Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti



Yüklə 173,85 Kb.
səhifə6/11
tarix02.05.2023
ölçüsü173,85 Kb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti

Ekspert bahosi metodi. Tadqiqot jarayonida psixologik iqtidorli bolalarni va nazorat guruhidagi bolalarni baholash uchun ekspertlarni taklif qiladi: ota-onalar, tarbiyachilar, musiqiy xodimlar, sinf raqbari, fan o’qituvchilari ularga stimul varaqa beriladi, unda bola o’z talantini ko’rsatishni mumkin bo’lgan 10 soha xarakteristikalari beriladi: intellektual, akademik o’zlashtirish, ijodiy, badiiy, artistik, musiqiy texnik harakatli, rassomlik, ij. Ekspert har bir ko’rsatilgan
xarakteristikalarni 5 balli tizimda baholaydi. Agar bolaga qandaydir xarakter juda mos bo’lsa 5 ball, 2 ball - buning aksi bo’lsa qoyiladi. (ballar 5,4,3,2).
Anketa metodi. Iqtidorli bolalarning intellektual va ijodiy taraqqiyotini diagnostika qilish uchun ota-onalarga maxsus anketalar ishlab chiqilgan. Anketa savollarini tuzishda bolaning individual qobiliyatlarini rivojlanishi haqida turli- tuman ma'lumotlarni yiqishga asosiy e'tibor qaratiladi. Anketa o’zida bolaning jismoniy rivojlanishi, bilish faoliyati rivojlanishi, bolaning qiziqishlari, qobiliyatlari, bolada ijodiy faoliyat va qiziquvchanlikning namoyon bo’lishi, muayyan bilim, ko’nikmalar, maxsus qobiliyatlarga ega ekanligi qaqidagi savollarni mujassamlashtiradi. Anketa savollarida bola shaxsiga oid xususiyatlar borasida ham so’z yuritiladi. Muloqotchanlik, liderlikka intilish, maqsadga intilishda qat'iylik. Anglangan eqtiyojlarni o’rganish uchun bolaga V.S.Yurkevich tomonidan tuzilgan 2 ta anketa beriladi ushbu anketa 5 ta savoldan iborat va anglangan eqtiyojlar yaqqol namoyon bo’luvchi, kuchsiz va juda zaif namoyon bo’luvchi kabi darajalarda ko’rinadi.


    1. BOLALAR IQTIDORI VA YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI


Psixologiya fan sifatida yangi bo’lishiga qaramay, uning tarkibi doimo insonlarni qiziqtirib kelgan. Chunki, psixologiya – bu bizning hayotimiz va u qar doim, qar qanday, qar qaerda biz bilan. Shuning uchun fanni turli muammolari yuzasidan oz bo’lsa qam aniq yondoshuvlar bordir. Bu yerda, iqtidor muammosi qam chetda qolmaydi. Bundan bir necha 10 yil avval S.L.Rubinshteyn: "Iqtidorlikni o’rganuvchi ko’pgina ishlar mavjud. Biroq, olingan natijalar bu ishga sarflangan vaqtni oqlamaydi. Bu ko’pgina tadqiqotlarning noto’g‘ri ekani va ularda qo’llanilgan metodikalarning qoniqarsiziligi bilan tushuntiriladi", deb yozadi. O’tgan ko’p yillar mobaynida ushbu muammo yuzasidan ko’pgina nazariyalar yaratildi. Muammoning dolzarbligi va aqamiyati shundaki, iqtidorli bolalar bilan


"oddiy" bolalar singari emas, ulardan farqli ravishda ishlash lozim-ki, bu ulardagi qobiliyatlarni yanada rivojlanishi bilan boqliq bo’lsin. P.V.Tyulenev iqtidorli bolalar muammosini dolzarb ekanini aniq ko’rsatib bergan: ". . . ushbu muammoni qal qilish bolaning kelajagini va oilaning baxtini belgilab beradi. Ota-onalar haqiqatni bilishini istamaydi va u berkitilgan bo’lishiga qaramay ular haqiqatni bilishlari zarur". Iqtidoni aniqlashdan maqsad iqtidorlilikning keltirib chiqaruvchi omillarini o’rganish, iqtidorli bolalarning psixologik, shaxsiy xususiyatlarini o’rganish qamda iqtidorli bolalar bilan ishlashning yo’l yo’riq va vositalarini egallash. Iqtidorli bolalar va ularning psixologik xususiyatlari, qobiliyat, iqtidor, talant tushunchalari haqida ma'lumotlar zaqirasini berish hamda ularni shaxsda shakllanishi borasida nazariy va amaliy bilimlar berish lozim.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan ishlash metodikasi quyidagilarni inobatga oladi:

  • qobiliyat tushunchasini mazmunini qamda uni shaxsda shakllanishi qaqida bilimlar zaqirasiga ega bo’lish; qobiliyat, talant, iqtidor tushunchalarini mazmunini bilish;

  • bolalar iqtidori qaqidagi nazariyalarni o’rganish;

  • iqtidorli bolalarni psixologik xususiyatlarini borasidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish;

  • iqtidorilikni kelib chiqishiga ta'sir etuvchi omillarni qaqida ma'lumotlarga ega bo’lish;

  • iqtidorli bolalar bilan ishlashning yo’l-yo’riq, usul va vositalarini egallash.

Iqtidorli bolalar bilan ishlashda psixologlar iqtidorning tuzilishini belgilaydigan asosiy omillarni bilishlari lozim. Bular quyidagilar:

  • umumiy intellektual yoki aqliy qobiliyatlarning yuqori darajasi;

  • bilish motivining dominantligi — boshqa motiv turlaridan ustunligi;

  • yangi predmetlar, vazifalar, voqea-hodisalarga duch kelganda, muammoni qо‘yilishi va yechimini topishda ijodiy faollikning namoyon bо‘lishi.

Iqtidorning erta namoyon bо‘lishi ikki yoshdan olti yoshgacha kuzatiladi.
Bunday bolalar ikki-uch yoshdan о‘qishga intiladilar, uch-tо‘rt yoshda о‘qishni va
sanashni biladilar, besh-olti yoshda sо‘zlarni va uncha katta bо‘lmagan jumlalarni yoza oladilar. Maktabgacha yosh davrida iqtidorli bolalar boshqalardan intellektning rivojlanish darajasi bilan ajralib turadilar. О‘zlarining juda faolligi, kо‘plab savol berishlari, qiziquvchanligi, kattalardan oladigan ma’lumotni oson eslab qolishi va qayta aytib bera olishi bilan birga, boy tasavvurga egadirlar. Iqtidorli bolalar kо‘p hollarda turli hisob-kitoblarga qiziqadilar, she’r yoki ertaklar tо‘qiydilar, musiqa asboblarini chaladilar, shaxmat о‘ynaydilar, rasm chizadilar, qо‘shiq aytadilar va raqsga tushadilar. Yetti yoshdan о‘n yoshgacha bо‘lgan davrda bolalar kо‘p hollarda kolleksiya yig‘ishga (markalar, medallar, sevimli mul’tfil’m va kino qahramonlarining rasmlari va xok...), qog‘oz, yog‘och va boshqa materiallardan turli predmetlarning loyihalarini yasashga qiziqadilar. Iqtidorli bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha barcha noma’lum bо‘lgan narsalarga va yangiliklarga nisbatan mustaqil ravishda javob axtarishda faollik kо‘rsatib, kattalarga turli savollar beradilar. Bu savollarga berilgan javoblar orqali atrof olamni, voqea-hodisalarning sabab va oqibatlarining bog‘liqligini anglaydilar, shaxsiy hatti-harakatlarini ongli ravishda boshqara oladilar. 3-yoshli bolaga xos bо‘lgan hislatlar:

  1. Nutqi ma’no jihatidan bir-biriga bog‘langan sо‘zlardan iborat.

  2. О‘yinda rolga kiradi.

  3. Shar, olma va boshqa predmetlarni chiza oladi.

  4. О‘zi yechinib kiyina oladi.

  5. Kubiklarni bir-birining ustiga qо‘ya oladi.

  6. Tayanchsiz zinalardan о‘zi kо‘tarilib, tusha oladi.

  7. 4 yoshli bolalar esa, о‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar.

Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek о‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. О‘z-о‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshida rivojlanib, avval u qanday bо‘lgani va kelajakda qanday bо‘lishini fikrlab kо‘rishga harakat qiladilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga kо‘ra, bu davrni 3 bosqichga
ajratish mumkin:

Yüklə 173,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə