Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
338 
Ekosferaning energetik, moddiylik xususiyati issiqlik muvozanati (olingan va 
sarflangan energiya miqdori) va moddalarning katta aylanma harakatida (ma‘lum 
davr ichida takrorlanib turuvchi moddalar almashinuvi jarayonlarida) aks etadi.
Quyosh – ekosferaning tizim sifatida ishlashi uchun zarur bo‗lgan eng asosiy 
energiya manbaidir. Quyosh radiatsiyasi atmosfera hamda okeanlar sirkulyatsiyasi 
(aylanishi), litosfera yuzasining nurashi va denudatsiyasi (jinslarning bir joydan 
ikkinchi joyga ko‗chishi), moddalarning umumiy biogeokimyoviy aylanma 
harakatlari, birlamchi biologik mahsulotlarning hosil bo‗lishi kabi eng asosiy 
jarayonlarni energiya bilan ta‘minlaydi. Xususan, quyosh energiyasining quruqliklar 
hamda okeanlar yuzasidan suvni bug‗latishga sarf etilishi ekosfera tizimining asosiy 
mexanizmlaridan biri – umumiy gidrologik sikl yoki tabiatda suv aylanishiga sabab 
bo‗ladi. Ekosfera energiyasining ikkinchi manbai – Yerning ichki energiyasi bo‗lib, u 
Quyosh energiyasidan 20-30 ming marta kam bo‗lsada, litosfera jarayonlarida muhim 
ahamiyat kasb etadi [2].
Ekosfera energetika muvozanati nuqtai nazaridan ochiq tizim, ya‘ni uning 
chegaralari orqali erkin energiya almashinuvi sodir bo‗ladi va unda olingan va 
sarflangan energiya miqdori yuqori darajada muvozanatlashadi. Agar ekosferadagi 
issiqlik muvozanati davomli o‗zgarsa, asriy (ko‗p asrlik) global iqlim o‗zgarishlari 
sodir bo‗ladi. 
Yer yuzasining turli mintaqalarida Quyosh radiatsiyasining to‗planishi uning 
sarflanishiga muvofiq kelmaydi, ya‘ni ijobiy yoki salbiy bo‗ladi. Yer yuzasining 
issiqlik muvozanati atmosfera va okeanlardagi katta aylanma harakatlar tufayli 
kengliklararo energiya almashinuvlari bilan ushlab turiladi. Agar issiqlik muvozanati 
antropogen o‗zgarishga uchrasa, ayrim hududlarda atmosfera sirkulyatsiyasi iqlimga 
ta‘sir etuvchi o‗zgarishlarni kelib chiqishi mumkin. 
Ekosferadagi moddalar almashinuvi uning chegaralari orqali sodir bo‗ladi, 
biroq uning jadalligi ekosferaning ichida kechadigan moddalar oqimi oldida hech gap 
emas. Masalan, koinotdan Yer yuzasiga har yili o‗rtacha 40 mln. t meteorit moddasi 
kelib tushadi, daryolar esa okeanlarga har yili 20 mlrd. t loyqa (balchiq) eltib 
tashlaydi [2]. Demak, geoekologik nuqtai nazaridan Yer ekosferasini yopiq tizim 
deyish mumkin. Ushbu yopiq tizimda moddalarning aylanma harakati sodir bo‗ladi. 
Tog‗ jinslarining bir joydan iqqinchi joyga ko‗chib aylanishi, suvning katta aylanma 
harakati, uglerod, azot, kislorod kabi kimyoviy elementlarning biogeokimyoviy 
aylanma harakatlari, havo massalari va okeanlar suvining aylanishi kabi jarayonlar 
moddalarning aylanma harakatlariga misol bo‗ladi. 
Moddalarning har qanday katta aylanma harakati ularning zaxirasi (saqlanish 
joyi) va oqimi ko‗rinishida sodir bo‗ladi. Odatda, zaxiralar oqimga nisbatan sezilarli 
katta bo‗ladi, bu esa barqarorlikni ta‘minlab turadi. Masalan, Yerda organik 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə