Toshkent davlat agrar universiteti


Milliy istiqlol mafkurasi -



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə40/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Milliy istiqlol mafkurasi - xalqning oʻzgalarga tobyeo boʻlmay, erkin va ozod yashash, oʻzini-oʻzi idora etishga qaratilgan, uning istiqbolini byelgilaydigan orzu-umidlari, qarashlari, gʻoyalari majmui, jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri.
Milliy madaniy markazlar – Oʻzbyekistonda istiqomat qilib turgan barcha millatlar, elatlarning madaniyat, ma’naviyat, milliy urf-odatlar va an’analar sohasidagi oʻziga xos talab va ehtiyojlarni qondirish, shu tariqa ularning Oʻzbyekiston miqyosida yanada mustahkamroq jipslashtirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy-ixtiyoriy tashkilotlar.
Milliy oʻz-oʻzini anglash - har bir millat (elat)ning oʻzini haqiqiy mavjud suboyekt, muayyan moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi ekanligini, yagona til, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar va davlatga mansubligini, manfaatlar hamda ehtiyojlar umumiyligini tushunib yetishiga milliy oʻz-oʻzini anglash dyeyiladi.
Millatchilik siyosati - bir millatning ikkinchisidan ustun qoʻyilishi, oʻz millatini yuqori qoʻyish, millatlararo nifoq tugʻdirish.
MDH – Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi. MDH mintaqaviy tashkiloti – davlat yoki federasiya emas, harbiy blok ham emas. Balki u oʻzining mohiyatiga koʻra ixtiyoriy iqtisodiy uyushma sifatida vujudga kelgan davlatlar hamkorligining yangicha shakli va koʻrinishidir. 1991 yil 8-dekabrda Minskda (Belovejskoye Pushche) uch slavyan respublikalari – Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari uchrashuvida MDH tuzish toʻgʻrisida Shartnoma imzolandi. Unda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitusiyasi toʻxtatildi deb e’lon qilindi. 1991 yil 21-dekabrda Almatida 11 davlat – Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova davlatlari boshliqlarining Kengashida Belovejskoye Pushche shartnomasi yuzasidan protokol imzolanib, “Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar” maqomida MDH muassisi boʻldilar.
Mustaqillik mafkurasi - jamiyat a’zolarining, ijtimoiy guruhlar, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, millatlar va elatlar, ommaviy harakatlar, diniy uyushmalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar, tadbirkorlar va boshqa ijtimoiy suboyektlarning umumiy manqaat va muda’larini oʻzida aks ettiruvchi va mujassamlashtiruvchi, ularning hatti-harakatlarini, fa’liyatini, fikr-zikrini yagona bir maqsadga-mustaqillikka erishish hamda uni mustahkamlashga yoʻnaltiruvchi gʻoyalar va bilimlar majmui.
Navroʻz - (forschadan «navroʻz» yangi kun ma’nosini anglatadi) Turkiston, Oʻrta va Yaqin Sharqda yashovchi oʻzek, ozarboyjon, tojik, hind, fors va boshqa xalqlarning qadimiy yangi yil bayrami.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə