Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə335/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
332 
sinf), proporsiya va uning xossalaridan kimyo fanidagi tarkibning doimiylik 
qonuni(8-sinf) mavzularidagi masalalarni yechishda qo‗llaniladi. Matematikada u = 
kx+v kabi eng sodda funksiya ham, murakkabroqlari ham, ayniqsa trigonometrik 
funksiyalar, umumiy holda o‗rganilib, matematik tushunchalar, usullar, xulosalar, 
qonunlar, natijalar xarakterida bo‗lgan masalalarda qo‗llaniladi. 
Geometriyadagi vektorlar va uning tatbig‗ini (8-sinf vektorlarni qo‗shish, 
ayirish, songa ko‗paytirish, vektorlarning skalyar, vektor, aralash ko‗paytmasi) 
mukammal o‗rgangan o‗quvchi uchburchak, parallelogramm elementlarini
yuzalarini, ko‗proq hajmini koordinatalar usulida osongina hisoblasa, fizikada 
kuchlarni, bosimlarni qo‗shish (8-sinf) mavzusida qiynalmaydi. Demak, fanlararo 
bog‗lanishda qo‗llaniladigan tushunchalar dars jarayonida bir fanda o‗tilganda 
ikkinchi fandagi ma‘lumotlarni, albatta o‗quvchilarga, muammoli vaziyat yaratib 
(masalan, matematikadan fizik masalalar yechishda tezlik, vaqt, masofa 
tushunchalari, birliklari, hayotdagi qaysi vaziyatlarda uchrashi) o‗quvchini ishlata 
olsa maqsadga erishiladi. 7-sinfda ―Birhadlar va ko‗phadlar‖ bobidagi natural 
ko‗rsatkichli daraja mavzusini mustahkamlashda, qo‗shimcha topshiriq sifatida 
darajali sonning oxirgi bitta, ikkita raqami, qandaydir songa bo‗lgandagi qoldiq 
(ko‗paytma, yig‗indini songa bo‗lishdan hosil bo‗lgan qoldiqni topish) kabi 
masalalar, algebraik kasrlar ustida amallar mavzusini mustahkamlashda mantiqiy 
fikrlab yechiladigan masala va misollarni, yani to‗g‗ridan - to‗g‗ri formula bilan 
yechiladigan topshiriqlardan ko‗ra, mulohaza yuritish bilan ishlanadigan misollarga 
ahamiyat berish muhim. 
Ta‘lim jarayonida o‗quvchilar tomonidan fanlararo bilimlarni egallashlariga 
qaratilgan eng samarali usullardan biri fanlararo bog‗lanishlar asosida masalalar 
yechish orqali mavzu mazmunini yoritib berish
ta‘lim kompetensiyalarini 
shakllantirish jarayonida matematikaning tabiiy fanlar bilan integratsiyalashuvida 
bilim, ko‗nikma, usullardan foydalangan holda bir nechta o‗quv fanlarini to‗liq 
tushunamiz. 
1-masala.
Ikki idishda suyuqlik bor. Birinchi idishdan ikkinchisiga ikkinchi 
idishdagi suyuqlikdan 1,5 baravar ortiqroq suyuqlik quyildi. So‗ngra birinchi idishga 
unda qolgan suyuqlikning yarmi qadar suyuqlik ikkinchi idishdan quyildi va nihoyat, 
birinchi idishdan ikkinchisiga dastlab unda qancha suyuqlik bo‗lgan bo‗lsa, 
o‗shancha suyuqlik quyildi. Natijada har qaysi idishdagi suyuqlik 76 litrdan bo‗ldi. 
Dastlab har qaysi idishda qanchadan suyuqlik bo‗lgan? 
Yechish: Idishdagi suyuqliklar
1) Dastlab 1-idishda 
x l
, 2-idishda 
y l; 
2) 1-marta quyilganda 1-idishda 
(х-1,5у)
l, 2-idishda 
у+1,5у=2,5у 
l; 
3) 2-marta quyilganda 1-idishda 
(х-1,5у)+0,5(х-1,5у)=1,5(х-1,5у)
l, 
2-idishda 2,5
у-0,5(х-1,5у) 
l; 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   331   332   333   334   335   336   337   338   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə