Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
76 
Bolalar musiqa cholg‗ularida ijro bu o‗quvchilarning jamoa bo‗lib ijro 
etadigan faoliyat turlaridan biridir. Uning darsdagi ahamiyati - bolalarning musiqiy 
qobiliyatlarini kamol toptirish va rivojlantirish, boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining 
badiiy malakalarini boyitish, ijro faoliyatiga qiziqish uyg‗otish va uni 
rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga bolalarning musiqiy ijodkorlikka bo‗lgan 
emotsional munosabatini maqsad sari to‗g‗ri yo‗naltirish va ijro usullarini 
o‗zlashtirishlari muhimdir. 
Musiqa cholg‗ularida ijroni darsga kiritilishiga quyidagi pedagogik 
vazifalarni kiritishimiz mumkin: 
- darsda, darsdan tashqari va bo‗sh vaqtlarda bolalarning ijro faoliyatini 
rivojlantirish; 
- bolalarda badiiy did va qiziqishni rivojlantirishga imkoniyat yaratish; 
Orkestrda ijro etishga qiziqishni o‗yg‗otish, uni tarbiyalash; 
- cholg‗ular tembrini farqlashga, ularning yangrashidagi garmoniyani his 
qilishga o‗rgatish; 
Musiqiy qobiliyatlarining rivojini tezlatish (faollashtirish) (metr hissini, ritm 
hissini, musiqa shaklini; tembr, garmonik, melodik eshituvni) 
- Musiqiy nutq elementlari va musiqaning ifoda vositalari haqidagi 
taasurotlarni shakllantirish 
O‗quv tarbiyaviy vazifalarni bajarayotganda - repertuar, ish uslubiga katta 
ahamiyat 
beriladi. 
Musiqiy 
materialning 
bosh 
xususiyati 

bu 
uning 
universalligidadir. Bu o‗sha ijro etilgan barcha asarlar - tasavvur, malaka, ko‗nikma, 
his-tuyg‗ularinng shakllanishiga asos bo‗la oladi. Bundan tashqari musiqiy material 
o‗quvchilar va o‗qituvchining birga ijro etishi uchun va o‗quvchilarning ijodiy 
faoliyatini rivojlantirishga qaratilganligi va qulay bo‗lishi talab etiladi. 
Jumladan, cholg‗u asboblarini chalish orqali o‗quvchilarda
estetik madaniyat, 
ijodkorlik va amaliy faoliyatni rivojlantirish kompetensiyalari shakllanadi
.
O‗quvchilarda qalb go‗zalligi, harakatlar muvofiqligi kabi xislatlar tarbiyalayalanadi. 
Umuman olganda kuy insonni xush fazilatli, samimiy, ziyrak, ko‗ngilchan, yuksak 
ahloqli, madaniyatli hamda ma‘naviyat egasi qilib shakllantirishda katta imkoniyatlar 
taqdim etadi. Bundan tashqari musiqiy kuy bolalar ruhiyatiga ham ijobiy ta‘sir 
ko‗rsatadi. Bolalarning eshitish qobiliyati, ko‗rish xotirasi, tafakkuri va diqqatini 
rivojlantiradi. Bolalik davri - inson dunyoqarashi, fikr-xayoli, didi, salohiyati 
shakllanishiga zamin yaratiladigan eng muhim bosqich.
Musiqa orqali bolalarni ijodkorligini rivojlantirishga go‗zallikni ko‗ra 
bilishga o‗rgatish va uning barcha ko‗rinishlaridan zavq ola bilishga o‗rgatadi, 
Bolalar musiqa orqali yaxshilik va yomonlik mohiyatini anglab boradi, ular 
dunyodagi qarama-qarshiliklarni tushunib yеtadi. Shuningdek, bolalar mumtoz 
musiqa, adabiyot, balet, operadan zavq olishga o‗rgatiladi. Musiqa barcha davrlarda 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə