Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti



Yüklə 173,85 Kb.
səhifə1/11
tarix02.05.2023
ölçüsü173,85 Kb.
#108086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI


«Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti
«Pedagogika va psixologiya» kafedrasi


KURS ISHI
Mavzu: Iktidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan ishlash metodikasi


Bajardi: Sh.Meliqulova


Ilmiy rahbar:


Mazkur kurs ishi 2012 yilning
« » dagi « » - sonli
yig’ilishda muhokama qilingan va himoyaga tavsiya qilingan.
Kafedra mudiri: p.f.n., dotsent Kasimova Z.H.


Toshkent – 2012 Mundarija

Kirish. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

  1. Iqtidor va iste’dod haqida tushunchalar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

  2. Iqtidor va iste’dod tushunchalarining о‘rganilganlik holati . . . . . . .

  3. Iqtidorli va iste’dodli bolalar taraqqiyotini tadqiq qilish metodi . . . . . . .

  4. Bolalar iqtidori va iste’dodini rivojlantirish omillari. . . . . . . .

Xulosalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . Ilovalar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

KIRISH


Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, izchil iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini faol himoya qilish, aholi farovonligi va turmush darajasini oshirish kabi yо‘nalishlar suveren davlatimizning adolatli va insonparvar siyosatida doimiy ustuvor bо‘lib kelmoqda. Ular sirasida jamiyatning ma’naviy yuksalishi va shaxs ma’naviy kamolotiga berilayotgan e’tiborni alohida ta’kidlash lozim.
Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligidagi ertangi kun egalari bо‘lgan yosh avlodning ma’naviy va jismoniy kamoloti, zamon talablariga mos bilim olishi, kasb-hunar tanlashi, qobiliyati va iqtidorini erkin namoyon qilishi va yanada rivojlantirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu о‘rinda 2012 yil “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi doirasida ham barcha sohalarda qator dolzarb vazifalar belgilanib olindi.
О‘tgan yillar davomida mamlakatimizning ta’lim sohasida olib borgan faoliyati yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy va ma’naviy tahdidlardan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitet va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga qaratilgan. Shu ma’noda ta’lim sohasida ulkan moddiy va ma’naviy yangilanishlarga erishildi. Umumta’lim muassasalari kapital rekonstruksiyadan chiqarildi va kо‘plab yangi zamonaviy ta’lim muassasalari qurildi hamda zaruriy о‘quv- labaratoriya jihozlari, darsliklar, axborot texnologiyalari va boshqalar bilan ta’minlandi.
Umumiy о‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari tasdiqlandi, о‘quv dasturlari optimallashtirildi hamda darsliklarning yangi avlodi yaratildi.
Olib borilayotgan ishlarning pirovardida 1995-2010 yillar davomida о‘quvchilarmiz xalqaro fan olimpiadalarida matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika, rus tili fanlaridan xorijiy davlatlarda о‘tkazilgan xalqaro olimpiada va tanlovlarda 244 nafar о‘quvchilarimiz ishtirok etib, 20 ta oltin, 49 ta kumush, 88 ta bronza medallarini qо‘lga kiritdilar.
Muntazam ravishda о‘tkazib kelinayotgan fan olimpiada (9-11 sinf)lari bilan birga 2010-2011 о‘quv yilidan boshlab 5-9 sinflarni qamrab olgan “Bilimlar bellashuvi” о‘tkazilib, respublikamizdagi iqtidorli о‘quvchilar aniqlab borilmoqda. Iqtidorli о‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish ular bilan muntazam shug‘ullanishni yо‘lga qо‘yish maqsadida “Yozgi intellektual rivojlantirish
oromgohi”lari tashkil qilindi.

    1. Yüklə 173,85 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə