Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə339/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
336 
almashinuvining o‗ziga xosligi, ritmlilik (maromlilik), zonallik va azonallik
balandlik mintaqalanishi kabilar xosdir. 
Ekosfera – fazoviy (tashqi) va sayyoraviy (ichki) omillar ta‘siri va ularga 
munosabat bo‗yicha nisbatan barqaror, o‗ziga xos ichki bog‗lanishli yaxlit tizimdir. 
Shu nuqtai nazardan ekosferaning makoniy tuzilmasi quyidagi asosiy xususiyatlari 
bilan tavsiflanadi [3]: 
1) ekosfera shakliga ko‗ra sharsimon bo‗lib, uning chegaralari aniq 
ifodalanmagan va mujmal (qorishib ketgan): yuqori chegarasi - atmosfera (ozon 
qatlami – 10-18 km balandlikda), pastki chegarasi - litosfera (6-12 km chuqurlikda) 
orqali o‗tgan hamda 1000S izoterma, shuningdek kislorod (hayot) mavjudligi bilan 
ajralib turadi; 
2) ekofera litosferaning yuqori qismi hamda atmosferaning pastki qismi, 
gidrosfera va biosfera o‗zaro tutash, ya‘ni azaliy va tirik moddalar o‗zaro 
ta‘sirlashadigan va bir-biriga kirishadigan makonda joylashgan
3) ekofera uch o‗lchamli bo‗lib, yotiq va tik yo‗nalishlar bo‗ylab xilma-xil 
jinsli tuzilmalar hamda geografik koordinatalar tizimi: kenglik, uzunlik va dengiz 
sathidan balandlik bilan tavsiflanadi; 
4) ekosferaning tarkibiy qismlari: o‗zaro tutash (bog‗langan) joylar 
(―atmosfera-quruqlik‖, ―atmosfera-okean‖, quruqlik va okeanlar chegaralari va 
yuzasi, sovuq hamda issiq havo va suv oqimlari tutashgan muhitlar (frontlar), turli 
ko‗lamli ekotizimlar chegaralari - ekotonlar va sh.k.) Yer geosferalarining 
birgalikdagi faol harakat zonasi yoki ―hayotning yupqa qatlami‖ hisoblanadi; 
5) ekosfera – moddalar uchta agregat (gazsimon, suyuq va qattiq) holatda 
bo‗ladigan makon; 
6) ekosfera – hayot vujudga kelgan va insoniyat jamiyati faol faoliyat 
ko‗rsatadigan makon; 
7) ekosfera o‗zidan kichik iyerarxik geoekotizimlarga tabaqalanadi; 
tabaqalanish uning turli qismlariga issiqlikning notekis tushishi va yer yuzasidagi 
relyef shakllarining xilma-xilligi bilan shartlanadi; 
8) ekosferaga makoniy yaxlitlik xos bo‗lib, bu ekosfera tarkibiy qismlarining 
o‗zaro chambarchas bog‗liqligi bilan shartlanadi: bir tarkibiy qismning o‗zgarishi 
ikkinchisining o‗zgarishiga olib keladi. Makoniy yaxlitlikka (bir butunlikka) modda 
va energiyaning aylanma harakati orqali erishiladi. Tabiatdan oqilona foydalanish 
nazariyasi va amaliyoti asosan ushbu qonuniyatga asoslanadi; uni hisobga olish 
tabiatda ro‗y berishi mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni oldindan aytishga va bashorat 
qilishga imkon beradi; 
9) ekosferaga makoniy rivojlanish ritmlari, ya‘ni u yoki bu hodisa va 
jarayonlarning muayyan vaqtda takrorlanib turishi xos bo‗lib, sutkalik, mavsumiy, 
yillik, ko‗p yillik va asrlik davriyliklar farqlanadi; 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə