Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
337 
10) ekosferaga geografik zonallik, ya‘ni ekvatordan qutblar sari geografik 
tarkibiy qismlar yoki geoekotizimlarning qonuniy o‗zgarishi xos bo‗lib, Quyoshdan 
keladigan issiqlik miqdori Yer sayyorasi sharsimonligi tufayli turli kengliklarda har 
xilligi bilan shartlanadi; 
11) ekosferaga balandlik mintaqalanishi, ya‘ni tog‗lar etagidan cho‗qqisiga 
qadar geografik tarkibiy qismlar yoki geoekotizimlar qonuniy o‗zgarishi xos bo‗lib, 
balandlik sari iqlim o‗zgarishlarining sodir bo‗lishi bilan shartlanadi; 
12) Yer geosferasi – makoniy ochiq tizim, uning evolyutsiyasi va rejimi 
issiqlik muvozanati, moddalarning (kislorod, azot, uglerod va sh.k.) katta aylanma 
harakati bilan aniqlanadi. 
Eng muhimi, Yer sayyora sifatida quyidagi bir qator geoekologik oqibatlarni 
keltirib chiqargan: 
1) Yer – nisbatan kichik sayyora (umumiy maydoni 510 mln. km2, shundan 
jami quruqlik – 149 mln. km2) bo‗lib, jahon aholisi va uning ehtiyojlari o‗sib borishi 
sharoitida bu makon va undagi resurslarning cheklanganligi, ertami-kechmi, global 
ekologik falokat sodir bo‗lishiga olib kelishi mumkin; 
2) Quyosh – ekosfera faoliyati uchun zarur bo‗ladigan eng asosiy energiya 
manbaidir. Yer boshqa sayyoralarga nisbatan Quyoshga eng maqbul, ya‘ni 
ekosferada kechadigan jarayonlar uchun zarur bo‗lgan energiya miqdorini olish 
uchun yetarlicha yaqin, ya‘ni 150 mln. km uzoqlikdagi masofada joylashgan, shu 
bilan birga, ortiqcha energiya olishi (to‗plashi) uchun u qadar yaqin bo‗lmagan 
masofada joylashgan;
3) Yerning o‗z atrofida aylanish o‗qi uning Quyosh atrofida aylanish 
(ekliptika) tekisligi bilan 66033‘ burchak hosil qiladi. Bu holat Yer o‗qining og‗ish 
burchagi deyiladi. Bu burchak Yerning Quyosh atrofida yil davomida aylanishi 
tufayli quyosh radiatsiyasining yer yuzasi bo‗ylab notekis (o‗zgarchan) taqsimoti va 
yil fasllari almashinuvini keltirib chiqaradi, ya‘ni Quyosh nurlari sharsimon Yer 
yuzasining turli kengliklariga turlicha burchak ostida tushadi; bu burchaklar qutblarga 
tomon qisqarib boradi va shunga bog‗liq holda yer yuzasining isitilish (yoritilish) 
sur‘ati ham pasayib boradi. Bu jarayon ekosferaning issiqlik taqsimoti va iqlimida o‗z 
aksini topadi: tabiat mintaqalari va ular egallagan maydonlar (tropik mintaqalar – 50 
%, mo‗tadil mintaqalar – 37 %, qutbiy mintaqalar – 13 %) hamda landshaftlarning 
xilma-xilligi vujudga keladi; 
4) Yerning o‗z o‗qi atrofida sutkalik aylanishi (24 soat) kun bilan tun 
almashinuvini keltirib chiqaradi, natijada ekosferada (landshaftlarda) kechadigan 
hayotiy jarayonlarda sutkalik ritmlar vujudga keladi, shuningdek bu aylanishning 
buruvchi kuchi (shimoliy yarim sharda – o‗ngga, janubiy yarim sharda – chapga) 
havo massalari, okean oqimlari hamda daryolar yo‗nalishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi 
va sh.k. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə