Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti


-rasm. Daromad solig’i bo’yicha soliq obyektlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə8/11
tarix11.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aholi real daromadlarini oshirishda soliq tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlari (Автосохраненный)

4-rasm. Daromad solig’i bo’yicha soliq obyektlari.
Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi 3 guruhga bo‘linadi:

  • Mehnat haqi tariqasida olingan daromadlari (eng asosiy daromadlar);

  • Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari;

  • Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari.

Jismoniy shaxslarning mehnat haqi tariqasida olgan daromadlari tarkibiga mehnat shartnomasi bo‘yicha faoliyatdan va fuqorolik - huquqiy shartnomalari bo‘yicha olingan daromadlari kiradi.
Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:

  1. Xodimlarga sotiladigan tovarlar(ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni(ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi o‘rtasidagi manfiy farq.

  2. Ish beruvchi tomonidan o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar.

  3. Xodim ish beruvchiga to‘lashi kerak bo‘lgan, ammo ish beruvchining hisobidan chiqarilgan qarz summalari:

  4. Ish beruvchi o‘z xodimlarining hayoti yoki sog‘ligini ixtiyoriy sug‘urtalash badallarini to‘lash uchun qilingan xarajatlar.

  5. Ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolinishi lozim bo‘lgan to‘lovlar yuzasidan to‘lagan summalari.

  6. Ish beruvchining o‘z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari.


O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab:
a) birinchidan, mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytiriladi:
barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish. Bunda, fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;
fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjyetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish;
pensiya tizimining barqarorligini ta'minlash maqsadida, byudjyet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi (kapital)ning 50 foizi va undan ko‘proq qismi tegishli bo‘lgan ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilash;
b) ikkinchidan, aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqlarni optimallashtirish bilan umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi:
davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan (yalpi tushumidan) undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilish;
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun – 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish;
dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish;
o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda, yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi;
barcha tadbirkorlik sub'yektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish;
qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibini, shu jumladan, royalti to‘lashni joriy etish orqali takomillashtirish;
v) uchinchidan, soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta'sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan obektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirish;
yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash imkoniyatini belgilash;
yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolish.
g) to‘rtinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi:
qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy qilish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasini pasaytirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish;
hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish;
tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni respublika byudjyetiga o‘tkazish yo‘li bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xar bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aksiz va yig‘imlarni birlashtirish.

5. Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimining amaldagi holati tahlili


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Milliy matbuot markazida jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish tartibi hamda joriy yildan boshlab bu borada soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratildi.
2015 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jismoniy shaxslarning daromadlarini oshirish maqsadida qator soliq va majburiy to‘lovlarning stavkalari pasaytirildi. Shuningdek, qonun hujjatlariga asosan berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi.
Jumladan, jismoniy shaxslar daromadlariga soliq yukini pasaytirish maqsadida, 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasining ikkinchi shkalasi (eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda) 2015 yildagi 8,5 foizdan 1 foizli punktga kamaytirilib, 7,5 foiz qilib belgilandi.
Amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra, jismoniy shaxslar asosiy ish joyidan tashqari boshqa korxona, tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida hamda o‘ziga tegishli mol-mulkni ijaraga berish orqali va qonun bilan taqiqlanmagan faoliyatlar bilan shug‘ullanib, cheklanmagan miqdorda daromad olishlari mumkin. Olingan daromadlarga esa qonunchilikda belgilangan tartibda deklaratsiya asosida soliq solinadi. Jismoniy shaxslarning daromadlarni deklaratsiya asosida soliqqa tortish munosabatlari Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan normalar asosida tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslarning:
- mulkiy daromadlari, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmasa;
- fan, adabiyot va san'at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlari;
- asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlari;
- ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlari;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari;
- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromad turlariga kiradi.
Jismoniy shaxslar ushbu daromadlari bo‘yicha jami yillik deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etishi lozim. Deklaratsiya doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga shaxsan borib topshirish, pochta orqali buyurtma xat shaklida, shuningdek elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Jismoniy shaxslardan deklaratsiyalarni qabul qilish kunlari davlat soliq xizmati organlari ish soatlari uzaytirilib, haftaning dam olish kunlarida ham mas'ul xodimlar xizmat ko‘rsatadi. Xar bir davlat soliq inspeksiyasida deklaratsiyalarni to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha ochiq eshik kunlari va seminar mashg‘ulotlari tashkil etilib, malakali maslahatlar berib boriladi.
Bundan tashqari, jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani jismoniy shaxslar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan joyda va kunning istalgan vaqtida, Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy soliq.uz saytida ko‘rsatiladigan «Elektron soliq deklaratsiyalari» interaktiv davlat xizmati orqali, elektron shaklda topshirishlari mumkin. Ushbu davlat interaktiv xizmati soliq deklaratsiyalarini xatosiz to‘ldirishda yordam berishi bilan birga juda oddiy bo‘lib, buning uchun faqat elektron raqamli imzoga ega bo‘lish talab qilinadi.
Matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq deklaratsiyalarini ishlab chiqish va qayta ishlash markazi yetakchi mutaxassisi Sherzod Rahmatov «Elektron soliq deklaratsiyalari» interaktiv davlat xizmatidan foydalanish yo‘l-yo‘riqlari va ushbu tizimning afzalliklari haqida ishtirokchilarga ko‘rgazmali slaydlar yordamida batafsil ma'lumot berdi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, agar jismoniy shaxsning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadidan uning arizasiga ko‘ra soliq eng yuqori stavka asosida ushlab qolingan bo‘lsa, deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Mol-mulkini ijaraga berish orqali daromad olayotgan jismoniy shaxslar tomonidan, ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e'tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kunlik muddatda dastlabki deklaratsiya hamda hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etilishi lozim. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda jismoniy shaxs doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organini bu haqda yozma xabardor etishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 181-moddasiga binoan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining belgilangan 7,5 foiz stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
Jismoniy shaxsga daromad solig‘idan imtiyoz olish huquqi aynan ushbu deklaratsiya asosida beriladi. Bundan ko‘rinadiki, jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaning taqdim etilishi faqat jismoniy shaxsning manfaati uchun xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 574- va 603-moddalariga hamda Uy-joy kodeksi 86-moddasiga muvofiq fuqarolar o‘rtasida tuzilgan ko‘chmas mulkni - uy-joyni va noturar joyni ijaraga berish shartnomasi notarial tasdiqlanishi shart. Ijara shartnomasining bo‘lmasligi yoxud uning majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya qilmaslik O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 159¹-moddasiga muvofiq eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Jismoniy shaxslar daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lashlari lozim.
Deklaratsiya o‘z vaqtida taqdim etilmasa, davlat soliq xizmati organi o‘zidagi mavjud ma'lumotlar asosida jismoniy shaxs tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini eng yuqori stavka bo‘yicha hisoblash va soliq to‘lovchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi to‘g‘risida bildirishnoma berish huquqiga ega.
Daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan, o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki uni atayin noto‘g‘ri ma'lumotlarni ko‘rsatgan holda taqdim etgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 174-moddasi uchinchi qismida eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.
Matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan o‘rtaga tashlangan barcha savollariga batafsil javoblar berishdi.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə