Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
74 
ilmiy dunyoqarashining shakllanishi va mustahkamlanishi yo‗lida asosiy poydevor 
bo‗lib xizmat qiladi.
Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‘naviy dunyoqarashini 
shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatiga ega 
bo‗lib, o‗quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va musiqiy-estetik tarbiyaning 
muhim vositasi sanaladi.
O‗zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida xalq musiqa ijodiyoti xalq hayotini 
barcha tomonlarini badiiy aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Unda 
xalqimiz hayotining turli davrlaridagi tarixiy-badiiy ko‗rinishlari bilan birga xalq 
pedagogikasining eng ilg‗or, oliyjanob g‗oyalari umumlashganligi bois, yoshlarning 
badiiy-estetik va axloqiy, ma‘naviy tarbiyasida foydalanish ta‘lim sohasiga 
qo‗yilayotgan ijtimoiy buyurtmani bajarishda qo‗l keladi. O‗sib kelayotgan yosh 
avlodni, shaxsning ma‘naviy tiklanishi, uning dunyoqarash salohiyatining va dunyo 
madaniyatiga integratsiyasining zaruriy tarkibiy qismi sifatida uning qobiliyatlarini 
rivojlantirish, milliy-madaniy material asosida o‗qitish va tarbiyalash alohida 
dolzarblik kasb etmoqda.
Shaxs rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‗rsatadigan va madaniyatini 
yuksaltiradigan muhim omillardan biri musiqiy tarbiya hisoblanadi.
O‗quvchilarning musiqa madaniyati darsiga bo‗lgan qiziqishlarini o‗stirish 
uchun dars samaradorligini oshirish, o‗quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga 
olgan holda darslarni to‗g‗ri tashkil etish davr talabi. Musiqa ta‘limi jarayonini 
nazariy jihatdan tahlil qilish, ilg‗or o‗qituvchilar tajribasini o‗rganish, darsni turli 
bosqichlarga bo‗lib o‗tish o‗zining ijobiy natijalarni bеradi [3]. 
Birinchidan, bu
 
o‗quvchilarni darsga moslashtirishdan iborat bo‗lib, 
o‗quvchilarda xayrixohlik munosabatlarini hosil qilishni, bajariladigan ishlar bilan 
tanishtirishni, yakka tartibdagi va jamoa vazifalarini bеlgilashni ta‘minlaydi. 
Ikkinchidan, o‗quvchilarning bilim va malakalarni mustahkamlaydi. Bunda 
o‗quvchilarning mustaqil fikrlay olishlari uchun bilimlar doirasini kеngaytirishga, 
mavzuga ijodiy yondashish ko‗nikmalarini o‗stirishga, fikrlash qobiliyati faolligini 
takomillashtirishga erishiladi. 
Zamonaviy musiqiy tarbiya tizimida, ayniqsa, musiqa darslarini o‗tkazishda 
bolalar musiqa cholg‗ulari o‗ta muhim va nozik hisoblanadi. Bu faoliyat turi darsdan 
tashqari to‗garaklarda ham qo‗llaniladi. 
Bolalar musiqa cholg‗ularida chalish - o‗quvchilarning jamoaviy ijrochilik 
faoliyati turlaridan biridir. Uning darsdagi o‗rni - o‗quvchining musiqiy qobiliyatini 
yuzaga chiqarish va rivojlantirish, kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarining badiiy 
tajribasini boyitish, ijrochilik faoliyatiga qiziqish uyg‗otishdir. 
Dars sharoitida bolalar cholg‗u asboblarida ijrochilik faoliyatini qo‗llash bir 
necha o‗quv-pedagogik vazifalarini hal etishga qaratilgan: 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə