Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə42/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Tadbirkorlik faoliyati - tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
Tarixiy xotira - milliy gʻurur va iftixor hissining zaminlaridan biri.
Turkiston - ona-Vatanimizning azaliy muotabar nomi. Qadimgi turkiy, pahlaviy, xitoy, arab, yahudiy, gurji, arman, qaroim, yunon, lotin, slavyan va boshqa yozma manbalarda yurtimiz shu nom bilan atalgan.
Turon - (forscha «turon»-turkiylar dyegan ma’noni anglatadi)turkiy xalqlar yashaydigan hududlarni bildiruvchi ijtimoiy, tarixiy-etnik atama.
hokimiyat - deb, jamiyatdagi ommaviy axborot vositalari (OAV)ning, ya’ni roʻznomalar, oynomalar, radio, tyelyevyedyeniye va ommaviy axborat tarqatishning boshqa vositalarining jamiyat a’zolariga ta’sir kuchiga aytiladi.
Terror - (lot. terror-qoʻrqinch, dahshat)-qoʻrqitish, zoʻravonlik siyosati, shuningdyek shaxsni jismoniy jihatdan yoʻq qilib tashlashgacha olib borib, undan oʻch olish.
Teng saylov huquqi – saylov oʻtkazishning asosiy prinsiplaridan biri sifatida saylovlarda ishtirok etuvchi saylovchilar huquqlarining tenglik tamoyili asosida himoyalanishi, ya’ni har bir saylovchi bir ovozga ega ekanligi, barchaga saylov talablari bir xilda joriy etilishi, hamma uchun bir xil tashkiliy-huquqiy sharoit yaratilishida namoyon boʻladi. Shuningdek, ushbu prinsip Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqyei, ma’lumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov huquqiga ega ekanliklarini ham anglatadi.
Tinchlik korpusi - Osiyo, Afrika va Lotin Amyerkasi mamlakatlarida ishlash uchun turli kasb-kordagi amyerka mutaxassislari orasidan koʻngillar yuborish yoʻli bilan ana shu mamlakatlarga rasman yordam byerish maqsadida 1961 yilda AQSHda tuzilgan tashkilot.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə