Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


EKOSFERA VA UNING TABIIY OMILLARI



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə338/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

EKOSFERA VA UNING TABIIY OMILLARI 
 
Allaberganov H.A. – Chirchiq davlat pedagogika instituti, Tabiiy fanlar 
fakulteti dekani o„rinbosari 
 
Annotatsiya. 
Maqolada geografiya ta‘limidagi yangi tushunchalardan biri -
ekosfera, uning tuzilishi va tabiiy omillari haqidagi fikr yuritilgan. 
Kalit so„zlar: 
ekosfera, makoniy tuzilma, moddalar almashinuvi, biota, 
geografik mintaqa, geografik zona. 
ЭКОСФЕРА И ЕЕ ПРИРОДНЫЕ ФАКТОРЫ 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
335 
Аллаберганов Х.А. - заместитель декана факультета Естественных наук 
Чирчикского государственного педагогического института 
 
Аннотация

В статье рассматривается одно из новых понятий в 
географическом образовании - экосфера, ее структура и природные факторы. 
Ключевые слова:
экосфера, пространственная структура, обмен 
веществ, биота, географический регион, географическая зона. 
ECOSPHERE AND ITS NATURAL FACTORS 
 
Allaberganov H.A. - deputy dean of the faculty of Natural sciences of the 
Chirchik state pedagogical institute 
 
Annotation.
The article deals with one of the new concepts in geographical 
education - the ecosphere, its structure and natural factors. 
Key words:
ecosphere, spatial structure, metabolism, biota, geographical 
region, geographical zone. 
 
Ekosfera – g‗oyat murakkab tabiiy tizim bo‗lib, uning bir necha modellari 
farqlanadi. Ekosferani bir-biridan fizikaviy va kimyoviy xossalari bilan 
farqlanadigan, biroq o‗zaro kirishimli Yer sferalari (qobiqlari) to‗plami sifatida 
tasavvur etish mumkin. Boshqacha aytganda, Yer ekosferasini o‗ziga xos energetik 
rejim va moddalar almashinuviga ega bo‗lgan, to‗g‗ri va teskari aloqalar bilan o‗zaro 
bog‗langan, juda ko‗p tarkibiy qismli yaxlit global geoekotizim sifatida tasavvur 
qilish mumkin [1]. 
Ekosferani tabiiy-hududiy majmualar yoki landshaftlar to‗plami sifatida ham 
qarab chiqish mumkin. Yuqorida ta‘kidlangan qarashlarga muvofiq, Yer 
ekosferasining turli xil modellari farqlanishi, ularning har biri o‗z afzalliklari va 
kamchiliklariga ega bo‗lishi mumkin.
Yer sayyorasi moddalar zichligiga bog‗liq holda qatlamli tuzilishga ega 
bo‗lib, bir necha geosferalardan tarkib topgan. Litosferaning yuqori, atmosferaning 
quyi qismi, gidrosfera va biosfera o‗zaro ta‘sirlashadigan, bir-biriga kirishadigan 
makon, ya‘ni ekosfera murakkab tuzilmaga ega bo‗lib, uning tarkibida ba‘zida 
kriosfera (muz qatlami yoki qobig‗i), pedosfera (tuproq qatlami yoki qobig‗i) ajratib 
ko‗rsatiladi. Shu sababli geoekologik hodisalar (jarayonlar) va muammolar haqida 
gap ketganda yaxlit Yer sayyorasi emas, balki ekosfera nazarda tutiladi. 
Demak, ekosfera - atmosferaning eng quyi bir necha o‗n kilometrini, 
litosferaning eng ustki bir necha yuz metrini, shuningdek gidrosfera, pedosfera va 
biosferani to‗liq o‗z ichiga qamrab oladi. Ekosferaga bir butunlik, modda va energiya 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   334   335   336   337   338   339   340   341   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə