Toshkent davlat transport universiteti


-rasm. Bipolyar tranzistorlarning sxemada belgilanishi va potensial to’sig’i



Yüklə 2,79 Mb.
səhifə28/125
tarix11.12.2023
ölçüsü2,79 Mb.
#146279
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125
ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

5.1-rasm. Bipolyar tranzistorlarning sxemada belgilanishi va potensial to’sig’i.

Shuni aytish kerakki, kon­takt sohasi kichik bo’lsa, nuqtaviy tranzistorlar hosil bo’ladi.


Faraz qilaylik, triodning o’rta kontaktiga nisbatan chap yondagi kontaktiga kichik (voltning bo’laklariga teng) musbat, o’ng yondagi kontaktiga esa, katta (bir necha o’n voltgacha) manfiy kuchlanish berilsin (5.2-rasm).

5.2-rasm. Tranzistorga tashqi manba ulash.

Oson bo’lishi uchun elektr may­don faqat p-n o’tishlar sohasidagina mavjud deb hisoblaymiz. Bunday ulashda chap tomondagi p-no’tishning potensial to’sig’i kichrayib, o’ng tomondagn p-no’tishniki ortadi Shuning uchun kavaklar faqat chap tomondagi p-n o’tishdan o’ta boshlaydi. Chap tomondagi p - sohadan o’rtadagi n - sohaga o’tgan kavaklarning bir qismi bu sohadagi elektronlar bilan rekombinatsiyalanadi. Qolgan qismi esa, o’ng tomondagi p-no’tishga yetib keladi. p-n o’tish maydoni ularga tezlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun kavaklar katta tezlik bilan harakat qiladilar va E1 va E2 manbalar orqali o’tib, harakat yo’lini tugallaydilar (zanjir yopiladi). Bunda hosil bo’ladigan tok (kavak toki) foydali tok bo’lib, uning kattaligi chap yondagi p - sohadan n - sohaga o’tadigan kavaklarning miqdoriga va ularning n - sohadagi yashash vaqtiga bog’liq bo’ladi. Agar kavaklarning p - sohani bosib o’tish vaqti ularning yashash vaqtidan kichik bo’lsa, o’ng yondagi p-n o’tishga yetib keladigan kavaklar soni yetarlicha ko’p bo’ladi. Chunki juda oz qismi n - sohadagi elektronlar bilan rekombinatsiyalashib ulguradi. (Kavaklarning uchib o’tish vaqtini qisqartirish uchun n- sohaning qalinligi yetarlicha yupqa qilib yasaladi). Shunga ko’ra foydali tokning kattaligi, asosan, chap yondagi p-n o’tishda hosil bo’ladngan kavak tokining kattaligi bi­lan belgilanadi.


Shuni aytish kerakki, tranzistorning p-no’tish- larida kavak toki bilan bir qatorda elektron toklari ham mavjud bo’ladi. Chap yondagi p-no’tishning elektron toki chap va o’rta sohalar orqali o’tib, E1 manba orqali o’z yo’lini yopadi. U o’ng yondagi p-n o’tish orqali o’tmagani uchun hech qanday foyda keltir- maydi. Ung yondagi kuchlanish teskari ulangan (yopiq) p-n o’tishnnng elektron toki esa, katta ta’sirga ega. Uni tranzistorning teskari toki deb ataladi.
To’g’ri o’tish asosida ishlovchi chap tomondagi p-no’tish emitter o’tishi deb, p - qatlam esa, emitter deb ataladi. Teskari ulanadigan o’ng tomondagi p-n o’tish kollektor o’tishi deb, p - qatlami esa - kollektor deb ataladi.
O’rtadagi n-qatlam baza yoki asos deb ataladi. Bu qatlamlardan metall kontakt orqali chiqarilgan tutashtirish uchlari-elektrodlar mos nomlar -emit­ter, kollektor va baza deb yuritiladi. Tranzistorni sxemada belgilashda (5.2-rasm) emitter elektrodiga ko’rsatkich til (strelka) qo’yiladi. Uning yo’nalishi asosiy tok tashuvchilar yo’nalishini ko’rsatib turadi.
n-p-n turdagi tranzistorlarning ishlash prinsipi p-n-p turdagi tranzistorlarnikidan farq qilmaydi. Bunda faqat E1 va E2 manbalarning ulanish qutbini teskarisiga o’zgartiriladi. Asosiy tok tashuv­chilar kavaklar emas, balki elektronlar bo’ladi.



Yüklə 2,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə