|
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnaliTOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON8911 1297 TDPU I A. 5-son (5)TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2022/ 5 - SON
74
ilmiy dunyoqarashining shakllanishi va mustahkamlanishi yo‗lida asosiy poydevor
bo‗lib xizmat qiladi.
Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‘naviy dunyoqarashini
shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatiga ega
bo‗lib, o‗quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va musiqiy-estetik tarbiyaning
muhim vositasi sanaladi.
O‗zbek xalqi milliy qadriyatlari tizimida xalq musiqa ijodiyoti xalq hayotini
barcha tomonlarini badiiy aks ettirishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Unda
xalqimiz hayotining turli davrlaridagi tarixiy-badiiy ko‗rinishlari bilan birga xalq
pedagogikasining eng ilg‗or, oliyjanob g‗oyalari umumlashganligi bois, yoshlarning
badiiy-estetik va axloqiy, ma‘naviy tarbiyasida foydalanish ta‘lim sohasiga
qo‗yilayotgan ijtimoiy buyurtmani bajarishda qo‗l keladi. O‗sib kelayotgan yosh
avlodni, shaxsning ma‘naviy tiklanishi, uning dunyoqarash salohiyatining va dunyo
madaniyatiga integratsiyasining zaruriy tarkibiy qismi sifatida uning qobiliyatlarini
rivojlantirish, milliy-madaniy material asosida o‗qitish va tarbiyalash alohida
dolzarblik kasb etmoqda.
Shaxs rivojlanishiga samarali ta‘sir ko‗rsatadigan va madaniyatini
yuksaltiradigan muhim omillardan biri musiqiy tarbiya hisoblanadi.
O‗quvchilarning musiqa madaniyati darsiga bo‗lgan qiziqishlarini o‗stirish
uchun dars samaradorligini oshirish, o‗quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga
olgan holda darslarni to‗g‗ri tashkil etish davr talabi. Musiqa ta‘limi jarayonini
nazariy jihatdan tahlil qilish, ilg‗or o‗qituvchilar tajribasini o‗rganish, darsni turli
bosqichlarga bo‗lib o‗tish o‗zining ijobiy natijalarni bеradi [3].
Birinchidan, bu
o‗quvchilarni darsga moslashtirishdan iborat bo‗lib,
o‗quvchilarda xayrixohlik munosabatlarini hosil qilishni, bajariladigan ishlar bilan
tanishtirishni, yakka tartibdagi va jamoa vazifalarini bеlgilashni ta‘minlaydi.
Ikkinchidan, o‗quvchilarning bilim va malakalarni mustahkamlaydi. Bunda
o‗quvchilarning mustaqil fikrlay olishlari uchun bilimlar doirasini kеngaytirishga,
mavzuga ijodiy yondashish ko‗nikmalarini o‗stirishga, fikrlash qobiliyati faolligini
takomillashtirishga erishiladi.
Zamonaviy musiqiy tarbiya tizimida, ayniqsa, musiqa darslarini o‗tkazishda
bolalar musiqa cholg‗ulari o‗ta muhim va nozik hisoblanadi. Bu faoliyat turi darsdan
tashqari to‗garaklarda ham qo‗llaniladi.
Bolalar musiqa cholg‗ularida chalish - o‗quvchilarning jamoaviy ijrochilik
faoliyati turlaridan biridir. Uning darsdagi o‗rni - o‗quvchining musiqiy qobiliyatini
yuzaga chiqarish va rivojlantirish, kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarining badiiy
tajribasini boyitish, ijrochilik faoliyatiga qiziqish uyg‗otishdir.
Dars sharoitida bolalar cholg‗u asboblarida ijrochilik faoliyatini qo‗llash bir
necha o‗quv-pedagogik vazifalarini hal etishga qaratilgan:
|
|
|