`shmoqda “Ustoz” jamgʻarmasi faoliyatini faqatgina bir yo`nalish, ya’ni chet ellardagi yetakchi o`quv yurtlarida o`qituvchilarning malakasini oshirish bo`yicha qilingan tadbirlar natijasida 1998-yilda 71-nafar o`qituvchi xorijda malakasini oshirgan. 980 nafari Vatanimizda chet ellik mutaxasislar ishtirokida malaklarini oshirdilar. “ Ustoz “ grantiga sazovor bo`lgan 185 kishi AQSh va Isroilda malaka oshirib keldilar. Shubhasiz, ta’lim sohasidagi bugungi kunlarda qilinayotgan tadbirlar mazkur tizimning samaradorligini oshirish, kelajakda mamlakatni yuksak malakali mutaxasislar bilan ta’minlash imkonini beradi.
Mustaqillik yillarida xalq ta'limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora – tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy oʻquv yurtlari tashkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. 2004-yil 21-may – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2004 – 2009-yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida»gi farmoni e'lon qilindi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni oʻtmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan toʻla xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma – bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta'lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə