Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
75 
1) O‗quvchilarni dars va darsdan tashqari hamda bo‗sh vaqtlarda ijrochilik 
faoliyatiga undash; 
2) ularda badiiy did va qiziqishlar shakllanishiga yordam berish; 
3) jamoaviy ijrochilikka qiziqishlar shakllanishiga yordam berish; 
4) cholg‗ular tembrlarini farqlash, ularni jaranglashdagi uyg‗unligini his eta 
olishlariga erishish; 
5) Musiqiy qobiliyatlarning (lad, ritm, shaklni his etish, tembr, melodik, 
garmonik eshituv, xotira) rivojlanishini faollashtirish
6) O‗quvchilarda musiqiy ifoda vositalarining ahamiyati haqidagi tasavvurni 
shakllantirish. 
Bu vazifalarni amalga oshirishda musiqiy-o‗quv repertuari va ish metodlari 
hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 
Darsda qo‗llaniladigan musiqiy materialning eng asosiy xususiyati - uning
ya‘ni bir yoki bir necha asarning o‗zida bir qator tasavvur, malaka, ko‗nikmalar 
shakllantirilishi imkoniyati borligidadir. Bundan tashqari, musiqiy material 
o‗quvchilar va o‗qituvchining birgalikdagi ijrosi uchun qulay bo‗lishi va ijodiy 
harakatlar shakllantirishga qaratilgan bo‗lishi lozim. Bolalar cholg‗ularida chalish 
eshituv va ovoz koordinatsiyasi bo‗sh bo‗lgan o‗quvchilarning musiqiy-ijodiy rivoji 
uchun ham ayniqsa foydalidir [4]. 
Musiqa o‗qituvchisi musiqa cholg‗ulari yordamida bolalarni musiqaga mos 
ravishda harakat qilishga o‗rgatadi. Bolalar tanishib bo‗lgan kuylariga mos ohang 
chalishni ritmga mos usul berishni, yеngil bo‗lgan kuylarni ijro etishni, qo‗shiq 
kuylash jarayonida jo‗r bo‗lishni o‗rganadi. Bolalar cholg‗ulari sof jaranglashi, toza 
sozlanishi o‗ziga xos tembriga ega bo‗lishi, ko‗rinishi va og‗irligi jihatidan bolalarga 
mos bo‗lishi kerak. O‗quvchilarga ta‘mirtalab cholg‗ular berilmasligi kerak. 
Musiqa darslari yakunida o‗quvchilar quyidagilarni bilishlari lozim: 
-cholg‗ular nomlarini va ularni ehtiyot qilish yo‗llari; 
-cholg‗ular tembrlarini eshituvda farqlash va ularning ifodaviylik 
xususiyatlarini anglashlari; 
-har qaysi cholg‗u asbobida chalish usullari va yo‗llarini o‗rganish; 
-cholg‗ularda tovush hosil qilish va tovush yo‗naltirishning ifodaviylik 
ahamiyatini tushunish; 
-ansambl ijrochiligi malakalarini hosil qilish, murakkab bo‗lmagan kuylarni 
chala olish; 
-tovush balandligiga ega cholg‗ularda baland va past tovushlarning 
joylashuvini bilish, nota nomlari va ularning nota chizig‗idagi o‗rnini bilish. 
Darsdagi ish natijalari ko‗proq cholg‗ularga bog‗liq bo‗lishi kerak. Shuning 
uchun ba‘zi cholg‗ularning tovush sifatiga, tovush hosil qilish texnikasi talablarini 
hisobga olish zarur. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə