Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti


-chizma Aholi daromadlarini shakllantirishning institutsional mexanizmi10



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/11
tarix11.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aholi real daromadlarini oshirishda soliq tizimidan samarali foydalanish imkoniyatlari (Автосохраненный)

1-chizma Aholi daromadlarini shakllantirishning institutsional mexanizmi10

Yuqoridagilardan ayon bo‘ldiki, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tizimi budjetning asosiy manbalaridan biri sifatida obyektiv zarur xususiyatga egadir. Ushbu soliqning ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida dolzarbligi va ahamiyati oshib boradi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar va ishbilarmonlarning aholi umumiy tarkibidagi salmog‘i va ular daromad darajalarining oshib borishi shuni taqozo qiladi va keltirib chiqaradi. Albatta, tadbirkorlar sinfining paydo bo‘lib, ular safi tobora kengayib borishi, daromadlarining oshib borishi degani, jismoniy shaxslarning ushbu qatlamidan o‘z-o‘zidan daromad solig‘i tushumi ko‘payib qoladi degan gap emas. Bu erda yana bir omil - bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan, jismoniy shaxslarni ishlab topgan daromadlarini manbaidan qat‘iy nazar progressiv va adolatli tarzda soliqqa tortilishini ta‘minlashi kerak bo‘lgan bir omil mavjudki, u soliqqa tortishning mexanizmi bo‘lib, o‘z ichiga jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda huquqiy va uslubiy asoslarni qamrab oladi.

3. Jismoniy shaxslarning jami daromadlari tarkibi va shakllanish manbalari


Jismoniy shaxslar daromadlari deganda, keng ma‘noda mamlakat fuqarolari ixtiyoriga kelgan pul tushumi tushuniladi. Mohiyati jihatidan aholi daromadlari jismoniy shaxslarning yalpi milliy mahsulotlardagi hissasi bo‘lib, pul shaklida ifoda etiladi. Jismoniy shaxslar daromadlarining o‘zini ikki guruhga bo‘lish mumkin: birinchisi - mehnat bilan olingan daromad, unga ish haqi, biznesda bevosita qatnashgan tadbirkor daromadi kiradi; ikkinchisi - mulkdan kelgan daromad, unga foyda, renta, foiz va dividendlar kiradi.
Ish haqi ko‘pchilik aholining asosiy daromadi sanaladi. Rivojlangan mamlakatlarda jami daromadlarning 70-80 foizini ish haqi tashkil etadi. Aholining ish haqi shaklidagi mehnat daromadlari bir qator institutsional va noinstitutsional xarakterdagi omillarga bog‘liq. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
Fuqarolar umumiy ish haqidan daromad solig‘i, nobudjet fondlarga ajratmalar to‘langandan keyin sof ish haqiga ega bo‘ladilar. Sof ish haqidan fuqarolar o‘z zimmasidagi asosiy er va mol-mulk soliqlarini to‘laydilar. Lekin jismoniy shaxslar nafaqat ushbu soliqlarni balki elektroenergiya, suv, gaz, telefon aloqasi, ya‘ni kommunal xizmatlar uchun ham to‘lovlarni to‘lashlari kerak. Ushbu to‘lovlarni soliqlar singari majburiylik xususiyatidan kelib chiqib, fuqarolar zimmasidagi soliq yukiga kiritiladi. Jismoniy shaxslarning soliq yuki aholining turmush darajasiga bevosita ta‘sir etadi. Turmush darajasi deganda, insonning hayotiy ehtiyojlarini q ondirilishi me‘yori tushuniladi. Soliq yuki fuqarolarga og‘ir tushmasligi uchun
avvalo daromadlar yuqori bo‘lishi kerak.
Aholining ijtimoiy tabaqalanishini e‘tiborga olgan holda soliq stavkasi miqdorini tabaqalashtirilganligi soliqqa tortish tamoyillariga mos keladi. Agar rivojlangan xorijiy davlatlarda qo‘llanilayotgan soliq stavkasi miqdori bilan tanishadigan bo‘lsak, ularda ham soliq stavkasi tabaqalashtirilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Avvalgi «daromadlarni tenglashtirish va cheklash» davrida mehnatkashlarning daromadlari turli ma‘muriy va moliyaviy yo‘llar bilan chegaralanib turilardi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, olib borilayotgan iqtisodiyotni isloh qilish va uni erkinlashtirish siyosati doirasida kishilarga erkin tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlariga keng yo‘llar ochilib, daromadlarga cheklanishlar bekor qilingach, yuqori daromadlarga ega fuqarolar soni oshib bormoqda. Bunday hollarda daromad solig‘ining roli keskin oshib ketadi, chunki daromad solig‘i yordamida katta va kichik daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlari tabaqalashgan soliq stavkalari yordamida daromad miqdoriga qarab progressiv ravishda soliqqa tortiladilar. Aynan daromad solig‘ining amaldagi progressiv shkalasi yordamida vertikal adolat tamoyillari amalga oshadi, ya‘ni, ko‘p daromadga ega jismoniy shaxslar katta stavkada, kichik daromadga ega jismoniy shaxslar esa kichik stavkalarda daromad solig‘iga tortiladilar.
Jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari soliq solish ob‘ekti bo’lib ћisoblanadi:

- O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingandaromadlari;

- O’zbekiston Respublikasi norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari.Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar Soliq Kodeksining 58-bobiga muvofiq qat‘iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar bo’lganligi uchun, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish ob‘ekti bo’lmaydi.

Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.Agar soliq to’lovchining daromadidan uning ixtiyoriga ko’ra, sud yoki boshqa organlarning qaroriga binoan biron bir ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.


Jismoniy shaxsning chet el valyutasida ifodalangan daromadlari daromadlar amalda olingan sanada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.

Jismoniy shaxslarning jami daromadiga Soliq Kodeksining 173 moddasiga muvofiq quyidagilar kiradi:

1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar.Mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomalariga yoki ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatish predmeti bo’lgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e‘tirof etiladi.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə