Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

Qaysi non arzonroq? 
Masala bir necha qadamda yechiladi. 
1-qadam: 
Nonlar slindr shaklida bo‗lsa-da, ularning qalinligi deyarli bir xil. Demak, 
dastlab ularning yuzlarini topish kerak. 
2-qadam:
1-non yuzi: S= πr
2
=125π 706,5 Sm
2
2-non yuzi: S= πr
2
=400π 1256 Sm
2
3-qadam 
1-nonning yuz birligidagi narxi. 3 taqsim 706,5 
0,004 
2-nonniki esa: 4 taqsim 1256
0,003 
Javob:
Ikkinchi non birinchisiga qaraganda arzonroq ekan. 
Boshlang‗ich ta‘limda xalqaro baholash tizimlaridan foydalanish 
jarayonida hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan ta‘lim sohasiga juda katta 
e‘tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot rivojlanib 
borayotgan vaqtda yoshlarning har tomonlama yetuk, bilimli, zamonaviy, mustaqil 
fikrlay oladigan bo‗lib voyaga yetishi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun 1-
navbatda mamlakatda ta‘lim yuqori darajada rivojlangan bo‗lishi kerak. Ta‘lim 
sifati va samaradorligini oshirishda ilg‗or xorijiy tajribalarni o‗rganish, xalqaro 
standart talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.
 
Xalqaro baholash dasturlari boshlang‗ich sinflardan boshlab amaliyotga 
joriy etilmoqda. Boshlang‗ich sinflarda xalqaro baholash dasturlarning PIRLS, 
TIMSS, EGMA va EGRA turlaridan foydalaniladi. 
PIRLS ( xalqaro o‗qish savodxonligini yuksalishi) - bu turli davlatlarda 4-
sinfda tahsil oluvchi o‗quvchi yoshlarning matnni o‗qish va tushunish darajalari 
sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
61 
TIMSS- 4-8-sinf o‗quvchilarining matematika va tabiiy fanlarni o‗qitish 
sifatining xalqaro monitoringi bo‗lib shu fanlar bo‗yicha egallagan bilim darajasi 
va sifatini solishtirish hamda milliy ta‘lim darajasi va sifatini solishtirish hamda 
milliy ta‘lim tizimidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari ta‘lim 
mazmuni, o‗quv jarayoni, o‗quvchilarning oilalari bilan bog‗liq omillar 
o‗rganiladi. Tadqiqot 4 yilda bir marta o‗tkaziladi. Xalqaro baholash dasturlaridan 
biri PISA (Programme for International student Assument) turli davlatlarda 15 
yoshi o‗quvchilarning savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo‗llash 
qobiliyatini baholovchi dastur. 
Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‗tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab 
chiqilgan. 2000-yilda ilk bor qo‗llanilgan. Hozirgi kungacha jami 7 marta PISA 
dasturi bo‗yicha testlar o‗tkazilgan bo‗lib, keying sinovlar 2021-yilda bo‗lishi 
rejalashtirilgan. Mamlakatimizda ham 2021-yildan bu dasturga qo‗shilishga 
tayyorgarlik ko‗rmoqda. Lekin bu dasturlarda qatnashishdan maqsad testlarni 
o‗tkazish yoki o‗quvchilarni testga tayyorlash emas, o‗quvchilarimizda XXI asr 
ko‗nikmalarini shakllantirish raqobatbardosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam 
zamin yaratish hisoblanadi. 
PISA testlari xuddi shu o‗zgarishlarni ta‘lim tizimida aks ettirish, maktab 
o‗quvchilarining haqiqiy hayotda kerak bo‗ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan 
xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko‗nikmalarini qay darajada 
egallayotganini, 
ta‘lim 
tizimining 
bu 
o‗zgarishlarga 
qanchalik 
moslashayotganligini aniqlash maqsadida o‗tkaziladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi farmoni 
bilan tasdiqlangan ―Xalq ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi‖da [5] uzluksiz ta‘lim sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarish jahon 
ta‘lim reytinglarida mamlakatimizni yuqori pog‗onalarga olib chiqish kabi bir 
qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan, PISA Xalqaro o‗quvchilarni 
baholash dasturi reytingida O‗zbekistonning 2021-yilda birinchi 70 talikka, 2025-
yilda 60 talikka va 2030-yilda birinchi 30 ta ilg‗or mamlakatlar qatoriga kirishi 
ko‗zda tutilgan. PISA dasturi bo‗yicha xalqaro arenada munosib o‗rin egallash, bu 
shunchaki raqam emas, balki uning ortida mashaqqatli mehnat, ta‘lim sifati, 
kadrlar salohiyati, o‗quvchilarning bilim va ko‗nikmalari, o‗quv dasturlari va 
darsliklar, ta‘lim muassasalarining moddiy texnik ta‘minoti, bir so‗z bilan 
aytganda, milliy ta‘lim tizimining qanchalik tayyor ekanligi bilan bog‗liq masala 
yotadi. Ta‘lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan nufuzli xalqaro 
tashkilotlar o‗rtasida hamkorlik aloqalari o‗rnatilib, O‗zbekistonning PISA va 
PIRLS dasturlarida ilk marotaba 2021-yilda ishtirok etishi rejalashtirildi. 
Qisqacha qilib aytganda, xalqaro tadqiqotlar natijalari yoshlarimizning 
hayotga qanchalik va buning uchun ularga taqdim etilayotgan ta‘lim dasturlari 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə