Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə343/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

Uglerod 





Azot 







Fosfor 



Oltingugurt 





Ma‘lumki, Yerning sharsimonligi tufayli Quyosh radiatsiyasi turlicha 
taqsimlanishi oqibatida geografik zonallik vujudga kelgan. Yer yuzasidagi geografik 
zonallik landshaftlarning ekvatordan qutblarga tomon turli kengliklar bo‗yicha 
mintaqalar va zonalar tarzida almashinib borishida, ya‘ni landshaftlarning geografik 
zonalligi va xilma-xilligida namoyon bo‗ladi. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
340 
Yer sayyorasida o‗n uchta geografik mintaqa farqlanadi: ekvatorial, shimoliy 
va janubiy subekvatorial, shimoliy va janubiy tropik, shimoliy va janubiy subtropik, 
shimoliy va janubiy mo‗tadil, subarktika, subantarktida, arktika va antarktida. Yerda 
quruqlik va okeanlarning notekis joylashuvi geografik mintaqalar chegaralarining 
to‗g‗ri chiziqlar bo‗ylab emas, balki egri-bugri chiziqlar ko‗rinishida aks etishiga olib 
kelgan [2]. 
Ekosferadagi har bir geografik mintaqa bir-biridan quyidagi o‗ziga xos tabiiy 
sharoitlari bilan farqlanadi: 
1) havo massalari shakllanishining xususiyatlari; 
2) atmosfera umumiy sirkulyatsiyasida mintaqaning tutgan o‗rni va 
ahamiyati; 
3) issiqlik muvozanatining tuzilmasi; 
4) suv muvozanati va rejimining tuzilmasi; 
5) geomorfologik jarayonlarining o‗ziga xos xususiyatlari; 
6) geokimyoviy jarayonlarining o‗ziga xos xususiyatlari; 
7) tuproqlari shakllanishining o‗ziga xos xususiyatlari; 
8) biogeografik xususiyatlari
9) landshaftlari tuzilmasining o‗ziga xos xususiyatlari va sh.k. 
Geografik mintaqalar issiqlik muvozanati, namlanish sharoiti va o‗simliklari 
bo‗yicha farqlanadigan geografik zonalarga bo‗linadi. Har bir geografik zona bir-
biridan tuproq-o‗simlik qoplami (tiplari), gidrologik, geokimyoviy, biogeografik va 
boshqa jarayonlari bilan farq qiladi. Masalan, shimoliy mo‗tadil mintaqa (400–650 
shimoliy kengliklar orasida) quyidagi zonalarga ajratiladi: keng bargli o‗rmonlar 
zonasi, aralash o‗rmonlar zonasi, o‗rmonli dasht zonasi, dasht zonasi, chala cho‗l 
zonasi, cho‗l zonasi va sh.k. Shu bilan birga, har bir geografik zona tabiat va jamiyat 
o‗zaro munosabatlarining o‗ziga xos muammolari, boshqacha aytganda, faqat o‗ziga 
xos geoekologik muammolari bilan ham farqlanadi [2]. 
Geografik zonalar ichida (asosan tekisliklar, past tog‗lar bo‗ylab) geologik 
tuzilishi, relyefi, issiqlik va namlik ko‗rsatkichlari, shuningdek faqat o‗ziga xos 
biogeokimyoviy jarayonlari, tuproq-o‗simliklar qoplami, hayvonot dunyosi bilan 
shartlangan hamda tarqalgan landshaft tiplari farqlanadi.
Tog‗li hududlarda landshaftlar shakllanishining eng muhim omili dengiz 
sathidan balandlik oshgan sari yer yuzasidagi issiqlik muvozanati qiymatining 
pasayishi (har 100 metr balandlikda 0,60) hisoblanadi. Shu asosda balandlik 
mintaqalari (tik zonallik) paydo bo‗ladi. Tik zonallik tuzilmasi tog‗ tizimi u yoki bu 
geografik mintaqa va zonada joylashganligi, shuningdek balandligiga bog‗liq bo‗ladi. 
Tog‗ etagidagi landshaft shu tog‗ joylashgan geografik zona landshaftiga o‗xshaydi.
Tog‗larda tik zonallik mavjudligi, uning tekislik landshaftlari zonal tiplariga 
o‗xshashligi geografik zona uch o‗lchamli ekanligidan dalolat beradi. Shunga 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   339   340   341   342   343   344   345   346   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə