Toshkent davlat iqtisodiyot universiti mtu-16 guruh talabasi Abdiqodirov Asliddinning


I. Birinchi – qadimiy yoki tarixiy davr



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə3/5
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#109218
1   2   3   4   5
menejmentni rivojlanish tarixi va hozirgi holati

I. Birinchi – qadimiy yoki tarixiy davr.


Boshqaruvning hosil bo’lishi va rivojlanishidagi eng uzoq davr. Bu davr eramizdan oldingi 9-7 ming yilliklardan boshlanib, taxminan, eramizning XVIII asrining to ikkinchi yarmigacha davom etdi. Bu davrdagi boshqaruv insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzimidag faoliyatlaridan iborat deb hisoblashishadi. Bu jamoalar, to’dalar va qabilalarni barcha a’zolar yig’ini boshqargan.
Keyinchalik qabilalar tuzimidagi jamoani dohiylar, urug’ boshliqlari – tajribali qariyalar boshqarishgan va h.k. Eramizdan taxminan 9-7 ming yilliklar oldin yaqin Sharqda «ov» va «hosil yig’ish» kabi xo’jaliklar paydo bo’la boshladi.
Aynan ana shu vaqtdan boshlab insoniyat jamoasida yuzaga kelgan dastlabki xo’jaliklarning yashab qolishi uchun boshqarish zarurati kelib chiqdi va ibtidoiy jamoaning ishlab chiqaruvchi iqtisodga o’tishi boshqaruvda ma’lum bilimlarning hosil bo’lganligini bildiradi. Aynan ana shu vaqtdan boshlab menejment o’z rivojlanish evolyutsiyasini boshladi.
II. Ikkinchi – industrlashgan davr.
Bu – sanoatlashgan kapitalizm davridir (1776-1890yy.). Bu davrda yuzaga kelib chiqqan va takomillashgan bozor iqtisodiyoti hayotgatashkilotlarni boshqarish uchun bilimli, iqtidorli boshqaruvchilar kerak ekanligi ehtiyojini ko’ndalang qilib qo’ydi. O’zgaruvchan tashqi muhit va raqobat bilan to’qnashgan boshqaruvchilar chegaralangan resurslar va odamlarning hamkorlikdagi mehnatlarini qanday qilib yaxshi darajalarda muvofiqlashtirish savollari bo’yicha o’z bilimlarini oshirishga o’tdi.

III. Uchinchi – tizimlashgan davr.


Boshqaruvning rivojlanishidagi bu davrini tadqiqotchilar menejmentning tizimlashgan davri deb atashadi (1856-1990 yy.). Boshqaruv haqida yuzaga kelgan fan bu davrda doimiy ravishda takomillasha boshladi. Menejmentning yangi yo’nalishlari, maktablari, kontseptsiyalari, oqimlari shakllandi, menejmentning ilmiy apparatlari o’zgardi va takomillashib bordi. Vaqt o’tishi bilan rahbarlar o’z maqsadlarini o’zgartirib, o’z atroflarida faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlarning boshqaruv usullarini, ehtiyojlarini, raqobatchilarini, faoliyatlarini o’rgana boshladi. Ba’zi boshqaruvchilar boshqarish muammolarini o’rganishga, hatto o’tilgan vaqtlarda qaysi boshqaruv usullari samaraliroq bo’lganliklarigacha tahlil qilishga o’tda. Boshqalari boshqaruvda qandaydir tizimlashgan yondoshish usullarini izlay boshladi.
IV. To’rtinchi – zamonaviy boshqaruv davri.
Menejment rivojlanishining zamonaviy davri XIX asrning oxiri XX asrning boshlanishiga to’g’ri keladi. Menejmentga barcha ishlab chiqarish boshqaruvlariga ilmiy predmet nuqtai-nazaridan qarash davri boshlandi.
Biznes-jarayonlar, shu jumladan, barcha texnologik jarayonlar va odamlarning mehnat jarayonlarida harakat qilishlari diqqat bilan, puxtalik bilan tahlil qilish odat tusiga kirib bordi.
Bu kabi tahlillarning maqsadi-mehnat jarayonlarini ratsionallashtirish (ixchamlashtirish) yo’li bilan ishlab chiqarishni oshirish edi.
XX asr boshlarida sanoatning shiddat bilan o’sishi ishlab chiqarishni tashkil qilish bo’yicha bajariladigan ishlarni faollashtirdi.
Bu yo’nalishda Moskva imperatorlik texnik-hunar bilim yurti (hozirgi N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti) – «hunarni o’rgatishdagi rus metodi» dunyodagi birinchi ilmiy-amaliy tadqiqotlardan hisoblanadi.
Bu o’quv-o’rgatuv jarayoni u yoki bu texnik jarayonlarni bajarish va konstruktsiyalashni eng ratsional ish muddatlarida amalga oshirishni tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat edi.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə