Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
345 
2) universal (har xil) muammolar – ba‘zi bir turlanishlar (shakl o‗zgarishlari) 
bilan gohida ko‗p marta takrorlanadigan muammolar. Masalan, biologik xilma-xillik 
kamayishi, geotizimlar o‗zgarishi va ularning tirik organizmlarga salbiy ta‘siri va 
sh.k.
Global va universal geoekologik muammolardan biri tuproq degra-datsiyasi 
hisoblanadi. Tuproq degradatsiyasi (tanazzuli) – unumdorligi pasayishi natijasida 
tuproq sifatining yomonlashuvi. Tuproqning tanazzulga uchrashi va butunlay 
yemirilishi tabiiy hodisalar (masalan, tuproq hosil bo‗lishi shart-sharoitlarining tabiiy 
o‗zgarishi, vulqonlar otilishi, dovul-bo‗ronlar, ko‗chkilar va sh.k.) va odamning 
xo‗jalik faoliyati ta‘sirida ro‗y berishi mumkin [5; 6].
Tuproq degradatsiyasi va uning butunlay yemirilish hodisasini bir necha 
guruhlarga ajratish mumkin: 
1) tuproq bioenergetik rejimining buzilishi – tuproq devegetatsiyasi, ya‘ni 
tuproqning qurib qolishiga olib keluvchi o‗simlik qopla-mining yo‗qolishi; tuproq 
degumifikatsiyasi, ya‘ni tuproqda gumusning yo‗qolishi; tuproqning kuchsizlanishi 
va oriqlashi, ya‘ni tuproq-dan uzoq muddat foydalanish natijasida sodir bo‗ladigan 
jarayonlar; 
2) tuproqning tabiiy (me‘yoriy) holati buzilishi – yerlarning musodara 
qilinishi yoki tuproqning sanoat tufayli buzilishi, ya‘ni qishloq va o‗rmon xo‗jaligi 
tasarrufidagi yer maydonlarining aholi yashash joylari, suv omborlari, sanoat va 
maishiy chiqindixonalar va sh.k. qurilishiga o‗tkazilishi; suv va shamol eroziyasi, 
ya‘ni ular ta‘sirida tuproqning yuza qatlami yemirilishi; tuproq sathlari tuzilmasining 
buzilishi va zichlanishi, ya‘ni dalalarga og‗ir qishloq xo‗jaligi texnikasi bilan ishlov 
berilishi tufayli tuproq tuzilmasining buzilishi yoki tuproqning qotib qolishi; 
3) tuproqning suv va kimyoviy rejimi buzilishi – cho‗llashish yoki 
sahrolanish, ya‘ni tuproqda namlik va tutash o‗simlik qoplami yo‗qolishi; tog‗larda 
o‗simliklarning kamayishi (yoki yo‗qolishi) oqibatida ko‗chki va sellarning paydo 
bo‗lishi; tuproqning sho‗rlanishi, ya‘ni tup-roqning yuqori sathida unumdorlik 
yo‗qolishiga olib keluvchi oson eriydigan tuzlarning to‗planishi; tuproqning 
nordonligi, ya‘ni tuproqda kislota miqdorining yovvoyi o‗simliklar va qishloq 
xo‗jaligi ekinlari uchun eng maqbul darajadan oshishi bilan bog‗liq bo‗lgan jarayon 
ekanligi; tuproq zaxini qayta qochirish, ya‘ni noto‗g‗ri o‗tkazilgan zax qochirish 
melioratsiyasi oqibati ekanligi; botqoqlashish, ya‘ni tuproqning yuqori sathlarida 
namlik ko‗payishi va namsevar o‗simliklar paydo bo‗lishi; 
4) abraziya (suv havzasi qirg‗og‗ining to‗lqinlar ta‘sirida mexanik yemirilishi) 
va daryo eroziyasi tufayli tuproqni suv bosishi (toshqin) va uning buzilishi; 
5) tuproqning ifloslanishi – sanoat korxonalari tuproqni ifloslantirishi, ya‘ni 
sanoat ishlab chiqarishi chiqindilari va tashlamalari tufayli tuproqlarda turli xil zararli 
(zaharli) moddalarning me‘yordan ortiq darajada to‗planishi; qishloq xo‗jaligida 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə