Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/11
tarix11.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126674
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aholi real daromadlarini oshirishda soliq tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlari (Автосохраненный)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
MOLIYA VA BUXGALTERIYA HISOBI FAKULTETI
SOLIQLAR VA SUG’URTA ISHI” KAFEDRASI
SOLIQ NAZARIYASI” FANIDAN
Aholi real daromadlarini oshirishda soliq tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlari mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: 2-kurs SS-52-guruh talabasi Sanayev Ruslan Boymamat oʻgʻli ILMIY RAXBAR:
Soliqlar va sug’urta ishi” kafedrasi o’qituvchisi Baratova Dinara Alisherovna

Toshkent 2021


REJA:
KIRISH

  1. Aholi daromadlari va turlari

  2. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning zarurligi va iqtisodiy-ijtimoiy mohiyati

  3. Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi va shakllanish manbalari

  4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini to’lovchilar,

soliqqa tortish obyekti, soliqni hisobalash va budjetga undirish mexanizmi


  1. Jismoniy shaxslar jami yillik daromadlarini deklaratsiyalash tizimining amaldagi holati tahlili

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi daromadlarini ko’paytirish va turmush farovonligini yaxshilashning muhim omili bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki mamlakat ijtimoiyiqtisodiy barqarorligi va milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishi ko’p jihatdan ushbu muammoni hal etilishiga bog’liqdir. Shu sababli bugungi kunda respublikamizda aholini ish bilan ta’minlash va uning farovonligini oshirish masalasiga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishi sifatida qaralmoqda. O’zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushining o’sib borishi - ichki bozorni sifatli va raqobatbardosh tovarlar bilan to’ldirishning zamonaviy talablarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohasi kengayishining jahon bozori talablariga mos eksport tarkibi ko’payishining, yangi ish o’rinlari yaratishning, avvalo, yoshlarni ish bilan ta’minlashning va shu asosda aholi daromadlari va turmush farovonligini oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilning asosiy yakunlari va 2014 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida Prezident Islom Karimov yuqori o‘sish sur‘atlari bilan rivojlanish va makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya darajasining pasayishi, aholini ish bilan bandligi darajasini oshayotganligini e‘tirof etib xususan, ―2013 yilda iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘ining eng kam stavkasi 9 foizdan 8 foizga
tushirilganiga qaramasdan, davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan
0,3 foiz profitsit bilan bajarildi‖.1 deya ta‘kidlab o‘tdi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda aholi real daromadlari va xarid qobiliyatini oshirish maqsadida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tartibi takomillashtirildi va ularga nisbatan soliq yuki ham sezilarli darajada pasaytirildi. Agar mustaqillikning birinchi yillarida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining eng yuqori ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil etgan etti bosqichli shkala bo‘yicha hisoblanib olingan bo‘lsa, bugungi kunda esa uch bosqichli shkala bo‘yicha olinib, uning eng yuqori darajasi 22 foizni tashkil etmoqda.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə