Toshkent davlat agrar universiteti


-mavzu. Yangilanayotgan Oʻzbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə26/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

9-mavzu. Yangilanayotgan Oʻzbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.


Reja:
1. Oʻzbeqiston taraqqiyotining yangi bosqichi
2. Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi
3. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
4.Yangi Oʻzbekistonda – yangi saylovlar
5. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan toʻrtinchi jildi oʻzbek va rus tillarida “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Ushbu kitob toʻrt boʻlimdan iborat boʻlib, uning birinchi boʻlimi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga koʻtarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqyealar munosabati bilan soʻzlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.

“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib oʻtamiz” deb nomlangan ikkinchi boʻlimdan esa koronavirusga qarshi kurashga bagʻishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.


Kitobning “Doʻstona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi boʻlimini xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalar tashkil etadi.
Kitobning toʻrtinchi – “Tabrik va qutlovlar” boʻlimiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yoʻllangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
Bugun xalqimiz, Vatanimiz intilayotgan milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga xos asosiy xususiyatlar, maqsad va vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi va boshqa muhim ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hujjatlarda aniq belgilab berildi. Ularda jahondagi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, rivojlanish tendensiyalari, istiqboldagi taraqqiyot yoʻllari chuqur tahlil etilgan.
Oʻzbekistonda ayni shu asosda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani haqidagi Konstitusiyaviy tamoyil asosida xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
Mamlakatni innovasion rivojlantirish, odamlarda faol fuqaroliq pozisiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirish, mustaqil dunyoqarash va fikrlash koʻnikmasini shakllantirish, jamiyatda adolat ustuvorligini ta’minlash, xuquqiy-demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish boʻyicha muhim vazifalar amalga oshirildi.
Jamiyat hayotining barcha boʻgʻinlarida xalq bilan muloqotning turli shakl va vositalari, jumladan, Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonalar, Bosh vazir qabulxonasi, mas’ul va mutasaddi rahbarlarning xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi hisobotlari, sayyor qabullar, ijtimoiy muammolarni, odamlarning yashash sharoitlarini bevosita joylarga chiqib oʻrganish kabi usullar keng qoʻllanayotgani milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash orqali milliy gʻoya tamoyillarini takomillashtirishga, pirovard natijada aholi manfaatlari va farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, bozor munosabatlariga toʻliq oʻtish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik erkinligiga yanada keng yoʻl ochish, barcha sohalarda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini faol qoʻllashga alohida e’tibor berilmoqda. Yer osti va yer usti boyliklaridan, inson resurslaridan toʻla foydalanish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.
Oʻzbekiston taraqqiyotning yangi bosqichida fuqarolar qalbi va ongidagi yangi sifat oʻzgarishlari hayot darajasining yuqsalishi bilan uygʻun holda kechmoqda.
Oʻzbekiston fuqarolarining xuquq va manfaatlarini ular dunyoning qaysi burchagida boʻlmasin, davlat tomonidan ishonchli himoya qilish reallikka aylanib borayotgani, bu borada barcha zarur mexanizmlar ishga solinayotgani jamiyat a’zolarining oʻz xalqi va Vatanidan faxrlanish tuygʻusini, davlatning adolat va qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga boʻlgan ishonchini oshirmoqda.
Harakatlar strategiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar xalqning kelajakka ishonchini mustahkamlash, uni bunyodkorlik ishlariga safarbar qilish, jamiyatda uchrayotgan illatlar, xususan, loqaydlik, boqimandalik va korrupsiya kabi holatlarga qarshi faol kurashishga da’vat etmoqda.
“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”. “Inson manfaatlari xamma narsadan ulugʻ”, “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi”. “Xalq bizdan rozi boʻlsa, ishimizda unum va baraka boʻladi”, “Adolat–qonun ustuvorligida”, “Ma’naviyat boʻlmagan joyda xech qachon adolat boʻlmaydi!”, “Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash–odamiylikning eng oliy mezonidir” singari tamoyillar hayotga joriy qilinmoqda. Bu esa milliy gʻoyaning xalq irodasi sifatidagi maqomini oshirishga xizmat qiladi.
Eng muhimi, bugun Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan, jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongida ertangi kunga mustahqam ishonch uygʻotmoqda.
2.Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi yangi konsepsiyasi.
Insoniyat tarixida asrlar mobaynida davlat hokimiyatining odamlar manfaati, jamiyat ravnaqi yoʻlida xizmat qilishiga harakat qilindi. Biroq, legitimlik yoʻli bilan dastlabki hokimiyat boʻlinishi kabi siyosiy-huquqiy, zamonaviy-nazariy qarashlar amaliyotga kirib kelmaguncha faoliyat maqsadi insoniyat baxt-saodatiga qaratilgan hokimiyat tizimi kuzatilmadi. Hokimiyatni tartibga soluvchi ushbu nazariya davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonida amalga oshirilgan islohotlarning eng barqarori boʻlib, unda hokimiyatlar boʻlinishi tamoyilini hayotga izchil tadbiq etish, ular oʻrtasida oʻzaro va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish kabi dolzarb chora-tadbirlarni koʻrishga qaratilgan edi. Hokimiyatlar boʻlinishi klassik tamoyilining mazmun - mohiyatini «bir-birini tiyib turish va muvozanatda ushlash» mexanizmining mavjudligi bilan birga, uning real ishlashi tashkil etadi. Oʻzbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishda hokimiyatni taqsimlanishi tamoyilining konstitusiyaviy asosda qoʻlanilishi bizda demokratik tuzumning oʻrnatilganligidan dalolat beradi. Shu jihati bilan konsepsiya davlatning boshqaruvdagi barcha amaliy harakatlari va doirasini belgilaydi hamda mamlakatning siyosiy hayotida barqarorlik, hokimiyat organlari oʻrtasida muvozanat mexanizmini yaratadi.
Istiqlol yillarida amalga oshirilgan keng miqyosli islohotlar evaziga tajriba toʻplandi, tizim yangilandi: totalitar rejimga barham berilib, davlatchilik usul va uslubida rasional yondoshuvlar shakllandi. Demokratik tamoyillarga keng yoʻl ochildi. Shu nuqtai nazardan qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, “Buyuk kelajagimizni oliyjanob va mard xalqimiz bilan birga quramiz...”. Darhaqiqat, bugungi sharoitlar butunlay yangi davr davlatchiligiga asos solindi deyishimiz mumkin. Albatta, hozirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi yurtimiz Oʻzbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy me’yorlarini optimallashtirish, oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yoʻl ochadi. Bularning bari Oʻzbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davrni boshlaganini bildiradi. Gap, davlat rahbarining saylov oldi dasturi asosida ishlab chiqilgan va bugun hayotga tadbiq etilgan Harakatlar strategiyasining mohiyati borasida borar ekan, shuni alohida ta’kidlaymiz, Strategiyaning bugungi kun uchun xos boʻlgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda Oʻzbekistonning erkin va farovon davlat boʻlishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga boʻlgan ishonchini mustahkamlashdan iborat. Haqiqatdan ham, fuqarolarning zamonaviy tafakkuri davlat borasida oʻz tushunchasi, boshqaruv xaqida shaxsiy fikri, uning rivojlanishiga alohida yondoshuvi borligi, ijtimoiy-siyosiy jarayonga munosabati kardinal oʻzgarganligi bilan xarakterlanadi. Endilikda ijtimoiy xayotning barcha jabhalarini isloh qilish jarayonlari, fuqarolar ongida fundamental oʻzgarishlar, jamiyatni tashkil qilishning demokratik shakllari - inson va jamiyat, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarni soddalashtirilgan tartibi sharoitida roʻy bermoqda. Ijtimoiy adolat tamoyili nuqtai nazaridan islohotlarning shu zayilda borishi xalqni, demokratik koʻpchilikni davlatni xalqchil boshqarish jarayonlaridagi faol ishitirokini ta’minlaydi. Bundan davlat hokimiyati organlarining joriy vazifasi – xalqqa xizmat qilish bilan belgilangan. Bu borada Prezident Sh. Mirziyoyev shunday degan edi: “Bundan keyin vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va hokimlarning faoliyati natijasi ularning odamlar bilan qanday muloqot olib borayotgani va ishni tashkil etgani, fuqarolarning muammolarini qay darajada hal qilayotganiga qarab baholanadi va tegishli xulosalar chiqariladi”. Bularning bari toʻgʻri, albatta. Chunki, istiqlolning asl mohiyati, Oʻzbekistonning bosh maqsadi, takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishi ham – xalq davlatning yagona va birdan-bir manbai sifatida qaratilganligida. Buning uchun boshqaruv mexanizmidagi davlat hokimiyatiorganlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash muhim masaladir. Albatta, hozirgi jadal taraqqiyot jarayonining tayanchi Oʻzbekistonda, davlat boshqaruvning demokratik uslubi sifatida hokimlik organlari vakolatlarining qonuniy me’yorlarini optimallashtirish, oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida qonun talablari hamda mahalliy sharoitdan kelib chiqib, mustaqil qarorlar qabul qilishga yoʻl ochadi. Bularning bari Oʻzbekiston jamiyati amaliyotda sifat jihatidan mutlaqo yangi davr boshlaganini bildiradi. Shu qatorda davlat boshqaruv organlarini optimallashtirish aholiga sifatli va xolisona xizmat koʻrsatish boʻyicha ularning ma’suliyat hissini kuchaytirishga qaratilgan davlat boshqaruvini modernizasiya qilish zarurligi masalasi ayniqsa dolzarb boʻlib qolmoqda. Hozirgi zamonda inson omili hisobga olingandagina, umumiy va xususiy maqsadlar, manfaatlar bir-biriga qarama-qarshi kelib qolmagan taqdirdagina modernizasiya muvaffaqiyat qozonishi mumkin . Shu oʻrinda, albatta, rivojlantirishning beshta yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham aynan adolatli va insonparvar jamiyat qurishning oddiy, sodda, xalqchil tamoyili ilgari surildi, hamda xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash dasturlari ishlab chiqildi.
Dasturga muvofiq ijtimoiy-siyosiy hayotni modernizasiya qilish, davlat hokimiyati tizimini demokratlashtirish, ular faoliyati uslubini xalqchillashtirish tendensiya lari xalqchillik tamoyili asosida barqaror ishlash mexanizmini yaratadi. Shu oʻrinda, davlat rahbarining “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan talabning qoʻyilishi jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarining barqaror boʻlishiga, qonun ustuvorligiga erishishga, qonun oldida barchaning tengligi ta’minlanishiga olib keladi. Bu haqqoniy tendensiyaning amaliy ifodasi sifatida tashkil etilgan xalq bilan muloqot qilish mexanizmlari ya’ni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti portali, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ning Xalq qabulxonalari, hokimliklar huzuridagi dastlab “yagona darcha” va keyinchalik “davlat agentligi xizmati”ga takomillashtirildi, joylarda sayyor qabullar yoʻlga qoʻyildi. Ma’lumki, yurtimizda shakllangan yangi tarixiy sharoitlarda aholidan kelib tushgan ariza va takliflarni chuqur oʻrganilganligi, umumlashtirilganligi evazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va aholining keng qatlamlari orasida qizgʻin muhokamalar olib borildi. Loyihani joriylashtirilishida, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Oʻzbekiston Respublikasi Muhimi, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishda davlat hokimiyati faoliyatining mohiyati, shakli va uslubi jamiyatning milliy – madaniy va ijtimoiy - siyosiy rivojlanishining tarixiy sharoitlari, xalq siyosiy va xuquqiy madaniyatining oʻziga xosligi, hukmron elitaning professionalligi va irodasi, davlatning tuzilish shakli va siyosiy tartibi bilan belgilanadi. Biroq tashqi muhit ta’siri har bir davlatning sodir boʻlayotgan global oʻzgarishlarga javob beradigan oʻzining ma’muriy tizimini isloh etishini talab etadi. Bu oʻzgarishlar bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat chiqimining kamayishiga, davlat funksiyalarining bajarilishiga olib keladi. Shuningdek, davlat xizmatlari sifatining oshishiga, toʻlaqonli fuqarolik jamiyati bunyod etilishi va, albatta, aholi asosiy koʻpchiligida davlat hokimiyati organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlanishiga olib keladi . Shu oʻrinda, Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017- yil 7-fevraldagi qabul qilgan “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmonida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirishga, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani ayniqsa e’tibor molik. Mamlakatning yangi istiqboldagi rivojlanish yoʻnalishini belgilab bergan bu tarixiy xujjat albatta, koʻp yillar davomida konstruktiv-dasturiamal sifatida xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni mulohoza qilib shunday xulosaga kelish mumkinki,demokratiya talablari, inson mafaatlari nuqtai nazaridan jamiyatning hukumat oldiga qoʻyadigan talablari ancha yuqori. Albatta, jamiyat davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatidagi boshqaruvni har jihatdan samarali deb bilishni istaydi. Shuningdek, ijtimoiy muammolarni samarali xal etish va jamiyatni izchil rivojlantirishni ta’minlashga imkon beradigan obyektiv va subyektiv omillarni oʻrganishga asoslangan, intuitiv boshqarishni keng joriy qilish zaruriyati borligini eslatadi.
3. Ta’lim-tarbiyada milliy yuksalish
Yurtimizda ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻziga xos tizim shakllandi. Bu borada 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirilayotgani, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi dasturlar aholini yangicha fikrlash va ishlashga safarbar etishda muhim rol oʻynamoqda. Sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohalarida boʻlayotgan ulkan oʻzgarishlarning barchamiz guvohi boʻlib turibmiz.
Shu oʻrinda Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda umumta’lim maktablarida 11 yillik tizim tiklanganini, maktab ta’limini rivojlantirish masalasi buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanayotganini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Soʻnggi uch yilda 35ta yangi oliy oʻquv yurti tashkil qilingani, ularning umumiy soni 112 taga yetgani, e’tiborlisi, bularning 13 tasi nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari ekani sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yorqin isbotidir.
Yangi oʻquv yilining ilk – “Mustaqillik” darslarida istiqlol yillarida, ayniqsa, keyingi uch yilda amalga oshirilgan islohotlar, Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ustuvor gʻoya, Prezidentimiz nutqi mazmun-mohiyati xususida oʻquvchi-yoshlarga keng tushunchalar berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab majburiy umumiy oʻrta ta’lim uzluksiz 11 yillik ta’lim negizida amalga oshirildi. 11 yillik ta’limning joriy etilishi munosabati bilan tezkor davr talabidan kelib chiqqan holda olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar hamda keng jamoatchilikning fikriga tayanib, 10-11-sinflar uchun 12 ta umumta’lim fani boʻyicha oʻquv rejalari qaytadan tayyorlanib, ularga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan, 11-sinfda kasb ta’limi orqali 50 ga yaqin kasbni oʻrgatish bilan birga, “Tadbirkorlik asoslari” fani ham oʻqitiladi. Oʻquv dasturlari asosida 10-sinf oʻquvchilariga umumta’lim fanlaridan 18 nomdagi darsliklar 7 tilda, jami 9 million 53 mingdan ortiq tirajda chop etilib, joylarga yetkazildi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 10-11-sinf oʻquvchilarining ta’lim olishi bilan birga, ularga kasb-hunar oʻrgatish, yoshlarning qiziqish va qobiliyatini nazarda tutgan holda kelajakda ularni ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasbi boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi. Kasb-hunar kollejlarida oʻquv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etildi. Kasblar roʻyxatini tayyorlashda hududlarning sharoiti hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari inobatga olinib, mutasaddilar va ish beruvchi tashkilotlar mutaxassislari bilan birgalikda, real vaziyatni xolis baholagan holda ish olib borildi. Ya’ni 11-sinf oʻquvchisi maktabni tamomlagandan keyin egallagan hunari boʻyicha oʻz ishini topa olishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Oilada va kundalik turmushda hamisha zarur boʻlgan kichik tibbiy hamshira, oilaviy kichik hamshira, tarbiyachi yordamchisi, ijtimoiy soha kichik mutaxassisi, dasturchi, tarmoq boshqaruvchisi, veb-sayt dizayneri, kompyuter grafikasi mutaxassisi va shu kabi boshqa kasblarning oʻrgatilishi jamiyatga, ham davlatga bir xil naf keltiradi. E’tiborlisi, joylarda tashkil etilgan oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida kasblar murakkabligiga qarab 1 yoki 2 yil davomida oʻrgatiladi va mehnat bozoridagi ehtiyojga koʻra kasblarning turi oʻzgarib turadi.
10-11-sinf oʻquvchilariga haftasiga bir kun 6 soatdan 2 yil davomida kasbiy ta’lim oʻqitiladi. Bitiruvchilarga oʻrta ma’lumot toʻgʻrisida attestat bilan birga kasb malakasi boʻyicha davlat namunasidagi diplom beriladi. Shu bilan birga, oʻquvchilarda kasblarga boʻlgan qiziqishni oshirish, kasblar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uzluksiz yetkazish maqsadida ular umumta’lim maktablarining 1-sinfidan boshlab kasbga yoʻnaltirilib boriladi. 8-9-sinflarda esa kasbga yoʻnaltirish alohida fan sifatida oʻqitiladi.
Ilgari 9-sinfni tamomlayotgan oʻquvchilarda qaysi kollejda oʻqishni davom ettirish borasidagi savol koʻndalang turardi. Ba’zilari majburlikdan u, yoki bu kollejlarga “adashib” borib qolardi. Oxir oqibat ularning bilim olishida, ham tarbiyasida salbiy holatlar paydo boʻla boshlardi. Bu esa, oʻz navbatida, voyaga yetmaganlar orasida turli huquqbuzarliklar, jinoyatlar ortishiga sabab boʻldi. Pedagog sifatida shuni ishonch bilan aytamanki, oʻquvchilar 11 yillik ta’lim sistemasida chuqur bilim oladi, bu ertamiz egalarining bilimli, kasb-hunarli boʻlib ulgʻayishi, ma’naviyati, odob-axloqi, boʻsh vaqti ustidan mahalla-koʻy va jamoatchilik nazoratining oʻrnatilishiga keng imkoniyat yaratdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilingani ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi boʻldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, desam mubolagʻa boʻlmaydi.
Farmonga muvofiq, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekistonda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uygʻunlashgan yangi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari roʻyxatlari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Farmonga koʻra, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli roʻyxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.
Boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmogʻi tashkil etiladi. Bunda:
A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim olayotgan oʻquvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
B) kollejlarda:
Kamida umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.
V) texnikumlarda:
Umumiy oʻrta ma’lumotga ega boʻlgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam boʻlmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda toʻlov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan oʻqishini davom ettirish huquqiga ega boʻladi.
Xulosa oʻrnida aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi yosh avlodning puxta va sifatli bilim olishiga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan katta e’tiborning amaldagi ifodasidir. Zero, hech bir davlatda Oʻzbekistondagidek bepul ta’lim tizimi mavjud emas. Bu islohotlarning tag-zamirida MUSTAQILLIK bergan cheksiz imkoniyatlardir.
4. Yangi Oʻzbekistonda – yangi saylovlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida, Mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan saylov qonunchiligi bir qator qonun va qonunosti hujjatlaridan iborat boʻlsada, afsuski, hanuzgacha yaxlit bir hujjat shakliga keltirilmaganligini ta’kidlab, xalqaro norma va standartlarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish vazifasini qoʻygan edilar.Ushbu vazifaning ijrosi 2019-yilning 25- iyunida 18 bob,103 moddadan iborat Saylov kodeksi qabul qilinishida hamda 2019-yil 22-dekabrdagi saylovlarda va 2020-yil 5-yanvarda oʻtkazilgan takroriy ovoz berish jarayonlarida ta’minlandi.Ushbu muhim siyosiy tadbirni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 10253 ta uchastka hamda xorijdagi fuqarolarimiz ovoz berishi uchun 55 ta uchastkalar tuzildi.Oʻzbekistonning yangi tarixida birinchi marta MSK tomonidan 180 mingdan ortiq a’zolar saylov qonunchiligidagi yangiliklar boʻyicha oʻqitildi.Shuningdek MSK ning 2019 yil 11-oktyabrdagi qarori bilan oʻtkazilgan 20-oktyabrdan-20 noyabrgacha saylov qonunchiligi targʻibot oyligi doirasida davra suxbatlari, debatlar va ommaviy axborotlarda chiqishlar orqali keng xalqimiz “YANGI OʻZBEKISTON – YANGI SAYLOVLAR” shiori ostidagi saylov qonunchiligi boʻyicha yangiliklar xabardor qilindi. Saylovlarning shaffof oʻtkazilishini hamda xalqaro standartlarga mosligini 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlardan 800 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar kuzatdilar. Shuningdek Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan mahalliy kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vakillari, blogerlar ham faol kuzatdilar. Ular joylarda saylov jarayonlarini kodeks talablari doirasida oʻtkazilishini ta’minladilar. Bundan tashqari respublikamizda 60 ta saylov uchastkasidagi saylov jarayoni toʻgʻridan toʻgʻri jahon ommasiga transilyasiya qilindi. Bu jarayon jahonda Oʻzbekistondagi saylovlar demokratik prinsiplarga mos holda oʻtganligini koʻrsatdi. Prezidentimizning 2018-yil 4-oktyabrda qabul qilingan “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratishda muhim omil boʻldi.
Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati (SYaER) tegishli davlat organlari tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi va yangilandi, ushbu roʻyxat joylardagi saylov komissiyalari tomonidan aniqlashtirildi. Aholini uyma-uy yurish natijasida saylov komissiyasi tomonidan saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga saylovchining JSIR yoki uning pasport ma’lumotlari yordamida saylovchini izlab topdi va familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash manziliga, uning ovoz berish huquqiga oʻzgartirish kiritdi. Shuning uchun yuqorida aytilganidek xorijda yashayotgan fuqarolarimiz xorijdagi 55ta uchastkalarda ovoz berdilar. Xorijdagi fuqarolarimiz Oʻzbekistonda ovoz bergani yoʻq.
Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi, “Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Odilona qonunlarni qabul qilish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini qaror toptirish – demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir”, “Xalqimiz oʻz hayotida ijobiy oʻzgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun koʻrishi kerak”, “Xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va qudratli boʻladi” kabi hikmatlarda “Yuksalish” gʻoyasi tayanch paradigmalarining mazmun-mohiyati oʻz ifodasini topgan. Ular jamiyatimiz hayoti, xalqimiz qalbi va ongidan chuqur joy oldi, butun mamlakatimiz, barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni harakatlantiruvchi kuchga, ta’bir joiz boʻlsa, gʻoyaviy oʻzagi va ma’naviy tayanchiga aylandi. Bunday tarixiy oʻzgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash boʻyicha tamomila yangi tizimga asos solingani va buning xalqaro miqyosda noyob tuzilma sifatida keng e’tirof etilayotgani esa ushbu jarayonning samarali amalga oshayotganidan dalolat beradi.
5. Elektron hukumat tushunchasi, vazifa va prinsiplari. E-hukumatni amalga oshirishning muvaffaqiyat va xavf omillari.
Elektron hukumat tushunchasi keng ma’noda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar koʻrsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qoʻllash sifatida belgilanishi mumkin.
Oʻziga xos ravishda, elektron hukumatni ―davlat oganlari koʻrsatayotgan xizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish deb tushunish mumkin. Shuningdek, elektron hukumat AKTni qoʻllagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat koʻrsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar koʻrsatishidir
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2. Hukumat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni targʻibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda qatnashish qiymatini belgilash.
Elektron hukumat ta’riflari: Birlashgan Millatlar Tashkiloti-Elektron hukumat fuqarolarga davlat organlari tomonidan axborot va xizmatlarini yetkazib berish uchun Internet foydalanish deb ta’riflangan.
Jahon banki - Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa davlat organlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar turli maqsadlarga xizmat qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq yetkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan oʻzaro muloqotni takomillashtirish, kerakli ma’lumotlarni olish orqali fuqaro huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, yoki yanada samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti - Elektron hukumat termini hukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini toʻlaqonli bajarishi nazarda tutadi.
Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq salohiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash jarayonini transformasiyasi tushuniladi.
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qoʻshimcha mexanizmlarini yaratish.
- Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlar yaratish;
- oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish;
- aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining oʻzaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari oʻrtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish;
- tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, lisenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jarayonlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jarayonlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga oʻtkazish;
- tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
- naqd boʻlmagan elektron toʻlovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish.



Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə