Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
67 
saviyaga ega bo‗lish sharti talabalarning iqtisodiy madaniyatini rivojlantirish 
zaruriyatini qo‗yadi. 
XX arning 80-yillari oxiri–XX asrning 90-yillari boshlarida O‗zbekistonning 
bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida o‗quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash va shunga 
mos ravshda o‗qituvchilarni tayyorlash ilmiy jamoatchilikning jiddiy e‘tiborini tortdi. 
Shu bilan birga, iqtisodchilar va pedagog tadqiqotchilar o‗zlarining ilmiy 
izlanishlarida pedagogika oliy o‗quv yurtlarida iqtisodiy madaniyatni rivojlantirishni 
shakllari va usullarini asoslashga urinayotgan bir paytlarida O‗zbekiston Respublikasi 
Ta‘lim vazirligi tomonidan yangi Davlat ta‘lim standartlari joriy etildi va 
umumta‘lim sifatida o‗rganilayotgan zamonaviy inson uchun zarur mafkuraviy va 
iqtisodiy fanlar tubdan qisqartirildi. Ularga ko‗ra, pedagogika oliy o‗quv tashkilotlari 
uchun endilikda faqatgina ta‘lim muassasalarining tashabbusi bilan o‗rganiladigan 
―ixtiyoriy‖ fanlar toifasiga o‗tkazildi. Boshqacha qilib aytganda, bo‗lajak 
o‗qituvchilarning (va ular orqali aholining asosiy qismini) iqtisodiy madaniyatini 
rivojlantirish muammosi pedagogik e‘tibor sohasidan tushib qolganligini ta‘kidlash 
mumkin. Lekin bu tubdan noro‗g‗ri! 
Chunki bugungi kunda mulkchilik munosabatlari rivojlanayotgan ayniqsa, 
yakka tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, sherikchilikdagi tadbirkorlik va oila 
tadbirkorliklari rivojlanayotgan bosqichda, maktabgacha ta‘lim, o‗rta ta‘lim va oliy 
ta‘lim muassasalari xususiy tadbirkorlik shaklida faoliyat yuritib, insonlar hayotida 
o‗z o‗rnini mustahkamlab bormoqda. Ayniqsa, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi ―Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim tizimiga 
boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi [2] PQ–
4391-son qaroriga asosan o‗zini-o‗zi moliyalashtirish tizimiga o‗tayotgan oliy ta‘lim 
muassasalariga berilgan vakolat va huquqlar ushbu O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ―Davlat oliy ta‘lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish 
chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori, 24.12.2021 yildagi PQ-61-son qarorga muvofiq 
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta‘lim muassasalari shakllanayotgan 
jarayonda noiqtisodiy oliy ta‘lim muassasalari talabalarining iqtisodiy madaniyatini 
rivojlantirishga alohida e‘tiborni qaratish dolzarb masalalardan bo‗lib qoladi [3]. 
Shu o‗rinda ―Iqtisodiy madaniyat nima?‖ degan savolga tushuncha berib 
ketishni o‗rinli deb bilaman. Iqtisodiy madaniyat insonlarning umumiy 
madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida tan olinadi va ushbu kategoriyaga 
iqtisodchi, filosof va psixolog olimlar turlicha yondashadi.
T.I.Zaslavskaya va R.V.Rubkinning ta‘kidlashicha, iqtisodiy madaniyat – bu 
iqtisodiy xatti-harakatlarni tartibga soluvchi va iqtisodiy bilimlarni ijtimoiy xotirasi 
bo‗lib xizmat qiluvchi ijtimoiy qadriyatlar va me‘yorlar to‗plami [6]. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə