Toshkent davlat agrar universiteti



Yüklə 434,36 Kb.
səhifə43/51
tarix28.11.2023
ölçüsü434,36 Kb.
#136919
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Oʻzbekiston respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi toshkent da-fayllar.org

Ulugʻbek jamgʻarmasi - 1993 yilda tashkil etilgan. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi yoshlarning intyelyektual imkoniyatlarini yanada kyengaytirish, salohiyatli yoshlar kuchini birlashtirish, ularni asrab-avaylash, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga boʻlgan intilishlarini moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻlab-quvvatlashdan iborat.
Umid jamgʻarmasi - 1997 yil 7 yanvarida tuzilgan. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi istyeododli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam byerib, xorijiy mamlakatlarda oʻqitishdan iboratdir.
Umumiy saylov huquqi – saylov oʻtkazishning asosiy prinsiplaridan biri boʻlib, ushbu prinsip ma’lum yoshga yetgan, toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi barcha fuqarolarining saylovda (saylash va saylanishda) ishtirok etish huquqiga ega ekanligini anglatadi.
Vatan - (arabcha “vatan”-ona yurt)-kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tugʻilib oʻsgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati.
Vatanparvar - (gryekcha-ratriotes-hamqishloq, vatandosh)-oʻz vataniga sodiq, uning manfaatlariga xizmat qiluvchi kishi.
Vatanparvarlik - (gryekcha-ratriotes-vatandosh, ratris-vatan) kishining oʻzi tugʻilib oʻsgan, kamol topgan joy, zamin, oʻlkaga boʻlgan myehr-muhabbatini, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy-axloqiy xislatlari, fazilatlaridir.
Valyuta - (italyancha-valuta, lotincha-valere-baholamoq)- 1) biror mamlakatning pul sistyemasi (oltin, kumush va hakoza) yoki asosiy pul birligi (soʻm, dollar, frank va hakoza). 2) Xalqaro bozorda ishlatiladigan chyet el pullari (kryedit bilyetlari, monyetalar va hakozalar), shuningdyek xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan qimmatbaho myetallar va boshqa boyliklar.
Vaqf - mulkdorlar tomonidan diniy muassasa ixtiyoriga daromadidan foydalanib turishi uchun oʻtkazilgan yoki vasiyat qilib qoldirilgan mulk (yyer, suv, bino va shu kabilar).
Yevropa Ittifoqi Kyengashi - Yyevropa davlatlarining davlatlararo konsultativ tashkiloti. 1949 yilda tuzilgan. Kyengash tarkibiga 21 mamlakat kiradi. Kyengashning rasmiy maqsadi-uning aozolarining hamjihatligini ta’minlash, ularning iqtisodiy va sotsial taraqqiyotiga koʻmaklashishdir.

Yüklə 434,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə