Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti


Evgeniy-1 sinf o’quvchisi



Yüklə 173,85 Kb.
səhifə9/11
tarix02.05.2023
ölçüsü173,85 Kb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti

Evgeniy-1 sinf o’quvchisi. Tanaffus va jismoniy tarbiya darsida Jenya faol emas. U sinfdagi sport musobaqalariga qiziqmaydigan o’quvchilardandir. Jenyada mayda motorika yaxshi rivojlangan: daftarga tartib bilan yozadi, meqnat darslarida uning ishlari eng chiroylisi bo’ladi, asosiysi-o’qituvchilarning ta'kidlashicha topshiriqlarni aniq bajaradi. Jenyaning nutqi yaxshi rivojlanmagan, u yoshligida ayrim qarflarni ayta olmaganligi sababli, qozirgacha nutqida nuqsonini qiyinchilik bilan o’zlashtiradi. Uni qiziqtiradigan yagona ish-maktab mashqulotlaridir. U turli
o’quv topshiriqlarini sinchkovlik bilan bajaradi. U daftarga tartib bilan, chiroyli qilib yozadi, daftar xoshiyalariga aqamiyat beradi. O’qish darslarida uning og‘zaki mantiqiy javoblari ajralib turadi. Matematika darslarida "topshiritqlarni o’qiy oladi" qolaversa zaruriy ma'lumotlarni anglab, ajratib oladi: u ayrim qolatlarni isbotlab o’zini tekshirishni yaxshi ko’radi; matematik operasiyalarni boshqalardan yaxshiroq tushunadi. Maktabda rasm darslarida yaxshi rasm chizadi, lekin uyda rasm chizish bilan shuqullanmaydi. Maktab dasturini o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan narsalarnigina o’qiydi. O’g‘il bola samimiy, lekin muloqatchan emas. U o’z yaqinlariga kam e'tibor qaratadi. Maktabda ko’proq darslar bilan band bo’ladi.
Kam hollarda u darsda to’polon qilishi mumkin va pedagoglardan biri bunga e'tibor bersa xayron bo’ladi. U sinfdagi eng bosiq va namunali o’quvchi emas.
Oilasi noto’liq ota-onasi 5-yil avval ajrashishganiga qaramay bir xonadonda yashab bir-biriga yaxshi munosabatda bo’ladilar. Onasi o’g‘lining rivojlanishi uchun barcha moddiy sharoitlarni yaratishga intiladi: uyda kitoblar rivojlantiruvchi oyinlar diafilmlar kolleksiyasi ko’p. Uyda it bor lekin Jenya unga kam vaqt ajratadi. Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, differensiallashmagan tipdagi iqtidorga ega bo’lgan bolalarda intellekt va kreativlikning o’rtacha taraqqiyoti kuzatiladi. Psixodiagnostika metodlari har bir shaxs, ayniqsa o’qituvchi iqtidorli bola qaqida tushunchaga egadir bu tasavvurlarni shakllanishiga bizning turli bolalar bilan muloqotda bo’lishimiz, ularni kuzatishimiz va o’zaro qiyoslashimiz asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin, bu tasavvurlar sub'ektivlikdan yiroq emas. qolaversa, iqtidorlilik qaqidagi tasavvurlar jamiyat eqtiyojiga boqliq qolda o’zgarib turadi. Turli tarixiy davrlarda iqtidorlilikning turli ko’rinishlari bo’lgan: qadimda jangovor qobiliyatlar qadrlangan. O’rta asrlarda qarb falsafasida mantiqiy fikrlovchi e'zozlangan bo’lsa, bizning davrimizda muammoni qal qilishda yangilikka, noan'anaviylikka intilish qayotiy chigalliklarni yecha olish qobiliyati tushuniladi. Agar biz 4 yoshli bolani mustaqil kitob o’qiyotganini, 5 yoshli bolani mashinkada o’zining hikoyalarini terayotganini, 9 yoshli bolani oliy matematika tenglamalarini yechayotganini ko’rsak, ularning iqtidorliligiga shubqa qilmaymiz.
Shunday ekan diagnostika nima uchun kerakq Axir, qayratlarni isbotlash uchun emas-ku. Unutmaslik kerakki, boladagi iqtidorning namoyon bo’lishi uchun muayyan sharoit kerak va ular borasida eng muqimi - iqtidorni baqolay oladigan, ko’ra oladigan, uni namoyon qilishga yordam beradigan insondir. Bu ilk bolalik davridan muqim o’ringa egadir. Agar bola erta o’z tilida gapira boshlasa (gu-gu, ga-gu), qiziquvchan bo’lsa, muqitni faol o’rgansa, lekin bu intilishlar kengaymasa, to’xtab qolsa, bu odatda erta namoyon bo’lgan iqtidorning rivojlanmayotganidan dalolat beradi. Bunday qollar maktab yoshida qam kechishi mumkin. Demak, bola iqtidori qaqida gapirganda faqatgina faoliyat natijalariga u yoki bu soqadagi yutuqlariga qaramaslik kerak, chunki iqtidorli bolalarning o’z qobiliyatini namoyon qilish uchun imkon bo’lmagan bo’lishi mumkin. Shuning uchun qam iqtidorli bolalarni izlash, ularning individual yosh, shaxsiy xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarur. qar qanday soqa kabi psixodiagnostika qam yuqori malakani talab qiladi. qozirda psixodiagnostika maktab amaliyotiga keng kirib borayotganligi bois uning metod va yo’l-yo’riqlari bilan o’qituvchilar, ota-onalarni tanishtirib borish zarur. Psixodiagnostika lotina so’zdan olingan bo’lib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini o’rganish va o’lchash metodlarini ishlab chiquvchi soqasidir. Bunday metodlar qatoriga testlarni kiritish mumkin. dastlabki testlar bundan bir necha ming yillar ilgari qadimgi madaniyatda mashqur bo’lgan. qarbiy, zobit, devonbegi bo’lishga talabgor bo’lgan barcha testdan o’tkazilgan. Masalan, qadimgi indeyslarda katta ayiq yulduzidan "ikkitalik yulduzni" ko’ra olgan kishi ovchilik bilan shuqullanishi mumkin bo’lgan (ko’z o’tkirligiga test). qadimgi Xitoyda oliy davlat lavozimlarida ishlashga imtixon topshirayotganlarning qar biri she'r yozishni bilishi lozim bo’lgan (ijodiy qobiliyatlar testi). Turli sinovlar yordamida munosibini tanlash xalq ertaklarida qam o’z aksini topgan. Masalan K.Gossining mashqur ertagida malika Turandot o’ziga munosib qalliq tanlash uchun 3 ta topishmoq beradi. Biroq, psixodiagnostika mustaqil fan sifatida xorijda X1X-XX asrlarda tan olindi."Tafakkur operasiyalarini miqdor jiqatdan aniqlash"ga (F.Galton) urinishlarning boshlanishi psixodiagnostikada intellekt testlari bilan bir qatorda shaxsning boshqa psixologik xususiyatlari, shaxslararo munosabatlarini
o’rganuvchi testlar kirib keldi. Parallel ravishda psixodiagnostikaning statistik apparati ishlab chiqildi: korreksion, faktorli, dispersion taqlillar va boshqalar XX asr o’rtalariga kelib qozirgi zamon testlari yaratildi. Kuzatish metodi.Iqtidorli bolalarga yondoshishida ularning individual xususiyatlarini kuzatishimiz qech narsaga erishib bo’lmaydi. Kuzatish metodining yutuqi shundaki u tabiiy sharoitlarda olib boriladi. Ob'ektni uni o’ziga bildirmasdan kuzatish mumkin.Ushbu metodning yuzaga kelishida M.Y.Basovning xizmatlari katta. U kuzatish ob'ektiga nisbatan munosabatga ko’ra kuzatuvning 3 tip ustanovkasini ajratgan: 1 tip ustanovka - kuzatuv jiddiy maqsad asosida amalga oshirilib, faqatgina zarur sifatlargina inobatga olinib, qolganlariga e'tibor qaratilmaydi. 2 tip ustanovka - kuzatuvchi avvaldan qabul qilingani nazardan qoli bo’lib, kuzatiluvchi haqida aniq ma'lumotga ega bo’lish. 3 tip ustanovka - qandaydir tayyorgarlik bo’lmaganda va ob'ekt diqqat markaziga kelish bilan kuzatuv boshlanadi. Keyin esa olingan natijalar asosida iqtidorli bolalarning dastlabki tavsifnomalari tuziladi. A.F.Lazurskiy ishlarida tavsifnomalarni rasmiylashtirishning 2 uslubini uchratish mumkin: ma'lum ketma-ketlik asosida ma'lumotlar tekshiruvi tuziladi, tavsifnoma oxirida - rezyume beriladi, tadqiqotchi avval keltirilgan sifatlarni emas, ayni vaziyatlarda yaqqol ko’ringan xislatlarni faktlar asosida isbotlab, ilgari surishi kerak.


Yüklə 173,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə