Toshkent davlat agrar universiteti


Oʻzbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi(SDP)



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə19/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Oʻzbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi(SDP) 1995-yil 18-fevralda Toshkentda boʻlib oʻtgan I ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilin-gan. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda roʻyxatga olgan.
Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida barcha millat va elatlarning umumiy manfaatiga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan yetuk, demokratiya tamoyillariga asoslangan adolatli, fuqarolik jamiyat qurishda faol ishtirok etish. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan ushbu partiyaning 47 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi roʻyxatga olindi. Partiya fraksiyasi «Ado1at» SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o`z ishlari yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. Boshqa siyosiy partiyalaming fraksiyalari bilan 0`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamkorlik qilishlari mumkin.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 11 nafari «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. Oʻzbekiston «Adolat» SDPsi safida 30 mingdan ortiq a'zo bor. Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang`ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. 2007-yil 1-yanvarigacha boʻlgan ma'umotlarga koʻra uni a'zolari 50 ming nafardan oshgan. 170 dan ortiq tuman va shaharlar-da 3120 ta boshlangʻich tashkilot faoliyat koʻrsatmoqda. Ayni paytda partiyaning 2 vakili senator, 10 ta vakili qonunchilik palatasi deputati, 172 ta vakili esa mahalliy kengashlar deputatidir.
Oʻzbekistonda shakllangan yosh partiyalardan biri — Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995-yil 3-iyunda Toshkentda bolib oʻtgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda partiya Dasturi va Nizomi qabul qilingan. 0`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yi1 9-iyunda roʻyxatga olgan.
Partiyaning bosh maqsadi milliy manfaatlar milliy yakdillikni ta'minlash, huquqiy davlatni barpo etish va Oʻzbekistonni jahonning yetakchi davlatlari safiga olib kirish uchun xalqni safarbar qilish. MTDP millatning oʻz-oʻzini anglashi, fuqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini shakllantirish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tiklanish yoʻlidan rivoj-lanishga erishish, milliy meros va an'analarni roʻyobga chiqarish, millatni ilmiy, texnikaviy salohiyatini yuksaltirish va demokratik jamiyat qurish uchun kurashadi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 10 nafari Milliy tiklanish demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. Oʻzbekiston MTDPsining oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy boʻlib, unda rahbar organlar saylandi. Hozirda joylarda partiya tashkilotlari va boʻgʻinlari ish olib bormoqda. Uning 6 mingga yaqin a'zosi bor. Oʻzbekiston MTDPsining «Milliy tiklanish» haftalik gazetasi faoliyat koʻrsatmoqda.
Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida oʻziga xos alohida nufuzga va betakror mavqega ega boʻlgan partiyalardan biri Fidokorlar milliy-demokratik partiyasidir. U mazkur partiyaning 1998-yil 28- dekabrda boʻlib oʻtgan 1-ta'sis Qurultoyida tuzilgan. Ushbu Qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilingan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan siyosiy partiya sifatida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida 1999-yil 4-yanvar kuni 354-raqamli guvohnoma berilgan.
«Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat koʻrsatishidan bosh maqsad — deb ta'kidlanadi partiya Nizomida — partiya dasturida belgilanganidek, koʻp ukladli iqtisodiyotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan fuqarolik jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlatni barpo etish ishiga amaliy hissa qoʻshishdir». Ushbu bosh maqsadni roʻyobga chiqarish uchun hozirgi vaqtda joylarda mazkur partiyaning 2000 boshlangʻich hududiy tashkilotlari, 202 ta tuman va shahar partiya tashkilotlari hamda 14 viloyat maqomiga ega partiya tashkilotlari faoliyat koʻrsatayapti. Partiyaning «Fidokor» nomli ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.
1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylangan deputatlardan 34 nafari Fidokorlar milliy demokratik partiyasi a'zolaridir. 2000-yil 14-aprel kuni «Vatan taraqqiyoti partiyasi» va Fidokorlar miiliy demokratik partiyasining qoʻshma qurultoyi boʻldi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi va ular birlashib ishlash maqsadga muvofiq, degan xulosaga keldilar. Partiyalar birlashib, Vatan taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilishga qaror qilindi. FMDP bosh kotibi qilib Axtam Tursunov saylandi. Partiyalarning Oliy Majlisdagi fraksiyalari ham birlashib, deputatlar soni 54 taga yetdi.
2004-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan saylovlarda FMDPdan jami 616 deputat saylandi. Shundan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 18 kishi, senatiga 6 kishi, qolganlari esa mahalliy kengashlarga saylanishdi, 2007-yilga kelib partiya a'zolari soni 60 mingdan oshdi. 2008-yil 26-iyul kuni Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi va Fidokorlar milliy demokratik partiyasining qurultoylari boʻlib oʻtdi. Unda har ikki partiya dasturlari va siyosiy qarashlarida mushtaraklik borligini nazarda tutib, birlashishga qaror qilishdi. Mamlakatda koʻppartiyaviylik tobora takomillashib bordi. Ular erkin va, ozod hayot, demokratik davlat, fugarolik jamiyat qurish borasida ma'lum ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Biroq, hayot shuni koʻrsata boshladiki, har bir partiyaning aniq, faqat oʻziga xos qiyofaga, oʻz saylovchilari va tarafdorlariga ega boʻlishi borasida sustkashlik sezila boshlandi.
Masalan, dehqon-fermerlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar, ular qaysi soha va yoʻnalishda faoliyat koʻrsatishidan qat'i nazar partiyalaming e'tiboridan chetda qola boshladi. Shu nuqtayi nazardan jamiyatimizning iqtisodiy hayotida tobora kengayib, kuchga toʻlib borayotgan tadbirkor va ishbilarmonlar, kichik va oʻrta biznes, fermerlar harakati el-yurt taraqqiyotiga, mamlakatimizning hal qiluvchi sohalarida toʻsiq boʻlib turgan muammolami bartaraf qilish mas'uliyatini oʻz zimmasiga olish uchun ularga siyosiy maydonni ochib berishni hayot taqozo qila boshladi. Shu maqsadda, 2003-yil oktabr oyida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal Demokratik partiyasi oʻzining ta'sis qurultoyiga toʻplandi va mamlakat siyosiy hayotida yangi siyosiy kuch sifatida vujudga keldi. Uning raisi etib Muhammadyusuf Teshaboyev saylandi. OʻzLiDeP oʻz dasturida siyosiy kuch sifatida tadbirkorlarning yoʻlini ochib, ularning istiqbolini ham gʻoyaviy, ham amaliy sohalarda isbotlab berish, manfaatini himoyalash, ertangi kunini ta'minlashni koʻrsatib bergan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan muhim qoida siyosiy institutlaming, mafkuralar, fikrlar xilma-xilligi va ularning oʻzaro raqobat asosida rivojlanishi belgilab go`yildi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida»gi va siyosiy partiyalar faoliyati bilan bogʻliq bir qator qonunlari qabul qilindi. Mazkur davrda siyosiy partiyalar turli siyosiy tabaqa va guruhlarning irodasini ifoda etishi, demokratik yoʻl bilan saylab qoʻyiladigan vakillik organlari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etishi qonun bilan mustahkamlandi. Oʻzbekiston Respublikasining «Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida»gi qonuni siyosiy partiyalar faoliyatining umumiy taysifini shakllantirib berdi. Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻ'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida»gi qonunlarining qabul qilinishi va amalga tatbiq etilishi mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan zarur demokratik islohotlardan bin boʻldi.
Koʻppartiyaviylik asosida saylangan yangi vakillik organi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi siyosiy partiyalar faoliyatini yanada jadallashtirish borasida oʻziga xos ishlami olib bordi. «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Vakillik organida siyosiy partiyalarning faoliyatini va qonun qabul qilishda ishtirokini oshirish maqsadida fraksiyalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bir qator qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qabul qilingan qonunlar fuqarolaming huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga, jamiyatni demokratlash-tirishga, bozor islohotlarini sakrashlar va falaj qiluvchi holatlarsiz tezlashtirishga qaratildi. Siyosiy partiyalaming aholi va oʻz saylovchilari oʻrtasida obroʻ-e'tiborini oshirish, ularning iqtisodiy jihatdan mustagilligini ta'minlash bilan bir qatorda moliyaviy manbalarini muvofiqlashtirish maqsadida 2004-yili Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalash toʻgʻrisida»gi qonuni qabul qilindi.


2017 — 2021- yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
“Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018-yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qabul qilingan 2018- yilgi Davlat dasturini roʻyobga chiqarish doirasida 21 trillion soʻm va 1 milliard AQSH dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq, 400 dan ortiq qishloq va mahallalarda munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
“Har bir oila — tadbirkor” va “Yoshlar — kelajagimiz” dasturlari doirasida 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar amalga oshirildi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq toʻlash tizimini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi hamda bu aholining real daromadlarini 2017- yildagiga nisbatan 12 foiz oshirish imkonini berdi.
Yangi oʻquv yoʻnalishlarini ochish va qabul kvotalarini oshirish hisobiga oliy ta’lim olish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaytirildi.
Soliq ma’muriyatchiligining mohiyatan yangi tartibi joriy etilgani sababli soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion soʻm mablagʻ qoldirildi. Bu 2017- yildagi koʻrsatkichlarga nisbatan 6 barobar, 2016- yildagiga nisbatan 32 barobar koʻpdir.
Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Xususan, yagona ijtimoiy toʻlov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli jamgʻarmalariga undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qoʻshimcha mablagʻlar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi.
2018-yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSH dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSH dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.



Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə