Toshkent davlat agrar universiteti


Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə18/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari. 1993-yil 2-sentyabrda boʻlib oʻtgan Oliy Kengashning oʻn ikkinchi chaqiriq uchunchi sessiyasida “Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bu hujjat qishloq, shaharcha va ovullar tarkibida tuziladigan fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining tuzilishi va ularning huquqiy holatini belgilab berdi. Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari davlat va jamiyatishlarini boshqarishda fuqarolarga koʻmaklashadilar. Ular oʻz hududlaridagi ijtimoiy-xoʻjalik vazifalarni hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlar oʻtkazish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga Respublika rahbariyati va hukumatining qarorlarini bajarish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi. Konstitutsiyada belgilab qoʻyilganidek, “shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yigʻinlari oʻzini-oʻzi boshqarish organlari boʻlib, ular ikki yarim yil muddatga rais (oqsoqol)ni uning maslahatchilarini saylaydi. Oʻzini-oʻzi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi”.
Fuqarolar yigʻinini rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishilgan holda zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yigʻini shuningdek, xalq deputatlari Kengashi, hokim tomonidan yoki shu hududda yashayotgan fuqarolarning uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Yuqorida eslatilgan Qonunda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylash tartibi belgilangan boʻlib, ularni fuqarolarning yigʻini (yigʻilishi) tegishli tuman, shahar hokimi bilan kelishgan holda saylaydi.
Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko`ppartiyaviylik. Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan keng qamrovli oʻzgarishlarni mushohada qilar ekanmiz, mamlakatda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson haq-huquqlari va uning erki asosi boʻlgan huquqiy davlat va fugarolik jamiyatiga mos zamonaviy tuzilmalar shakllanganini qayd qilmoq lozim. Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, eng avvalo demokratiya, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻmi, hozirgi zamon jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishi va demokratik tamoyillar xususida fikrlashib olmoq lozim. Demokratiya kishilik tarixida insonning ongli hayoti boshlangan davrdan boshlab uning erk-u irodasini, xohish-istagini belgilaydigan mezon boʻlib kelmoqda. Albatta, bu borada kishilik jamiyati shakllanish davridan tortib to sivilizatsiyalashgan turmush tarzi, har jihatdan chuqur ildiz otgan davlatchilik va shu asosda ma’lum tartib-qoidaga kirib qolgan aniq yoʻnalishlar oʻrtasida katta farq bor. Chunki, asrlar mobaynida vaqt oʻtgani sayin odamlar dunyo-qarashi oʻzgarib, talab-ehtiyojlari tabiiy ravishda oshib bordi. Bu insonning erkin va ozod yashash kabi ehtiyojining mahsulidir. Demokratiya bevosita jamiyat taraqqiyoti, uning siyosiy, huquqiy, ma’naviy va boshqa jihatlari bilan birga ana shu jamiyatni tashkil etgan aholi umumiy dunyoqarashini oʻzida mujassam etadi. Har qanday davlat oʻz huquqiy asosiga, siyosiy rejimiga, boshqaruvidagi aniq tamoyillariga ega boʻlmasa, fuqarolar esa oʻz haq-huquqlarini himoya qilish bilan birga jamiyat va davlat oldidagi, oʻz mamlakati istiqboli yogidagi vazifalari va burchlarini toʻla anglab olmagan taq-dirda demokratiya tor ma’nodagi mazmuniga va jahon tajribasida isbot qilingan mohiyatiga ega boʻla olmaydi.
Mustaqillik yillarida davlat hayotining yangi demokratik huquqiy asoslari yaratildi. Davlat tushunchasi, uning ma'no, mohiyati tubdan oʻzgardi. U islohotlarning bosh tashabbuskori hamda ulami muvofiqlashtiruvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat bozor munosabatlariga vazminlik bilan, puxta oʻylangan holda, bosqichma-bosqich oʻtishni amalga oshirmoqda. Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, mustaqillik yillarida xalqimizning oʻz xohish-irodasini erkin ifoda etishini ta'minlovchi saylov tizimi shakllandi va qonun bilan mustahkamlandi. Jumladan, dunyoda eng rivojlangan demokratik davlatlarda ham Oʻzbekistonda qabul qilingan «Saylovchilar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻxshash qonunlar yoʻq. 1994-yil oxiri, 1995-yil yanvarida Oʻzbekiston tarixida birinchi marta mamlakat Parlamenti — Oliy Majlisga, mahalliy vakillik or-ganlariga ochiq, demokratik saylovlar oʻtkazildi. Saylovlar xalqimizning siyosiy saviyasi faolligi yuksalib borayotganini namoyish etdi.
Ma'lumki, demokratik tartibot siyosiy hokimiyatni amalga oshirishning keng tarqalgan zamonaviy shaklidir. Unda demokratik institutlar, siyosiy erkinliklar boʻlishiga, mehnatkashlaming turli tashkilotlar atrofida birlashishiga imkon beriladi. Shuning uchun ham Oʻzbekiston Parlamenti fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadida mamlakatda avvalo koʻppartiyaviylik, oshkoralikni fuqarolaming jamoat tashkilotlari orqali huquqlarini ta'minlashga qaratilgan muhim qonunlar qabul qildi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida» (1991-yil 14-iyun), «Jamoat tashkilotlari toʻgʻrisida» (1991-yil 15-fevral), «Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida» (1991-yil 14-iyun), «Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari toʻgʻrisida» (1992-yil 2-iyul) qonunlari ana shular jumlasidandir. Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda boʻlgan VII sessiyasida «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi qonun umumxalq muhokamasidan soʻng qabul qilindi. Jumladan, qonunda: «Siyosiy partiya — qarashlari, qiziqishlari va maqsadlari mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini roʻyobga chiqarishga intiluvchi hamda oʻz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi Oʻzbekiston fuqarolarining koʻngilli birlashmasidir», deyiladi. Bugungi kunda respublikada aholining turli toifalarini birlashtirgan 5 ta siyosiy partiya faoliyat koʻrsatmoqda.
Jumladan, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida shakllandi. Bu partiya 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. XDP Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1991- yil 15-noyabrda roʻyxatga olingan.
Partiya mamlakatda adolatli jamiyat qurish, uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, 0`zbekiston xalq1ari o`rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta'minlash, har bir mehnatkashning moddiy va ma'naviy turmushini yaxshilash, fugarolarning teng konstitutsiyaviy haq-huquqlarini himoya qilishni o`z oldiga maps ad qilib qoʻygan.
Oʻzbekiston XDPsining oliy organi — qurultoy 5 yilda bir manta chaqiriladi. Unda partiyaning rahbar organlari saylanadi. 0`zbekiston XDP parlament partiyasidir. Oʻz a'zolaridan Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar paytida nomzodlar koʻrsatib davlat hokimiyati organlarining barcha boʻgʻinlarida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi qarori bilan partiyaning 69 kishidan iborat Oliy Majlis deputatlari fraksiyasi roʻyxatga olindi. 1999-yil 5 va 19-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisiga saylangan deputatlardan 48 nafari Xalq Demokratik partiyasiga mansub a'zolardir. Hozirda Oʻzbekiston XDPsi tarkibida 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari, 13 ming 665 boshlang`ich, jumladan, 3952 hududiy tashkilotlar ish olib bormoqda. Uning 420 mingga yaqin a'zosi bor. 0`zbekiston XDPsining «Oʻzbekiston ovozi», «Гoлoc Узбекистана» gazetalari nashr etilmoqda. XDP V qurultoyi qarori bilan 2006-yil yanvar-iyun oylarida partiya a'zolari qayta roʻyxatdan oʻtkazildi. 2007-yil 1- yanvariga koʻra uning safida 344 mingga yaqin a'zo bor. Ayni paytda XDPning barcha viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahar tashkilotlari mavjud. Ular tarkibida jami 11576 to boshlangʻich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. Oʻzbekiston istiqloli yillarida siyosiy kuch sifatida shakllangan partiyalardan yana biri «Vatan taraqqiyoti» (VTP) partiyasidir. U 1992-yil 24-mayda Toshkentda boʻlib oʻtgan ta'sis qurultoyida tuzilgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi, Nizomi qabul qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1992-yil 10-iyulda roʻyxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya prinsipla-riga asoslangan, yangi ijtimoiy munosabatlar qaror topgan adolatli figlarolik jamiyatini qurishdir.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə