Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti


Evgeniya - 2 sinf o’quvchisi



Yüklə 173,85 Kb.
səhifə8/11
tarix02.05.2023
ölçüsü173,85 Kb.
#108086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Instituti «Kino, televideniye va radio san’ati» fakulteti

Evgeniya - 2 sinf o’quvchisi. Jenya juda harakatchan harakat qilishni yaxshi ko’radi. Gimnastika, raqs bilan shuqullanadi. Kam kasal bo’ladi. Mayda motorika va "qo’l va ko’z" ning motor koordinasiyasi yaxshi rivojlangan. U kuzatuvchanlik va ta'sirchan, yangi ma'lumotlarni qiyinchiliksiz oson o’zlashtiradi. Bilish faolligi yuqori darajada qar bir voqeani mazmunini tushunishga intiladi. Uni murakkab axloqiy muammolar qiziqtiradi: o’lim va hayot yaxshilik va yomonlik, bolalarning tug‘ilishi va bular. qizaloqni tabiiy qiziqtiradi, ya'ni: u yoki bu narsalar nimadan va qanday qilinadi degan muammo qiziqtiradi. Barcha savollariga u kitob va kattalardan javob qidiradi. Jenya barcha ma'lumotlarni o’zida sinab ko’rishga intiladi. Uning xotirasi juda yaxshi bir marta eshitgan narsasini bir qancha vaqtdan so’ng qam o’zgarishisiz qaytarib aytib-berish mumkin. Qizcha test ko’rinishidagi
topshiriqlarni ham muvofaqqiyatli bajaradi. Jenyaning nutqi yaxshi rivojlangan: lug‘ati boy, nuqtada murakkab grammatik qurilishlarini qo’llaydi. Hikoyalari juda orginal va mustaqildir. Qizcha rasm chizishga qiziqadi, uning ishlari orginal va qiziqarlidir. Jenya hikoyalar yozishni, she'r yozishni yaxshi ko’radi. Jenyaning umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqori. U maktabda talantli pedagog qo’l ostida balet bilan shug‘ullandi, lotin Amerikasi raqs boyicha xalqaro bolalar musobaqasi g‘olibasidir. O’zining keyingi kasbiy faoliyatini faqatgina ijod bilan bog‘lamoqchi va kelajakda raqqoslar psixologiyasi bilan shuqullanib, musobaqalardagi raqqoslar juftligidagi stressga barqarorlik mavzusini tadqiq qilmoqchi. Ota-onasining fikricha, Jenya tarix bilan shug‘ullanishni o’z do’stlarining pozisiyalarini ko’rsatishni, dramalarda ishtirok etishni yaxshi ko’radi, uning muxlislari-bu ota- onasi va do’stlaridir. Qizaloq g‘ayrioddiy hikoyalar о‘ylab topishga usta. Artist, yaxshi raqs tushadi, xarakatchan musiqani sevadi. Bolalar va kattalar bilan muloqatchan. Oyinlarga beriluvchan. Hamma narsani birinchi va eng yaxshi qilishga intiladi. Unga birinchi bo’lish yoqadi. U bolalarni tashkillashtira oladi. Hamma u bilan oynagisi keladi, uning do’stlari juda ko’p uni lider deb tan olishadi. Jenya tipik ekstrovertdir. Jenyaning adolatparvarligi va uni yonida boshqalarni xafa qilishlariga chidab tura olmasligi boshqa bolalarga juda yoqadi. Onasining aytishicha Jenya juda yumshoq ko’ngil va tez yiqlab yuborishi mumkin. Jenya o’ziga ishongan, o’zini sevuvchi, unga yo’naltirilgan maqtovlarni qadrlovchi qizdir. Jenyaning oilasi to’liq ta'minlangan, maqbul oila oyda qizaloq uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, maxsus-kreativ tipdagi iqtidorli bolalarda ularning maxsus qobiliyatlari yaqqol ko’zga tashlanadi.

Yüklə 173,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə