Toshkent davlat arxitektura qurilish universiteti arxitektura fakulteti 4-22 gurux talabasi



Yüklə 4,88 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü4,88 Kb.
#156007
Kimyoviy jarayonlar Kimyoviy jarayonlar energerikasi Kimyoviy reaksiyaning

TOSHKENT DAVLAT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI

Arxitektura fakulteti 4-22 gurux talabasi

Irmatova Masturaning qurilish kimyosi

Fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Kimyoviy jarayonlar. Kimyoviy jarayonlar energerikasi. Kimyoviy reaksiyaning issiqlik effekti.

Reja:


2
3
Kimyoviy reaksiya turlari.
1
Kimyoviy energiya
Reaksiyaning issiqlik effekti

Tabiatda sodir bo‘ladigan yoki kimyoviy sanoatda, kimyo laboratoriyalarda amalga oshiriladigan kimyoviy reaksiyalar turli xil belgilar asosida farqlanadi.

Kimyoviy reaksiya uchun olingan boshlang‘ich va reaksiya natijasida hosil bo‘lgan moddalar soni hamda tarkibiga asoslanib, kimyoviy reaksiyalarni asosiy turlarga ajratib olishimiz mumkin.

Kimyoviy reaksiyalar reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar (reagentlar) va reaksiya mahsulotlari sonining o‘zgarishiga qarab sinflanadi.

Kimyoviy reaksiyalar


1. Birikish reaksiyalarida ikki yoki undan ortiq moddadan bitta yangi modda olinadi: A + B + ... = C;
2H2 + O2 = 2H2O; CaO + CO2 = CaCO3; 2Cu + O2 = 2CuO.

Parchalanish reaksiyasi


2. Parchalanish reaksiyalarida bitta moddadan bir necha yangi moddalar hosil bo‘ladi:
C = A + B + ...;
2H2O = 2H2 + O2;
CaCO3 = CaO + CO2.

O‘rin olish reaksiyasi


3. O‘rin olish reaksiyalarida oddiy modda murakkab moddaning tarkibiy qismi o‘rnini oladi, natijada yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo‘ladi: С + AB = CB + A;
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; Fe + CuSO4 = FeSO4 + Cu.

Almashinish reaksiyasi


4. Almashinish reaksiyalarida murakkab moddalarning tarkibiy qismlari o‘zaro o‘rin almashadi: AB + CD = AD + CB;
NaOH + HCl = NaCl + H2O; BaCl2 + Na2SO4 = BaSO4 + 2NaCl.

Kimyoviy reaksiyalarda ajralib chiqadigan energiya kimyoviy energiya deb ataladi.

Kimyoviy energiyani issiqlik, nur, mexanik, elektr energiyasiga aylantirish mumkin.


Ko‘pincha kimyoviy energiya issiqlik energiyasiga va aksincha issiqlik energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi.
Kimyoviy energiya
Issiqlik energiyasi

Kimyoviy reaksiyada ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdori reaksiyaning issiqlik miqdori (Q) deb ataladi.

Reaksiyaning issiqlik miqdori hosil bo‘layotgan va uzilayotgan bog‘lar energiyasi farqi bilan aniqlanadi va kilojoullarda (kJ) ifodalanadi.

Kimyoviy reaksiyalar davomida issiqlik (energiya) chiqishi yoki yutilishiga qarab ham ekzotermik va endotermik reaksiyalarni farqlash mumkin.


Ekzotermik
Endotermik

Issiqlik (energiya) yutilishi bilan boradigan reaksiyalar endotermik (endo – ichkari) reaksiyalar deb ataladi.


Bu reaksiyalarda issiqlik miqdori «–» (minus) ishora bilan ko‘rsatiladi:
N2 + O2 = 2NO – 181 kJ; 3O2 = 2O3 – 289 kJ.
Yüklə 4,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə