Toshkent davlat agrar universiteti


Nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə41/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi – nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni oʻz qatnashchilari oʻrtasida taqsimlamaydigan oʻzini oʻzi boshqarish tashkilotidir. Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi.
Ombudsman – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs boʻlib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.
Ommaviy axborot vositalari – ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri boʻlib, u demokratiyani chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini oshirishda, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotdagi voqyelikka nisbatan dahldorlik xissini shakllantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati, shuningdek jamiyatda yuz berayotgan barcha oʻzgarishlar, boʻlayotgan jarayonlar xususida keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunchilikka muvofiq ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega boʻlgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va elektron tarzda (tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi telekommunikasiya tarmoqlaridagi veb–saytlar) olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasi sifatida e’tirof etiladi.
Parlament (ingl. parlament, frans. rag1yeg — gapirmoq) — demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada Belgiya, Moldova, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarda oliy vakillik organi “parlament” deb yuritiladi; AQShda va Lotin Amerikasining koʻpgina mamlakatlarida p. kongress deb, Rossiya Federasiyasida – Federal Majlis – Rossiya Federasiyasi P. deb, Litva va Latviyada – Seym deb ataladi. Tuzilishiga koʻra p. bir palatali yoki ikki palatali boʻladi (qarang: Ikki palatali tizim, Bir palatali tizim). Tarixda uch palatali p. ham boʻlgan (masalan, JARda 1984-1994 yillarda). P. birinchi marta XIII asrda Angliyada tabaqalarning vakillik organi sifatida tashkil qilindi.
Saylov – demokratiyaning asosiy belgisi boʻlib, ovoz berish yordamida davlat hokimiyatining vakillik organlarini yoki mansabdor shaxsini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini, jamoat birlashmalarini va boshqalarni bevosita xalqning xohish-irodasiga asoslangan holda, ular tomonidan yoki boshqa organ tomonidan shakllantirish bilan bogʻliq jarayondir. Saylov tushunchasi koʻproq davlat hokimiyatining vakillik organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saylashga nisbatan qoʻllaniladi.
Siyosiy partiya – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini roʻyobga chiqarishga intiluvchi hamda oʻz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi koʻngilli birlashmasidir (Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni 1-moddasi).

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə