Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

Matematik savodxonlik - 
Shaxsning matematikani turli kontekstlarda 
formalizatsiya qilish, qo‗llash va talqin qilish qobiliyatidir. U hodisalarni 
tushunish, tushuntirish va bashorat qilish uchun o‗z ichiga matematik 
mulohazalarni yuritish, matematik tushunchalarni, usullarni, faktlarni va 
vositalarni qo‗llash kabi jihatlarni olgan. 
Matematik savodxonlikni baholashni tashkil qila olishning asosida 
quyidagi uchta o‗zaro bog‗liq jihatlar turadi [1]. 
- Topshiriqlarda ishlatiladigan matematik tushunchalar majmui (mazmuni). 
- Muammoni taqdim etadigan kontekst. 
- Bu kontekstni qo‗yilgan muammoni yechishga zarur bo‗lgan matematika 
bilan bog‗lash uchun o‗quvchi faoliyatini tasvirlaydigan matematik aqliy 
jarayonlar. 


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
59 
PISA va TIMMS qiyosiy xalqaro tadqiqotlar natijalari: Yangi DTS lari va 
umumiy o‗rta ta‘lim o‗quv dasturlarini, shu jumladan STEAM usulini bosqichma – 
bosqich joriy etish va takomillashtirish ko‗zlangan. Ta‘lim sifatini oshirish uchun 
uning holati va rivojlanish tendensiyalarini uzluksiz monitoringini olib borish va 
o‗quvchilarning o‗quv yutuqlarini obyektiv baholashni amalga oshirish lozim. 
Xalqaro PISA tadqiqotining maqsadi 15 yoshli o‗quvchilarning matematika va 
tabiiy fanlar bo‗yicha o‗qish savodxonligini baholashdan iborat. Shu bilan birga 
tadqiqotda ishtirok etgan mamlakatlarda o‗quvchilarning natijalaridagi farqlarni 
tushuntiruvchi omillarni o‗rganadi.
PISA ish asboblar to„plami quyidagilarni o„z ichiga oladi: 
-test topshiriqlari va tut risolalari. 
-ta‘lim muassasalari o‗quvchilari uchun so‗rovnomalar. 
-ta‘lim tashkilotlarini boshqarish uchun so‗rovnomalar. 
-tut va so‗rov o‗tkazgan shaxs uchun qo‗llanma. 
-ta‘limni tashkil etish koordinatori uchun qo‗llanma. 
-tut topshiriqlarini, ma‘lumotlarini kiritish va qayta ishlashni baholash 
bo‗yicha qo‗llanma. 
PISA testlar
5 ta yo‗nalishda o‗tkaziladi, o‗qish, matematik savodxonlik, 
tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik 
yo‗nalishi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə