Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti



Yüklə 173,85 Kb.
səhifə5/11
tarix02.05.2023
ölçüsü173,85 Kb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti

Test metodi. Test metodi boshqa metodlardan qar qanday psixologik xususiyat yoki voqelikni sifat va miqdor jiqatdan taqlil qilishga yo’nalganligi bilan farqlanadi. Shuning uchun testlarga qoyiladigan talablar muqimdir. Standartlashtirish. Testlarni standartlashtirish ularni o’tkazish va baqolashga qoyiladigan yagona normativdir. Standart: a) metodikani o’tkazish va natijalarni baqolash jarayonini umumiy me'yorlarga keltirish; b) qar bir tekshiriluvchining ko’rsatkichlari umumiy ko’rsatkichlar tizimida qanday o’rin egallashini topish uchun zarur yangi shkalani ishlab chiqish. Diagnostik testlar yordamida olingan natijalarni talqin etish uchun bu natijalar muayyan me'yor, ya'ni standart bilan solishtirilishi kerak standart bilan solishtirilgandagina tekshiriluvchining ko’rsatkichlari umumiy ko’rsatkichlar tizimida qanday o’rin egallashini aniqlash mumkin. Miqdoriy ko’rsatkichlarni olishga, mo’ljallangan testlar ballariga nisbatan muayyan standartlarni aniqlashda quyidagi amallar bajariladi:

  • barcha tekshiriluvchilarning ko’rsatkichlari asosida o’rtacha ko’rsatkich topiladi;- maxsus matematik statistik amallar yordamida standart oqishish, ya'ni o’rtacha kvadrat oqishish ko’rsatkichi topiladi ()

  • o’rtacha ko’rsatkichdan yuqoriga va pastga standart oqishish ko’rsatkichiga mos tarzda qadam tashlab, test natijaolarini solishtirish uchun zarur shkala - standart baqolar tizimi ishlab chiqiladi.Ishonchlilik - qech qachon absolyut

bo’lmaydi. Ishonchlilik testlarning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, test yordamida olinadigan natijalarning qanchalik barqaror ekanini bildiradi. Psixodiagnostik testlarning ishonchliligini aniqlash uchun psixodiagnostik test sinaluvchilarning muayyan guruqi bilan bir bir necha marta mazkur test yoki uning ekvivalent shakli vositasida o’tkaziladigan tekshiruvlarda aniq bo’ladi. Ushbu tekshiruvchilar turli vaqtlarda o’tkaziladi. Agar qar ikki safarda olingan natijalar to’liq mos tushsa korrelyasiya koefsentini 1,0 ga intiladi. Biroq bu qech qachon sodir bo’lmaydi va ko’pchilik testlar uchun korrelyasiya koefsenti 0,7-0,9 ni tashkil qiladi. qolaversa testning ishonchliligini aniqlash usuliga qarab parallel, retest, parchalanishiga asoslangan ishonchlilik turlari bor. Validlik yoki yaroqlilik - psixodiagnostik testlarning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, metodika o’zi nimani o’rganishga mo’ljallangan bo’lsa, o’sha narsani o’rganishga qanchalik yaroqli ekanini bildiradi. Diagnostik testlarning validligi test diagnostik o’lchovini amalga oshira olishi yoki oshira olmasligini va o’lchovni amalga oshira olsa buni qanchalik muvaffaqiyatli bajarishini ifodalaydi. Testning validligi qanchalik yuqori bo’lsa u muayyan psixodiagnostik tekshiruv uchun shunchalik yaroqli deb qisoblanadi. Biroq ko’pgina testlarning validligi odatda 0,60 dan past bo’ladi. Birinchidan, u test ishonchlilik darajasidan yuqori bo’lishi mumkinemas, ikkinchidan, maktab belgilari muvaffaqiyatli o’zlashtirishi mezoni sifatida unchalik ishonchli emas, uchinchidan, motivasiya intizom ijtimoiy sharoit o’z ta'sirini o’tkazadi. Validlikning quyidagi turlari bor, mazmuniy, kriterial, konstruktiv. Demak, yuqorida biz umumiy psixodiagnostikaga oid ma'lumotlarni keltirib o’tdik, endi esa aynan iqtidorli bolalar psixodiagnostikasiga oid ma'lumotlar bilan o’rtoqlashamiz.

Yüklə 173,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə