Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti


Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə6/11
tarix11.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aholi real daromadlarini oshirishda soliq tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlari (Автосохраненный)

Jismoniy shaxslarning boshqa daromadlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar;

2) stipendiyalar;

3) jismoniy shaxslarga xayriya va ekologiya jamg’armalarining mablag’laridan ko’rsatiladigan moddiy yordam;

4) donorlik uchun pul mukofotlari;

5) alimentlar;

6) hayvonlarni (qoramol, parranda, mo’ynali va boshqa hayvonlarni, baliq va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so’yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, ipak qurti, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;

7) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo’yicha) olingan mol-mulk yoki mulkiy huquqlar qiymati;

8) musobaqalarda, ko’riklarda, tanlovlarda sovrinli o’rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;

9) yutuqlar;

10) grantlar, shu jumladan chet davlatlar grantlari bo’yicha olingan summalar;

11) jamg’arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo’yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari;

12) yaratilgan fan, adabiyot va san‘at asarlari (predmetlari) uchun jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar;

13) O’zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo’lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo’la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg’alarining qiymati;

14) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo’la beriladigan pul mukofoti;

15) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asos bo’yicha tugatilgan taqdirda, mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan bo’shatish nafaqasi va boshqa to’lovlar.


2.-chizma. Mehnat daromadlari darajasini ko’rsatuvchi omillar11











Mehnat daromadini davlat tomonidan tartibga solish



Korxonaning moliyaviy ahvoli





Aniq mehnat bozorida korxona
hokimiyatining kuchi

Mehnat miqdori






Kasaba uyushmasining hokimlik kuchi

Mehnatning qiyinligi




Xodim va ish beruvchining individual tarzdagi kelishuvi

Mehnat resursining noyobligi





Mehnat bozori institutlarining
rivojlanganligi

Korporativ kadrlar siyosati

Mehnat sifati

Mehnat bozori kon‘yunkturasi






Ishchilar, ish beruvchilar va davlat o‘rtasidagi kommunikatsiyaning samaradorligi

Mehnatga talabning elastikligi
Resurslar almashinuvi






Mehnat sohasidagi noqonuniylikning rivojlanganligi

Tovar va xizmatlar bozori
kon‘yunkturasi





Mehnat munosabatlaridagi diskriminatsiya

Mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi




O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan soliq summalari
O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi. Hisobga olinadigan summalar miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan oshmasligi kerak.
Mamlakatimizda jismoniy shaxslar daromad solig‘ini hisoblashning o‘sib boruvchi tartibda hisoblash mexanizmining joriy etilishi ham ikki va undan ziyod daromad manbaiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlarini yil yakuni bilan qayta deklaratsiyalash mexanizmini obyektiv zaruriyat qilib qo‘ydi.
Shuning uchun ham yilning oxirida ikki va undan ortiq daromad manbaiga ega
bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan daromadlar haqidagi
deklaratsiyalarga muvofiq soliqqa tortish ayni shu shkalaga binoan amalga oshiriladi. Umuman, daromadlarni deklaratsiyalash o‘sib boruvchi yakunga ko‘ra soliq solish shkalasining afzalligini tasdiqlaydi. Bu narsa har xil mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning bir necha joydan daromad olish hollariga tegishlidir. Tabiiyki, bunday joylarning har birida ham ish haqi to‘lanish jarayonida tegishli soliq summalari belgilangan stavkalar bo‘yicha ushlab qolinadi.
Shunday bo‘lsada, barcha jismoniy shaxslar o‘z daromadini ko‘rsatuvchi deklaratsiyani topshirishda yil davomida olingan hamma daromadni ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Bunday daromadlar qayd qilib o‘tilganidek jamlab chiqiladi va avval to‘langan soliqlar summasi chegirib tashlanib, natijada yil davomida jismoniy shaxsning asosiy va asosiy bulmagan boshqa barcha ish joylaridan olgan turli shakldagi ish haqlarining yig‘indisidan daromad solig‘i qayta hisoblab chiqiladi. Bunda agar biror bir ish haqidan tegishli miqdordan kam miqdorda soliq hisoblangan bo‘lsa, qo‘shimcha hisoblangan daromad solig‘i budjetga undiriladi.
Soliq to‘lovchi tegishli imtiyozlarga loyiq bo‘lgan bo‘lsa, bunday imtiyozlar faqat asosiy ish joyida hisobga olinadi. Agar muayyan vaqt davomida fuqaroning asosiy ish joyi bo‘lmagan va boshqa joylarda ishlab turgan bo‘lib, keyinchalik soliq idorasiga deklaratsiya bilan birga maosh olgan ish joylari haqidagi barcha ma‘lumotnomalarni va olingan daromadlari haqidagi ma‘lumotlarni taqdim etganda, soliq idorasi u maosh olgan boshqa tashkilotlarda e‘tiborga olinmagan imtiyozlarni hisobga olgan holda hisoblab berishadi. Natijada soliq to‘lovchiga ortiqcha to‘lagan soliq summalari qaytariladi.
Aholi daromadlarini to‘g‘ri aniqlashda, soliq tushumlarini to‘liq va o‘z vaqtida tushishini ta‘minlashda jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan davlat soliq inspektsiyalari bo‘limlarini ishini to‘g‘ri tashkil qilinishi katta ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy shaxslar bilan ishlovchi bo‘limlarda tuman hududi uchastkalarga bo‘lingan
bo‘lib, ularning har birida joylashgan ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar, yakka tartibda
qurilgan uy-joylar, shuningdek maktablar, do‘konlar, korxonalar, aholiga hizmat ko‘rsatish obyektlari haqida aniq ma‘lumotlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Kim turar joyini ijaraga berayotgani, kim tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgani va shunga o‘xshash axborotlar ancha aniq va qat‘iy tizimlashtirilgan bo‘lishi uchun tumanda joylashgan mahallalarga pasport tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bunday amaliyot poytaxtimizning ayrim tumanlarida amal qilib kelmoqda va o‘z samarasini bermoqda. Mahalla pasportlarida ham infratuzilma obyektlari, xususiy uylar, ko‘p qavatli uylar ko‘rsatilgan xarita, mahallaning tashkil qilinish tarixi, uning faollari, kam ta‘minlangan oilalar, nogironlar, pensionerlarga ko‘rsatiladigan yordam haqida qisqacha ma‘lumotnoma mavjud. Yana aholi umumiy soni, millati, alohida erkaklar va ayollar soni, oilalar soni, ko‘cha bo‘yicha rahbar odam, mahalla qo‘mitasi, ayollar kengashining faollari haqidagi batafsil ma‘lumotlar kiritilgan.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə