Toshkent davlat iqtisodiyot universiti mtu-16 guruh talabasi Abdiqodirov Asliddinning



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə4/5
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#109218
1   2   3   4   5
menejmentni rivojlanish tarixi va hozirgi holati

Hunarni o’rgatishdagi rus metodi


«Hunarni o’rgatishdagi rus metodi» Venada (1873 y.), Filadel`fiyada (1876 y.) va Parijda (1878 y.)gi xalqaro ko’rgazmalarda eng yuqori mukofotlarni olib, jahon miqyosida tan olindi. «Rus tizimi» bo’yicha Vashingtonda, Chikagoda, Toledo, Baltimor va Filadel`fiyada qo’l mehnati maktablaritashkil qilindi. Tizim Germaniya, Avstriya, Frantsiya, Shvetsiyada keng tarqaldi. Tizimning keyingi rivojlanishi natijasida bir butun – Mehnatni ilmiy tashkil qilish (MIT) ruscha (NOT) yo’nalishi yaratildi. Ishlab chiqarish menejmentidagi bu muhim yo’nalishga Amerikalik F.U.Teylor (1856-1915), Rossiyalik A.K.Gostev (1882-1941) lar va boshqa tadqiqotchilar munosib hissa qo’shishdi.
Menejmentda Amerikalik sanoatchi va muhandis Genri Ford (1863-1947) jahonshumul inqiloblar yaratdi. U eng yuqori 34 malakalarga va ixtisoslashgan ishchilarga asoslangan ishlab chiqarish tizimini, texnologik jarayonlarni maksimal maydalashtirish, texnologik asbob-uskunalarni ratsional va qulay joylashtirish va ishchilarning ishlarni bajarishida qattiq intizomiy ketma-ketlikka muvofiq faoliyat ko’rsatish tizimlarini yaratdi.

XX asrning 30-50 yillaridagi menejmentning rivojlanishida inson munosabatlari maktabi muhim rol o’ynadi.


Bu yo’nalishning eng taniqli vakillaridan biri Avstraliyalik El`ton Meyo (1880-1949) edi. Unga eng katta mashhurlikni Chikagodagi Western Electric Compani da o’tkazgan besh yillik ilmiy tadqiqotlarining natijalari keltirdi. Bu tadqiqotlar ishlab chiqarishda «inson omili»ni anglash va tushunishga, «norasmiy guruhlar»dagi ishchilarning kibernetika-boshqaruv asosiga intilayotganligi natijalarini bergandi. Menejmentdagi bu dastlabki ilmiy xulosalar kelgusida boshqaruvga kibernetikaning kirib kelishiga asos soldi.

XX asrning 50 yillari oxirida inson munosabatlari maktabi


XX asrning 50 yillari oxirida inson munosabatlari maktabi «axloqiy» fanlar maktabiga o’tdi. Bu yo’nalishning yorqin iste’dodlari – amerikalik ijtimoiy ruhshunoslar Rensis Laykert (1903-1981yy.), Duglas Mak Gregor (1906-1964 yy.) va Abraxim Maslou (1908-1970 yy.) lar edi.
Ularning xulosalari bo’yicha, firmani samarali boshqarishda har bir ishchiga rag’batlantirish yo’llari bilan ta’sir qilishni oshirish lozim. Bu maktab vakillarining ishlari natijasida menejmentning mustaqil yo’nalishi yoki bo’limi – personalni boshqarish kelib chiqdi.
Bu maktabning asoschilari nomi bilan bog’liq bo’lgan «Maslouning ehtiyojlar piramidasi» o’sha davr uchun juda mashhur edi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə