Toshkent davlat agrar universiteti


Vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə16/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari. Oʻzbekistonda davlat boshqaruvining muhim tashkiliy-huquqiy shakllaridan boʻlgan Vazirliklar davlat boshqaruvining ixtisoslashtirilgan markaziy organlari hisoblanadi. Davlat boshqaruvining bu tashkiliy – huquqiy shakli umumdavlat miqyosida faoliyat yuritadigan, qoidaga koʻra, ijtimoiy hayotning muayyan bir tarmogʻiga rahbarlik qiladigan ijro etuvchi – farmoyish beruvchi organ hisoblanadi.
Vazirlikka hukumat a’zosi boʻlgan mansabdor shaxs – Vazir boshchilik qiladi va u vazirlikka topshirilgan tarmoqning rivojlanishi hamda vazirlikning faoliyati uchun Vazirlar mahkamasi oldida shaxsan javobgar boʻladi. Vazirlik jamiyatdagi muayyan tarmoqning yakka boshchilik asosida boshqariladigan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazir tarmoqning rivojlanishi va tarmoqqa doir davlat siyosati olib borishga shaxsan javobgar hisoblanadi. Vazirlik qoshida Vazir, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, vazirlik tizimiga kiruvchi rahbar xodimlardan iborat hay’at tuziladi.
Tarmoq rivojlanishining dolzarb masalalari hay’atning har oylik majlislarida muhokama etiladi. Muhokama natijalari boʻyicha hay’at qarori Vazirning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Davlat qoʻmitalari ham davlat boshqaruvining markaziy iqtisoslashtirilgan organlariga kiradi. Davlat qoʻmitalari davlat boshqaruvining oʻziga xos tashkiliy-huquqiy shaklini tashkil etsa –da, ularning tashkil topish, faoliyat yurgʻizish, boʻysunish, maqom hamda funktsiyalari nuqtai nazaridan Vazirlik boshqaruvi bilan qator umumiyliklarga egadir.Tarmoqlararo xususiyatga ega boʻlgan davlat qoʻmitalarining faoliyatida asosan muvofiqlashtirish va tartibga solish funksiyalari keng oʻrin egallaydi. Davlat qoʻmitasiga rahbarlik uning raisi tomonidan amalga oshiriladi. Qoʻmita raisi bosh vazirning taqdimiga muvofiq Prezident tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi. Davlat qoʻmitasining ichki faoliyatiga doir buyruq, yoʻriqnoma va koʻrsatmalar rais tomonidan chiqariladi va u qoʻmita tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə