Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/362
tarix29.11.2023
ölçüsü3,74 Mb.
#139669
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   362
8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON 
62 
bugungi kun talabiga qanchalik javob berishini ko‗rsatib beradi. Xalqaro 
tadqiqotlarni joriy etish bo‗yicha xalqaro tajribalar o‗rganilganligi, 30 nafarga 
yaqin mas‘ul xodimlarning xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishlari, 7 nafar 
xalqaro ekspert jalb qilinishi, Respublika bo‗yicha 260 nafar trener tayyorlanganini 
birinchi qadamlar sifatida aytish mumkin. Umumta‘lim maktablari o‗quvchilarini 
baholash dasturlariga tayyorlash maqsadida Respublika bo‗yicha 348 ta tayanch 
maktab belgilab olindi. 
Boshlang‗ich sinflarda zamonaviy xalqaro pedagogik texnologiyalarga 
asoslangan darslarning samaradorligi, hozirgi kunda ta‘lim jaroyonida innovatsion 
pedagogik va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayoniga qo‗llashga bo‗lgan 
qiziqish, e‘tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Innovatsion pedagogik 
texnologiyalar ta‘lim jarayonida sifat samaradorligini oshiradi, o‗quvchilarning 
mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi. O‗quvchilarda mavzuni o‗rganishga 
ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkamlash o‗zlashtirish ulardan 
amaliyotda erkin foydalanish ko‗nikma malakalarni shakllantiradi.
Innovatsion ta‘lim, ta‘lim oluvchi yangi g‗oya, me‘yor, qoidalarni yaratish, 
o‗zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg‗or g‗oyalar, me‘yor, qoidalarni tabiiy 
qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan 
ta‘limdir. 
Pedagogik texnologiya deganda, ta‘lim funksiyasini amalga oshirishdagi 
san‘at va mahorat tushunilib, u juda qulay usullar asosida o‗quvchilarning bilim 
ko‗nikma va malakalarini rivojlantirishga asos bo‗ladi.
Boshlang‗ich sinfni mazmunan modernizatsiya qilish, ilg‗or tajribalar 
asosida o‗qitish jarayoniga innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, 
bunda kadrlar salohiyatini oshirishga alohida e‘tiborni qaratgan holda boshlang‗ich 
ta‘limning sifat samaradorligini tubdan yaxshilash xalq ta‘limi faoliyatining 
ustuvor yo‗nalishi sifatida belgilab olingan. Boshlang‗ich ta‘lim samaradorligini 
oshirish uchun o‗quvchilarni o‗yin faoliyatidan o‗quv-biluv faoliyatiga o‗tishlarini 
ta‘minlashga xizmat qiladigan innovatsion metodlar majmuini yaratish talab 
etilmoqda. Didaktik o‗yinlar boshlang‗ich ta‘limda o‗qitishning muhim 
metodikasida alohida mavqe egallashi kerak. Yangi pedagogik texnologiyalarning 
xislati shunchaki, unda qo‗yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o‗quv 
jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar 
qatorida ta‘lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga 
munosib tayyorgarlik ko‗rish masalasini alohida ta‘kidlab o‗tdi. Shunga asoslanib 
yurtimizning juda ko‗plab joylarida ―Xalqaro baholash dasturlarida‖da ta‘lim 
sifatini oshirishning muhim omili mavzusida seminar-treninglar tashkil etila 



Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə