Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə347/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
344 
1) tizimda gomeostaz, ya‘ni ichki o‗zgaruvchan muvozanatli holat 
mavjudligi; 
2) tizimga turg‗unlik xosligi, ya‘ni jiddiy o‗zgarishlar bo‗lmasligi yoki 
bo‗lsada, tezda susayishi; 
3) tizimning barqarorligi, ya‘ni tashqi ta‘sirga qarshilik ko‗rsatish va ushbu 
ta‘sirdan keyin asl holatini qayta tiklash qobiliyati; 
4) tizimga egiluvchanlik xosligi, ya‘ni tizimning qandaydir barqaror holatdan 
boshqa holatga o‗ta olish qobiliyati. 
Tizim
 
– to‗g‗ri va teskari aloqalar bilan yaxlit birlashgan, o‗zaro bog‗langan 
tarkibiy qismlarning moddiy-energetik majmui. 
Geoekologik muammolar, odatda, tizimli tabiatga ega bo‗ladi. Geoekologiya 
– tirik organizmlar bilan abiotik muhit o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning makoniy-
muvaqqat qonuniyatlarini o‗rganuvchi fan. Turli xil taksonomik darajali 
geoekotizimlar (masalan, Yer ekosferasi, materiklar, tabiat zonalari (mintaqalari), 
landshaftlar, ekotizimlar) geoekologiyaning o‗rganish obyekti hisoblanadi. 
Geoekotizimlarning o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilar orqali namoyon 
bo‗ladi:
1) atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosfera Yer geosferalarining o‗zaro 
ta‘siri, ya‘ni birgalikdagi ishi tufayli shakllangan;
2) «tabiat» va «jamiyat» deb ataluvchi ikki eng kuchli tizimning o‗zaro ta‘siri 
natijasida turli xil (o‗ziga xos) tabiiy-ijtimoiy-ishlab chiqarish tizimlari shakllangan.
Geoekologik tizimlarning ikki turi ajratilib ko‗rsatiladi [4; 5]:
1) yopiq geoekotizim – agar modda, energiya va axborot almashinuvi tizim 
chegaralari orqali sodir bo‗lmasa;
2) ochiq geoekotizim – agar modda, energiya va axborot almashinuvi tizim 
chegaralari orqali sodir bo‗lsa, masalan, Yer ekosferasi. 
Geoekologik muammolarning tizimli xususiyati (tabiati) quyidagilar orqali 
namoyon bo‗ladi:
1) tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda qonuniyatlarning o‗zaro bog‗liqligi; 
2) geografiya, ekologiya, geologiya va boshqa fanlar integratsiyasini talab 
qiluvchi fanlararo bog‗liqlik (aloqadorlik);
3) resursdan har xil manfaat yo‗lida bir nechta foydalanuvchi mavjudligi; 
4) geoekologik tizim yoki muammolar holatini bitta ko‗rsatkich bilan 
ifodalash mumkin emasligi. 
Geoekologik muammolarini ikkita katta toifaga ajratish mumkin:
1) global muammolar – butun ekosferani qamrab oladi va dunyoning turli 
burchaklarida (mintaqalarida) turlicha namoyon bo‗ladi. Masalan, Yer atmosferasida 
ozon qatlamining yemirilishi muammosi, Yer atmosferasiga «bug‗li gazlar ta‘siri» 
muammosi;



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə