Toshkent davlat pedagogika universiteti


HAYVONLARNING KO'PAYISHI VA RIVOJLANISHI



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə13/14
tarix30.04.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#86295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Hayvonlar hujayrasi va to\'qimalari

HAYVONLARNING KO'PAYISHI VA RIVOJLANISHI
Hayvonlarning ko'payishi. Hayvonlar jinssiz va jinsiy ko'payadi. Jinssiz ko'payish soddaroq tuzilgan umurtqasiz hayvonlarda uchraydi; va asosan ikki xil usulda boradi. Bir hujayrali hayvonlarda jinssiz ko'payish ona organizmning teng ikkiga bo'linishi, tuban ko'p hujayralilarda esa kurtaklanish orqali sodir bo'ladi. Kurtaklanishda ona organizmida kichik-roq kurtakcha hosil bo'ladi. Kurtakcha o'sib, yangi organizmni hosil qila­di. Ko'p marta bo'linish orqali ko'payishda ona organizmi juda ko'p bo'laklarga bo'linadi, har qaysi bo'lakdan yangi organizm hosil bo'ladi. Bu xildagi bo'linish yassi va halqali chuvalchanglar uchun xos. Hayvon­larning jinssiz ko'payishi ularning tanasida juda ko'p sonli ixtisoslashgan. lekin boshqa hamma to 'qima va organlami hosil qila oladigan hujayralarning bo'lishi bilan bog'liq.

Jinsiy ko'payishda maxsus jinsiy hujayralar-gametalar hosil bo'ladi; ular bir-biri bilan qo'shilgandan so'ng yangi organizm rivojlanib chiqadi. Bir hujayralilarning gametalari bitta hujayradan yetishib chiqadi; ko'p hujayralilarning gametalari maxsus jinsiy bezlar - gonadalarda hosil bo'ladi. Erkaklik urag' hujayralari - spermatozoidlar yoki mikrogamet-alar, urg'ochi jinsiy hujayralar esa tuxum hujayra yoki makrogameta deyiladi. Odatda spermatozoidlar tuxumhujayralarga nisbatan kichik bo'lib, ingichka xivchini yordamida harakatlanadi. Tuxumhujayra yumaloq va harakatsiz bo'lib, unda embrionning rivojlanishi uchun zarur oziq mod-dalar bo'ladi.

Urag'lanish jarayonida urag' hujayra tuxum hujayra ichiga kirib, uning yadro va sitoplazmasi bilan qo'shilishi natijasida ikkita hujayradan bitta yangi hujayra - zigota hosil bo'lishidan iborat. Zigotadan embrional rivojlanish jarayonida yangi organizm hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish jins­siz ko'payishga nisbatan organizm uchun bir qancha afzalliklarga ega. Bir-biridan uzoq formalardan hosil bo'lgan jinsiy hujayralarning genlar tarkibi har-xil bo'lganidan, ularning qo'shilishidan hosil bo'lgan yangi or-ganizmlarning ona organizmiga nisbatan yashovchanligi yuqori bo'ladi. Bunday organizmlar tabiiy tanlanish jarayonida saqlanib qoladi va nasl beradi.

Ko'pchilik hayvonlar ayrim jinsli bo'lib, ularning urg'ochilari va erkaklari bo 'ladi. Ayrim jinsli hayvonlarda о'z-o'zini urag 'lantirish yuz bermaydi. Nerv organi va harakatlanish organlarining rivojlanganligi tufayli erkak va urg'ochi hayvonlarning bir-birini topishi osonlashadi. Kam harakat yoki harakatsiz о 'troq yashovchi hayvonlar esa ikki jinsli - germafrodit bo'ladi. Umuman germafroditlik asosan sodda tuzilgan, kam harakat va о'troq yashovchi yoki parazit hayvonlar uchun xos. Faol harakatlanuvchi yuk-sak umurtqasizlar va hamma umurtqalilar ayrim jinsli bo'ladi. Chunki hayvonlar kam harakat bo 'Iganida ikki jinsning bir-birini topishi qiyinlashadi.

Geimafroditorganizmzarurpaytdao'z-o'ziniurag'lantirishimurnkin.Lekin tabiatda bu xodisa kamdan-kam yuz beradi. Odatda ikkita germafrodit individlar bir-birini urag'lantiradi.

Urug' hujayra tuxum hujayrani tashqi muhitda urug'lantirishi tashqi urug'lanish, organizm ichida urug'lantirishi esa ichki urug'lanish deb ataladi. Tashqi urug'lanish faqat suv muhitida bo'ladi. Shuning uchun bunday urug'lanish haqiqiy suv hayvonlar va suv bilan ko'proq bog'liq bo'lgan suvda hamda quruqlikda yashovchilar uchun xos. Haqiqiy quru-qlik hay vonlari va quruqlikdan suvda yashashga о 'tgan hay vonlarda faqat ichki urug'lanish ma'lum. Tashqi urug'lanadigan hayvonlar juda serpusht bo'ladi; ular juda ko'p jinsiy hujayralar hosil qiladi. Chunki tashqi muhitda jinsiy hujayralarning ко 'p qismi halok bo 'ladi. Ichki urug 'lanadigan hayvon-larning jinsiy organlari murakkab tuzilgan.



Umurtqasiz hayvonlar orasida urug'lanmagan tuxum hujayralardan ko'payish - partenogenez ham ko'p uchraydi. Partenogenez odatda ko'plab qirilib ketadigan hayvonlar uchun xos. Bu xildagi kupayish qulay sharoit bo'lganda qisqa vaqt ichida individlar sonini juda tez ortishiga imkon beradi. Ayrim umurtqasiz hayvonlar faqat partenogenetik urg 'ochilardan iborat. Odatda hay vonlarning partenogenetik nasli ikki jinsli nasli bilan almashinib turadi.


Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə