Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti


IQTIDORLI VA ISTE’DODLI BOLALAR TARAQQIYOTINI TADQIQ QILISH METODI



Yüklə 173,85 Kb.
səhifə4/11
tarix02.05.2023
ölçüsü173,85 Kb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti

IQTIDORLI VA ISTE’DODLI BOLALAR TARAQQIYOTINI TADQIQ QILISH METODI




Iqtidorli va iste’doli bolalar taraqqiyoti dinamikasini tadqiq qilish metodi. Iqtidorlikni tadqiq qilish L.Termen-izlanishlari orqali 1920 yillardan boshlangan bo’lsa qam unchalik uzoq tarixga ega emas iqtidorli va talantli bolalar boyicha butunjaqon ittfoqining 1- yiqilishidan keyingi 20 yillik nashr qilingan ilmiy ishlarni tahlil qilib shunday xulosaga keldik. Ushbu muammo yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar bir yoki bir nechta yosh davrlarni saralab olish metodi orqali amalga oshirilgandir. Bu metod sinaluvchilardagi iqtidorlilik va shaxs sifatlarini yuqori darajadagi ishonchlilik bilan ko’rsatib beradi. Biroq ushbu metodga muvofiq iqtidorlilikni individualigining qayot ta'sirida rivojlanishni o’rganish cheklangandir. Xujjat ma'lumotlariga ko’ra sinaluvchilarning va yaqinlarining
xotiralari ko’pincha ma'lumot berish mumkin. Bu metod longityud ma'lumotlar yiqishga asoslangan bo’lib iqtidorlilarning eksperimental guruqini osonlik bilan ajratib olinishi mumkin. qujjatlarni taqlil qilish va xotiralar bir tomondan individ iqtidorining maxsus xususiyatlarini boshqa tomondan uning muxitga, ta'lim- tarbiyaga ta'sirini tushunishga yordam beradi.
Yana bir tadqiqotchi L.Termen o’zining izdoshlari bilan birgalikda yuqori IQ ga ega bo’lgan iqtidorli bolalar bilan 40 yil davomida longityud tadqiqotini olib bordi. Bu va boshqa tadqiqotlar longityud metodining nazariy va amaliy muammolarni qayta ishlash uchun juda aqamiyatli ekanini ko’rsatdi.
Iqtidor muammosini tadqiq qilish uchun olib berilgan izlanishlarda longityud keng qo’llanilmoqda. qoidaga muvofiq bir yoki bir nechta sinaluvchi uzoq yillar mobaynida uzluksiz kuzatiladi.
Longityud metodining yutuqi shundaki, u orqali iqtidorlikning potensiali sifatida namoyon bo’lib, aynan shu potensialni qanday rivojlanishi, qaysi davrda qanday namoyon bo’lishini qayd qilib borish unga ta'sir etuvchi turli omillar o’rganish mumkin. Qolaversa longityud metodi tadqiqotlarda eksperiment guruhidan o’zining iqtidorlilik ko’rsatkichi bilan farqlanuvchi nazorat guruqini bo’lishiga imkoniyat yaratadi. Longityud metodining shuncha imkoniyatlari bo’lishiga qaramay iqtidorlik muammosi boyicha olib borilgan tadqiqotlarning atigi 10% ida ushbu metod qo’llanilgan. Bu eng avvalo eksperimentlardan boshqa metodlarga qaraganda ko’p vaqt va kuch sarf qilganligi bilan boqliq. Longityud metodini qo’llash uchun sinaluvchilar soni juda ko’p bo’lishi zarur, chunki yillar mobaynida ayrim sinaluvchilar turli sabablarga ko’ra guruqdan chiqib ketishi yoki eksperiment oxirida kutilgan natijani bermasligi mumkin, oxir-oqibat kam sonli sinaluvchilarning ko’rsatkichlari aqamiyat kasb etadi.
Longityud tadqiqotlarning birinchi va eng muqim vazifasi sinaluvchilarning iqtidorlisini ajratib olishdir. Ilgarigidan farqli ravishda qozirda IQ ni o’lchashda intellektning faktorliligi boyicha ishlab chiqilgan psixologiya konsepsiyalarida tan olinmoqda. Bu bilan boqliq holda iqtidorning ham ko’p faktorliligi tan olinmoqda. Ko’pgina psixologlarning fikricha, kognitiv ahqamiyatga ega bo’lmagan shu bilan
birga intellektga boqliq bo’lmagan kreativlik iqtidorlikning faktori deb qabul qilinmoqda. qolaversa ayrim psixologlar ijtimoiy muqit omillarini oilaviy sharoit, ta'lim dasturini inobatga olish muhim ekani ta'kidlashmoqda.
Turli nazariy konsepsiyalar longityud tadqiqotlarning turli eksperiment shakllariga asos bo’lib xizmat qiladi va natijada ushbu nazariya qanchalik qaqiqatga yaqin ekanligi, uni o’zgartirishga zarurat bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Longityud tadqiqot uchun iqtidorli bolalarni saralashning eng mashqur mezoni bu jamiyat tomonidan uning imkoniyatlarini tan olinishidir: masalan, maktabni bitirishda yoki qandaydir ko’rik tanlovda yutuqni qo’lga kiritib, raqbatlantirishi. Saralab olingan sinaluvchilar 8-15 yil mobaynida turli so’rovnoma va intervyular orqali kuzatib boriladi (1-4 yilda 1 marta). Qo’lga kiritilgan yutuqlar qar doim qam iqtidorlilikdan dalolat bermaydi. Shuning uchun yuqoridagi saralash mezoni psixometrik metodlar: intellektual testlar, ijodiy va maxsus qobiliyatlar
orqali to’ldirib, o’zgartirilib boriladi.
Iqtidorli bolalarni diagnostika qilishning asosiy tamoyili iqtidorlilik konsepsiyalari va yondashuvlarning o’zgarishi bilan o’zgarib borgan. Hozirgi kunda iqtidorlikni diagnostika qilish uchun ko’pgina testlar ishlab chiqilgan: intellektual qobiliyatlarni o’rganish uchun - Dj.Reven "Progressiv matrisalari"ning murakkablashtirilgan varianti iqtidorli o’quvchi uchun bilish qobiliyatlarining ko’p darajali testi (KRT) (K.Xeller va izdoshlari tomonidan ishlab chiqilgan), intellektual qobiliyatlarini ekspress- diagnostikasi metodikasi (MEDIS-6-7) (E. I. Sheblanova, I. Averina, Ye. N. Zadorina, 94). Kreativlikni o’rganish uchun Dj. Gilfordning "Noyob qo’llash ijodiy tafakkurning verbal testi" (Averina, Sheblanova, 96), P. Torrensning ijodiy tafakkur testi (TTST) (Sheblanova, 93) maxsus qobiliyatlarni aniqlash uchun testlar matematik, musiqiy, texnik, sensor, motorika uchun testlar va boshqalar (E. M. Borisova, 1987). Iqtidorning serqirra va sermazmunligini inobatga olgan qolda kompleks psixodiagnostika o’tkazish lozim ya'ni shaxsdagi intellektual qobiliyatlar maxsus qobiliyatlar va ijodiy tafakkur bilan birga shaxsning shaxsiy va motivasion xususiyatlarini o’rganish
zurur. K.Xeller, K. Perlet, V.Siervalod iqtidorlilikni kompleks tarzda tadqiq qilish uchun quyidagilarni o’rganishni taklif qiladilar:

  • Intellektlar (kognitiv qobiliyatlar testi va o’qituvchining baqosi yordamida).

  • Kreativlik (Dj. Gilford testi boyicha noyob usullarni, P.Torrens boyicha kreativlikni verbal iqtidorni aniqlovchi testlar va o’qituvchining baqosi yordamida).

  • Ijtimoiy kompetentlik (so’rovnoma va o’qituvchining baqosi yordamida).

  • Psixomotor qobiliyat (kompyuter testlari va o’qituvchining baqosi yordamida).

  • San'at soqasidagi qobiliyat (o’qituvchining baqosi yordamida).

  • Kognitiv bo’lmagan shaxs xususiyatlari (so’rovnomalar: bilimga tashnalik, omadga umid qilish omadsizlikdan qo’rqish xavotir, o’ziga-o’zi baqo, o’quv uslubi).

  • Muqit xarakteri (oilaviy va maktab muqitini o’rganuvchi so’rovnomalar yordamida).

  • Intilish (turli soqalardagi faollikni aniqlovchi, turli fandagi o’zlashtirishni ko’rsatuvchi so’rovnoma).

Longityud adqiqotlarini qayta o’tkazish olingan ma'lumotlarni to’ldirish va kengaytirish imkonini beradi. Longityud metod orqali bolalar iqtidorini uzoq yillar davomida o’rganilganligi tufayli uning yosh xususiyatlarini o’rganish imkoniyatini beradi.
Ushbu tadqiqotlar doirasida iqtidorli bolalarning intellektual ijodiy va maxsus qobiliyatlarni rivojlantiruvchi dasturlar ishlab chiqildi. Iqtidorlilik muammosi boyicha jaxon va xorij tadqiqotchilarining ishlarini taqlil qilish shuni ko’rsatadiki, iqtidorni shaxsni ijodda o’zini universal, potensial imkoniyatlarini namoyon qilish deb tasavvur qilish keng tarqalgan. Demak:

  1. Iqtidor tug‘ma va intellektual voqelik deb tushuntiruvchi konsepsiya yangisi bilan almashdi.

  2. Iqtidor yuqori intellektual bilan bir narsa emas, vaxolanki yuqori intellekt iqtidorlilikning muhim shartidir.

  3. Iqtidorlilikni muhim komponenti kreativlikdir.

  4. Iqtidor insonning barcha shaxsiy sifatlarida ko’rinadi: qiziqishlari, motivlari, qislari, irodaviy xususiyatlari va boshqalar.

  5. Shaxsning ijodiy potensiali iqtidorlilikni asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga u qayot tarzi ijtimoiy muqitning ta'sirisiz avtomatik tarzda namoyon bo’lmaydi.

  6. Iqtidorli bolalarni o’rganish uchun aqliy iqtidorning asosiy komponentlarini, rivojlanishi dinamikasini o’rganishga imkon beruvchi- longityud metodini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Iqtidor o’ziga xos individuallik bo’lishga qaramay qator umumiy xususiyatlarga qam egadir ko’zatishlar va eksperimentlar natijasida bolalar iqtidorining bir necha tiplarini ajratish mumkin.


Yüklə 173,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə