Toshkent davlat transport universiteti


-rasm. Ikki yarim davrli to’g’irlagich sxemasi



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə27/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

4.15-rasm. Ikki yarim davrli to’g’irlagich sxemasi.

Ikki yarim davrli to’g’irlagich sxemasida o’zgaruvchan elektr tokining har ikkala yarim davr vaqtida yuklamadan faqat bir yo’nalishda o’zgarmas elektr toki oqib o’tadi. Kuch transformatorning 3 oyoqchasidan kelayotgan o’zgaruvchan tokning musbat davrida VD1 diodni anod, katod, yordamida R yuklama VD3 ning anod, katodi kuch transformatorining 4 oyoqchasi bu birinchi yarim davri edi. Ikkinchi yarim davrda kuch transformatorining chulg’amlaridagi elektr tokining qutblari o’zgarib, 4 oyoqchasida musbat davri, 3 oyoqchasida esa manfiy davri bo’ladi. Bu tok VD2 diodining anod-katod R yuklama VD4 ning anod-katod kuch transformatorining 3 oyoqchasi. Ikkala yarim davrda ham yuklamadan faqat bir yo’nalishda o’zgarmas elektr toki oqib o’tadi, shuning uchun ikki yarim davrli to’g’irlagich deyiladi.



4.16-rasm. Diod ko’prigidan o’tayotgan tokning chizma grafigi.


V BOB. BIPOLYAR TRANZISTORLAR

§ 5.1. Bipolyar tranzistorlarning ishlash tamoyili


Yarimo’tkazgichli triod elektron asboblarning bir turi bo’lib, tranzistor deb ataladi. Tuzilishi va ishlash usuliga qarab tranzistorlar bipolyar va unipolyar (maydon) tranzistorlarga ajratiladi.


Bipolyar tranzistorlarning ishlashi p-n o’tish hodisasiga, unipolyar tpanzistorlarning ishlashi esa, bir turdagi o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan yarim o’tkazgichning o’tkazuvchanligini elektr maydoni yordamida boshqarishga asoslangan.
Bipolyar tranzistor yarim o’tkazgich monokristalida ikkita p-n o’tish sohasini hosil qilish asosida yasaladi. Uni o’tkazuvchanligi almashib keladigan 3 ta sohaga ajratish mumkin. Agar monokristallning elektron o’tkazuvchanlik hajmi ikki yonidan kavak o’tkazuvchanlik hajmi bilan chegaralangan bo’lsa. hosil bo’lgan yassi tranzistor p-n- p- turdagi tranzistor deyiladi. Aksincha, kavak o’tkazuvchanlik qismi ikkita elektron o’tkazuvchanlik soha orasida bo’lsa, n - p-n turdagi tranzistor hosil bo’ladi. Bu tranzistor- larning sxemada belgilanishi va potensial to’sig’ining ko’rinishi 5.1-rasmda tasvirlangan.


Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə