Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
341 
muvofiq, dunyo xaritasida Yer landshaftlarining 96 zonal tipi va 56 tik zonallik 
xilma-xilligi ajratib ko‗rsatilgan: mazkur landshaftlar Yerning odam ta‘siriga 
uchramasdan oldingi tabiiy holatini aks ettiradi. O‗zbekistonda asosan cho‗l, 
shuningdek to‗qay, adir, tog‗, yaylov kabi landshaftlar, ularning o‗ziga xos tiplari 
tarqalgan. 
Landshaftlar holatining doimo o‗zgarib turishi ularga xos bo‗lgan 
xususiyatdir. Yerda yoki uning ayrim hududlarida tabiiy sharoitlar, xususan, iqlim 
ko‗rsatkichlari o‗zgarib turadi, muzliklar qisqarishi yoki kengayishi mumkin. Bu kabi 
jarayonlar Dunyo okeani sathi ko‗tarilishi yoki pasayishiga olib keladi. Natijada 
geografik mintaqa va zonalar holati, xususiyatlari ham o‗zgaradi, tabiatda har xil 
ritmlarga asoslangan davriyliklar paydo bo‗ladi va h.k. 
Taxminan 10 ming yil oldin oxirgi materik muzliklari (Antarktida va 
Grenlandiyadan tashqari) erib, biz yashayotgan golotsen davri boshlangan. 7-5 ming 
oldin havoning o‗rtacha harorati hozirgidan ikki gradus baland bo‗lgan. Harorat 
ko‗tarilishi yog‗inlar miqdori o‗zgarishi bilan kechgan. Masalan, hozirda quruq 
bo‗lgan Sahroi Kabir cho‗lida daryolar, ko‗llar va savanna landshaftlari bo‗lgan. 
Tabiatda shu kabi boshqa o‗zgarishlar ham ro‗y bergan. 
Ekosferaning geologik tarixida doimo qaytmas o‗zgarishlar sodir bo‗lgan. Bu 
o‗zgarishlar landshaftlarning ayrim tarkibiy qismlari holatida o‗z aksini topgan. 
Xususan, tabiiy-hududiy majmualar murakkablashib, ekosfera rang-barangligi ortib 
borgan. Aytish mumkinki, dunyoning hozirgi landshaft qiyofasi tabiiy shart-
sharoitlarni nafaqat geografik zonallik qonuniga, balki landshaftlarning rivojlanish 
tarixiga mos tarzda ham aks ettiradi [3]. 
Landshaftlar tabiat qonunlariga bo‗ysunadi, biroq ularning tuzilmasi 
antropogen ta‘sir, ya‘ni ijtimoiy-iqtisodiy omillar tufayli jiddiy o‗zgarishlarga 
ko‗proq duchor bo‗lmoqda. Shu sababli ekosfera va uning yuqorida qayd etilgan 
tabiiy omillarini majmuiy bilish va geografiya ta‘limi mazmunida aks ettirish eng 
muhim muammolardan biriga aylangan. 
Adabiyotlar 
1. Акимова Т.А. Экология: Человек – Экономика – Биота – Среда: учеб. 
для вузов / Т.А. Акимова, В.В. Хаскин. – М.: «ЮНИТИ-ДАНА», 2001. – 566 с.
2. Бобков А.А. Землеведение: учебник для вузов по направлению 
«География» / А.А. Бобков, Ю.П. Селиверстов. – Москва: «Академия», 2012. – 
320 с.
3. Голубев Г.Н. Геоэкология. Учебник для студентов высших учебных 
заведений. – М.: Изд-во ГЕОС, 1999. – 338 с. 
4. Добровольский В.В. Основы биогеохимии. Учебник для студ. высш. 
учеб, заведений. – М.: «Академия», 2003. – 400 с. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə