Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


Ta‘lim  sohasidagi kompetensiya  -



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə333/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

 
Ta‘lim 
sohasidagi kompetensiya
 - 
ta‘lim mazmunini hayotiy masalalar bilan boyitish, o‗quv 
jarayonidagi topshiriqlarning fanlararo bog‗liqligi, ta‘limning tarkibiy qismlarning 
o‗zaro ta‘sirining ajralmas natijasi, motivatsiya, ma‘lum bir faoliyat turiga qiziqish 
mavjudligi, muayyan muammoni hal qilish uchun shaxsiy fikrlarning mavjudligi, 
haqiqiy shaxsiy maqsadlarni yaratish, rejalar tuzish qobiliyati bilan bog‗liq maqsad, 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
330 
loyihalar tuzish, kerakli natijaga erishish uchun muayyan harakatlar, faoliyatni 
hisobga olishni ta‘minlaydigan yo‗nalish, bilim, ko‗nikma, faoliyat usullari, axborot 
savodxonligi harakatlari, qarorlar qabul qilish kabi qobiliyatlarni shakllantiruvchi 
funksional faoliyatdir. 
Ta‘lim kompetensiyasi tushunchasi xususida A.V.Xutorskoy pozitsiyasiga 
to‗xtaladigan bo‗lsak, unga ko‗ra kompetensiyalar ierarxiyasini ta‘lim mazmuni 
qismlarga bo‗lish asosida uchta darajaga ajratish mumkin: metapredmet (barcha 
predmetlarga xos bo‗lgan), predmetlararo (ma‘lum siklga kiruvchi predmetlar yoki 
bir-biri bilan bog‗langan ta‘lim sohalari) va predmetga oid (bitta o‗quv predmetiga 
xos) kompetensiyalar. Bunday darajalashda ta‘lim kompetensiyasi umumiy 
ta‘limning asosiy maqsadi asosida belgilanadi. Ta‘lim kompetensiyasi tushunchasini 
ta‘limga joriy etish, ta‘lim jarayonida o‗quvchining nazariy bilimlarini yetarli 
darajada turli vaziyatlarda qo‗llashda qiyinchilik sezishidan iborat bo‗lgan 
muammoni hal qilishdan iborat. Fanlararo kompetensiyalar ma‘lum siklga kiruvchi 
fanlar integratsiyasi natijasida namayon bo‗ladi. Fanlararo aloqadorlik muammosi 
ko‗pdan beri o‗rganilayotgan bo‗lsada, kompetensiyaviy yondashuvning rivojlanishi 
uning 
dolzarbligini 
ko‗rsatdi. 
Darslarda 
fanlararo 
aloqadorlikni 
qo‗llash 
ishtirokchilarda bilim, ko‗nikma va malakalarni bir fandan ikkinchi fanda qo‗llay 
olish kompetensiyasini shakllantiradi. Tabaqalashtirilgan tayyor bilim reproduktiv 
fikrlashni shakllantirsa, bilimlarni integratsiyalash ijodkorlikni rivojlantiradi. 
Bugungi kunning asosiy muammolaridan biri maktab o‗quvchilarini chuqur bilim, 
ko‗nikma, malaka va kompetensiyaviy yondashuv orqali rivojlantirishdan iborat. 
Fanlararo integratsiya o‗quvchilarni fanga qiziqishini oshiradi, bilimlarini 
mustahkamlaydi, ularda amaliy ko‗nikma shakllantirilishi mavzuning dolzarbligini 
ko‗rsatadi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə