Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti



Yüklə 173,85 Kb.
səhifə7/11
tarix02.05.2023
ölçüsü173,85 Kb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti

birinchi davr — 3- 4 yosh oralig‘ida bо‘lib, emotsional jihatdan о‘z-о‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘likdir;
ikkinchi davr — 4- 5 yoshni tashkil qilib, axloqiy о‘z-о‘zini boshqara olish bilan bog‘liq;
uchinchi davr esa, shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatlarini shakllanishi bilan tavsiflanadi.
Shuning uchun ham maktabgacha yoshidagi bola shaxsini tadqiq qilish juda murakkab jarayondir, chunki kо‘pgina shaxsni tadqiq qilish metodlari, katta yoshli odamlarga mо‘ljallangan va bolani о‘z-о‘zini tahlil qilish imkoniyatlariga asoslanmagan. Bundan tashqari psixodiagnostika yordamida о‘rganaladigan shaxs sifatlari maktabgacha tarbiya yoshida tо‘liq shakllanmagan va beqarordir. Bolalar psixodiagnostikasi ixtiyorida faqat maxsus proyektiv metodlar ya’ni bolani yutuqqa erishish motivlari va xavotirlanish holatlarini о‘rganish metodlari mavjuddir yoki shaxs sifatlarini baholashda ekspert metodlaridan foydalanish mumkin. Bunda bolani yaxshi biladigan kattalar, tarbiyachilar, ota-onalar ekspert sifatida maydonga chiqadilar. Faqat ana shunday tarzda bolani shaxs sifatlariga baho bera olish imkoniyatlariga ega bо‘lamiz. Bizga ma’lumki, intellektual testlar odamni aqliy faoliyatni rivojlanganlik darajasi va ularni alohida kognitiv protsesslarini (idrok diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qо‘llaniladi. Quyida maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlari, ijodiy (kreativ) qobiliyati hamda bolalarda faoliyatning biror sohasidagi iqtidorni aniqlash bо‘yicha bir qator testlar, shuningdek ushbu yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish bо‘yicha mashg‘ulotlar hamda ota-onalar uchun maslahatlar taqdim etiladi.
Ayrim tajribalarda olingan bolalar haqida ma’lumotlarni beramiz.
Nikita-3 sinf o’quvchisi. Jismoniy rivojlangan mayda motorika va xarakat koordinasiyasi yaxshi rivojlangan, bola faol xarakatchan jismoniy mashqlari va sport oyinlarini yaxshi ko’radi. 3 yoshdan kontur ichidagi rasmlarni qirqadi va boyaydi. Bilish faolligi, nutq va intellekt rivojlangan: Nikita qiziquvchan yangilikni tez ilib oladi, "global" muammo va xodisalarga oid ko’p savollar beradi. Farosatli, mantiqiy fikirlaydi.
Nikitaning xotirasi yaxshi: u materiallarni eslab qoladi. Ixtiyorsiz diqqatning ko’lami keng. Bola darslarda biroz sabrsizroq, u darsdan tez chalqib do’stlari bilan suqbatlashib o’tirishi mumkin, lekin bu uning o’zlashtirishi yuqori darajada. Bolaning nutqi boy va yaxshi rivojlangan. Ko’p hikoyalar oylab topadi. So’z oyiniga usta. Nikita turli shahar va tuman olimpiadalarining doimiy ishtirokchisidir. Maktabning kuchli o’quvchilaridan biri. Nikita rasm chizishga qiziqadi. Artistik qobiliyatga ega turli badiiy tanlovlarda ishtirok etishni yaxshi ko’radi. Shahar qo’shiqlar ko’rik tanlovining qolibidir. Nikita mexribon, yumshoq ko’ngil, lekin ayrim vaqtlarda qaysar va o’z aytganini qilishga moyil. Ba'zida odamovi bo’lib xafa qilganlar bilan gaplashmaslik mumkin, lekin tez unutadi, muloqatchan. Kichik guruqlarda vaziyatga boqliq lider bo’lishi mumkin. Odamlar bilan tez chiqishadi va ularning iltimosini yerda qoldirmaydi. qaqiqatparvar o’zining noto’qri qarakatlari uchun uyat qissini tuyadi. Musiqani sevadi, yaxshi kuylaydi. Nikitaning oilasi to’liq-u yolg‘iz farzand. Ota-onasi, buvi-buvasi bola tarbiyasiga ko’p vaqt ajratadi. Ular Nikitani qadrlashadi uning qiziqish va extiyojlariga e'tiborli bo’lib, unga yangi narsalar o’rgatishga intiladilar. Yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlar turli tomonli qiziqishlar xos bo’lgan uyqun tipda rivojlangan iqtidorli bolalarga xosdir. Shu bilan birga ular turli soqalarda muvofaqqiyatga erisha oladilar.

Yüklə 173,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə