Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
68 
J.T.Toshchenko iqtisodiy madaniyatni bilim, ishonch va ijodiy amaliyot 
faoliyatining, shuningdek, jamiyat taraqqiyoti jarayonida odamlar tomonidan 
yaratilgan ushbu faoliyat natijalarining uzviy birligida sifatida belgilaydi [7]. 
Rivojlangan shaxs iqtisodiy madaniyati – murakkab, kompleks, tizimli, 
barqaror va rivojlanuvchi hodisa, shaxsning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish esa, 
shaxsni madaniyati vujudga kelishiga va rivojlanib borishiga tizimli ta‘sir 
o‗tkazishini talab qiluvchi yaxlit bir jarayon. [8]. 
Iqtisodiy madaniyatning tarkibiy qismi talabaning egallangan iqtisodiy 
bilimlarini, iqtisodiy tafakkurini va iqtisodiy yo‗nalishini o‗z ichiga oladi:
Iqtisodiy bilim – bu tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va 
iste‘mol qilish jarayoni va xizmat ko‗rsatish, jamiyatning turli elementlari o‗rtasidagi 
iqtisodiy munosabatlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari haqidagi bilimlar 
majmuasiga ega bo‗lishdir. Iqtisodiy bilimlarni esa, bizni o‗rab turgan muhitdagi 
o‗zaro iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy rivojlanish qonuniyatlari shakllantiradi. Ular 
asosida iqtisodiy tafakkur, amaliy ko‗nikmaga ega ma‘naviy barkamol, har qanday 
iqtisodiy sharoitda to‗g‗ri yo‗l tuta oladigan va iqtisodiy fazilatlarga ega shaxs 
rivojlanadi. Iqtisodiy bilimlarga ega bo‗lish talabalarga zamonaviy sharoitda o‗zini 
ishonchli va erkin his qilish imkonini beradi.
Iqtisodiy tafakkur - muayyan ijtimoiy va iqtisodiy vaziyatlarda iqtisodiy xatti 
-harakatlarni ongli ravishda namoyon qilish; tahlil qilish, iqtisodiy vaziyatni baholay 
olish, to‗g‗ri iqtisodiy qarorlar qabul qilishdir. 
Iqtisodiy tafakkur - insonlar o‗z xo‗jaliklarini yuritishlarida bevosita o‗zlari 
rahbarlik qiladigan yangi iqtisodiy qarashlar, g‗oyalar, hodisalarni baholash va qaror 
qaror qabul qilish yo‗larini egallash va ifodalash jarayonidir. Iqtisodiy tafakkur 
amaliyotda bevosita iqtisodiy bilimlardan foydalanishni o‗z ichiga oladi. Bu iqtisodiy 
hodisa va jarayonlarni mohiyatini tushunishga, o‗rganilgan iqtisodiy tushunchalarni 
to‗g‗ri talqin qilishga va turli xil iqtisodiy vaziyatlarning tahlilini taqdim etishga 
yordam beradi. Iqtisodiy fikrlash insonlarning iqtisodiy manfaatlari bilan 
chambarchas bog‗liq bo‗lib, u iqtisodiy rivojlanishning obyektiv omillari
jamiyatdagi iqtisodiy ongning holati va iqtisodiy o‗zgarishlarda ishchilarning 
ishtiroki ta‘siri ostida shakllanadi. 
Iqtisodiy yo‗naltirilganlik – insoning xo‗jalik yuritish sohasida iqtisodiy xulq-
atvorni shakllantiradigan, iqtisodiy faoliyat sabablari, ijtimoiy me‘yorlari va 
shaxsning psixologik fazilatlarini belgilaydigan ijtimoiy ehtiyojlar, qadriyatlar va 
iqtisodiy munosabatlar tizimi. Shaxs iqtisodiy yo‗nalishining elementlari – bu 
insonning iqtisodiy sohadagi ehtiyojlari, manfaatlari va qiziqishi. Shuningdek, 
shaxsning iqtisodiy yo‗nalishi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy ahamiyatga ega 
qadriyatlarni o‗z ichiga oladi. 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə